O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


XI. Globallashuv jarayoni va xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuv



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə177/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

XI. Globallashuv jarayoni va xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuv
Reja:
§ 1. Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv–rivojlanishning yangi
bosqichidir.
§ 2. Xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish jarayonlari, omillari,
shakllari va mexanizmi. O’zbekiston va Markaziy Osiyo hamda MDH
davlatlari.
11.1 Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv – rivojlanishning yangi
bosqichidir.
Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining
yigirma bir yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zida “Bugun
shiddat bilan tez o’zgarayotgan globallashuv davrining keskin talablariga, dunyo
bozorida tobora kuchayib borayotgan shafqatsiz raqobat kurashiga bardosh bera
oladigan, faqat qat’iyatlik bilan oldinga intilayotgan, o’zining uzoqni ko’zlagan
taraqqiyot strategiyasiga ega bo’lgan davlatgina rivojlanishining katta yo’lida o’z
ezgu maqsadlariga erishmog’i mumkin”
23
degan yedi.
XX asr ohiridagi Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy
tendentsiyalaridan biri – bu globallashuv bo’layapti. Ilgari milliy xo’jaliklar
o’rtasidagi munosabatlar ko’proq mintaqaviy tashkilotlar yoki davlatlararo
ikkiyoqlama shartomalar asosida rivojlantirilgan bo’lsa, iqtisodiyotning
umumbashariy tus olishi natijasida bu jarayon yanada chuqurlashib, mamlakatlar
iqtisodiyotining o’zaro bog’liqlik darajasi ortdi. Globallashuv avvalo, rivojlangan
mamlakatlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarda namoyon
bo’lib, u keyinchalik o’z ichiga rivojlanayotgan davlatlar milliy xo’jaligini ham
qamrab oldi.
Globallashuvning lug’aviy asosi inglizcha global – jahonga oid umumjahon,
degan ma’noni anglatib, dunyo ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotidagi zamonaviy
jarayonlarni umumlashtiruvchi ma’noni beradi. Globallashuv dunyoning turli
davlatlari taraqqiyotida o’zining ijobiy va ba’zan salbiy ta’sirini ham
ko’rsatmoqda. Globallashuv tushunchasi davlatlar o’rtasida tovarlar va ishlab
chiqarish omillari hisoblangan mehnat, kapital, moddiy, innovatsion resurslar va
tadbirkorlik qobiliyatlarining erkin harakati ta’minlanishi bilan izohlanadi.
Globallashuvning mohiyati jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvi bilan
yanada kengaydi. Baynalminallashuv milliy xo’jaliklar faoliyatining, xususan,
biror mamlakatdagi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish yoki iqtisodiy o’sish
jarayonlarining bir nechta mamlakat rezidentlari ishtirokida, ko’pmillatli asosda
amalga oshirilishini bildiradi. Boshqacha aytganda, transmilliy kompaniyalar
faoliyati milliy xo’jaliklarning taraqqiy etishida salmoqli ta’sirga ega bo’ladi.
Globallashuv jahon iqtisodiyoti rivojlanishining tarixiy jihatdan tadrijiy
natijasidir. Globallashuvning zamonaviy belgilari quyidagilardan iborat:
- yangi xorijiy valyuta va kapitallar bozorining shakllanib,rivojlanishi; bu
bozorlar uzluksiz faoliyatda bo’lib, bir vaqtning o’zida dunyoning turli moliyaviy
23
“Халқ сўзи” газетаси 2012 йил 1 сентябрь


161
markazlari o’rtasida yirik moliyaviy va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish


imkoniyati mavjud;
- yangi vositalar va dastaklar orqali operatsiyalarning tezligini va
ishonchliligini ta’minlash imkoniyatining mavjudligi; Internet tarmog’i, uyali
telefon aloqasi, axborot tizimi va boshqalar;
- yangi institutsional tizimning shakllanganligi; Jahon Savdo tashkiloti,
transmilliy korporatsiyalar, nodavlat tashkilotlari va h.z.
- yangi qoidalarning ishlab chiqilganligi;
- ikki tomonlama va ko’p tomonlama savdo, xizmatlar va intellektual
salohiyatdan foydalanish bo’yicha shartnomalarning tuzilishi va bu shartnomalar
milliy davlatlar tomonidan amal qilinishi majburiyligi yoki milliy qonunchilikning
ularga muvofiqlashtirilishi.
Globallashuvni ob’ektiv zaruriyatga aylantirgan, jahon iqtisodiyotida keyingi
25-30 yillarda chuqurlashgan hamda bir vaqtntng o’zida bir nechta yoki o’nlab
davlatlarni qamrab olgan muammolar mavjud. Ular xalqaro siyosiy va iqtisodiy
munosabatlarda, ijtimoiy hayotda paydo bo’lgan,inson va tabiat o’rtasidagi
munosabatlarda shakllangan global muammolar hisoblanadi.
Jahonda termoyadro urushi xavfi, terrorchilik va ekstremizmning avj olishi,
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot darajasidagi tafovutlarning ortib borishi, dunyoning ba’zi mintaqalarida
aholi o’sish sur’atlarining yuqoriligi va milliy davlatlarning bu jarayonni yetarli
darajada tartibga solish imkoniyatining cheklanganligi, atrof-muhitning
ifloslanishi, inson hayoti uchun yeng zarur resurslar - oziq-ovqat, energiya
manbalari, xom ashyolarning ba’zi mintaqalarda tanqisligi ana shunday
muammolardan hisoblanadi.
Globallashuv muayyan mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining sifat
jihatidan yangi rivojlanish bosqichiga o’tishi bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy-
iqtisodiy voqeliknning xalqaro doirada integratsiyalashishi hamdir.
Globallashuv xo’jalik yurituvchi birliklarning xalqaro miqyosda kengayishi
va jahon iqtisodiyotida salmoqli mavqeni egallashi, tovarlar, xizmatlar, ish kuchi,
yangi texnologiya va kapitalning xalqaro miqyosda erkin harakatlanishi,
investitsiyalar, moliya-xo’jalik, milliy qadriyatlar, madaniyat va san’at kabi
yo’nalishlarda hukumatlar, alohida olingan tashkilotlar, millat va elatlar
faoliyatining milliy doirasidan chiqib, erkinlashtirilishi, inson kapitali,xususan
intellektual kapitalning dunyoning taraqqiy yetgan markazlariga ko’chib o’tishi
jarayonlarini ham bildiradi.
Ilg’or texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot almashuvining
qulaylashishi, sovuq urushning va siyosiy qutblashuvning barham topishi, transport
xizmatining keng miqyosda taraqqiy etishi va mamlakatlar o’rtasida yuk tashish va
yo’lovchi qatnovining ortishi kabilar ham jarayonini tezlashtirgan omillardan
hisoblanadi.
Globallashuv jarayoni ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalarini qamrab
olib, pirovardda alohida mamlakatlarni jahon hamjamiyatining turli mintaqalari
bilan yaqindan bog’lanishiga olib keldi. Bu, o’z navbatida, yangi
bozorlarning(kapital, valyuta va sug’urta bozori) ilg’or yangi vositalar-turli


162


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin