166
Natijada, yangi texnika va texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar va yangiliklar
dunyoning istalgan mintaqasiga yoki davlatiga qisqa muddatlarda yetib bormoqda
va keng tadbiq etilmoqda, bu kapital va ishchi kuchining mobilligi darajasini ham
oshirmoqda.
O’tgan asrning oxirgi o’n yilliklarida xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojida
moliya kapitalining roli ortdi. Jahon moliya bozori markazlarining mintaqaviy va
xalqaro iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishdagi ahamiyati ularning yirik xususiy
va davlat investitsion loyihalarini amalga oshirishga qulay
moliyaviy shart-
sharoitlar yaratishi bilan bog’liqdir.
Turli moliyaviy dastaklarning ortib borishi
xalqaro moliyaviy tizimning takomillashishiga va milliy chegaralardan tashqarida
moliyaviy munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: