O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə173/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Respublika moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash va
foydalanishga javobgar bo’lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va qo’llaydi.
Respublika hukumati topshirig’iga ko’ra va tuzilgan bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi
hisobidan qanday mablag’larni olish, o’tkazish yoki qo’yishni hal etadi. Vazirlikning Valyuta
boshqarmasi, shuningdek, respublikaning to’lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi
iqtisodiy faoliyatidan kelib tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi.
Respublika soliq qo’mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi soliq solish
masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va
saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ishtirokchilari
mulkchilikning turli ko’rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo’lib qoladi. SHu jumladan,
qo’shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo’lib, ular «Tashqi iqtisodiy
faoliyat to’g’risida»gi respublika qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport-import,
sarmoyaviy va boshqa bitimlarni tuzishda ma’lum huquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy faoliyat
bilan shug’ullanishga ruxsati bo’lgan korxona va tashkilotlarga ma’lum banklarda o’z valyuta
hisoblari bo’lishiga va bu mablag’lardan foydalanishga ruxsat berilgan.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, umuman iqtisodiyot sohasini
liberalizatsiyalash bo’yicha sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Respublika iqtisodiyotida ro’y
bergan o’zgarishlarni hisobga olib va 2000 yil may oyida Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq
ikkinchi sessiyasida «Respublika tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida» Yangi taxrirdagi
qonun qabul qilindi.
TIF to’g’risidagi qonunning asosiy vazifasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uning iqtisodiy

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin