O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT KO`MITASI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Komp`yuter injiniringi fakul`tetining Informatika va axborot texnologiylari yo`nalishining 4-kurs talabasi Mambetkerimova Nasiba Abdullaevnaning
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzusi: «Turli ko’rinish va xarakterdagi tenglamalarni inpakx paketida yechish usullari»
Ilmiy rahbar:
Salimova B., Qoraqalpog`iston Respublikasi «Matbuot tarqatuvchi» sho``ba korxonasi direktori,
ass. Begilov B.
Kafedra mudiri: t.f.n. Arzimbetov T.Z.
NUKUS - 2014 y.
MUNDARIJA:
Kirish.
Matematika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni o’rganish va tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu vositalarning imkoniyatlaridan samarali va tez suratlar bilan foydalanishni kompyuter texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Masalan, ko’p hollarda vujudga kelgan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun ma’lum bir algoritmik tilni bilish talab qilinar edi. Lekin muammo shundaki, matematiklar ichida dasturlash muhitlarining imkoniyatlaridan yaxshi voqif bo’lmaganlari ham yo’q emas. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan hisoblash sistemalari yaratila boshlandi.
Hozirgi kunda, ilmiy dargohlarda matematika muammolari ustida olib borilayotgan ilmiy-metodik izlanishlarni zamonaviy matematik sistemalar – MathLab, Maple, Mathematika, MathCad larsiz tasavvur etish qiyin. Ushbu sistemalar quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha doimo raqobat qilib kelinadi.
Nazariy materialni chuqur va har taraflama o’rganish uchun talabaga qulay imkoniyatlar yaratish.
Kuchli analitik va grafik imkoniyatlarga tayangan holda matematik muammolarni tez va oson yechishda o’quvchiga samarali yordam ko’rsatish;
Nostandart matematik muammolarni hal etish uchun o’zining maxsus algoritmik tiliga ega bo’lish va hokazo;
Ushbu sistemalar ichida interfeysining soddaligi bilan Maple o’quvchilar orasida katta mavqega ega. Maple matematik ifodalar ustida yaxshi ishlash texnikasiga ega bo’lmagan talabaga murakkab hisoblashlarni bajarish, uning oldida yuzaga kelgan matematik muammolarni tez va osonlikcha hal etish, hamda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni, yechim imkoniyatlarini beradi. Bunda talaba Maple interfeysi orqali EHM bilan umumiy matematik tushunchalar va simvollar yordamida muloqotda bo’ladi. Shu bilan birga nazariy
kurslarni o’rganish davomida talaba qisqa vaqtda katta miqdorda misol va masalalarni o’rganish imkoniyatiga ega.
Maple – o’qitilayotgan kurslarni zamon talablariga javob beradigan saviyada tayyorlash imkonini beruvchi vosita sifatida ishlatilishi ham mumkin. Bunda o’qituvchi o’z ma’ruzalarini xilma-xil masalalar, grafik illyustratsiyalar bilan boyitish imkoniyatiga ega. Shuni ta’kidlash lozimki, oldin qiyin deb qaraluvchi va faqatgina maxsus kurslarda o’qitiluvchi ko’pgina ma’ruzalarni Maple yordamida osonlikcha tayyorlash imkoni bor.
Shu sababli, biz ushbu bitiruv malakaviy ishi orqali oliy va o’rta ta’lim muassasalarida matematika o’qitishning zamonaviy usuli sifatida Maple ning imkoniyalaridan foydalangan holda “Turli ko’rinish va xarakterdagi tenglamalarni Inpakx paketida yechish usullari” keltirilgan. Ushbu matematik sistemalar imkoniyatlardan to’liq voqif qiluvchi saytlardan biri sifatida WWW.exponenta.ru ni taklif etamiz.
Bitiruv malaka ishining tuzilishi 6-ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Bitiruv malaka ishining birinchi, ikkinchi va uchinchi paragraflarida, Maple tizimi va uning imkoniyatlari, analitik hisoblashlarni bajarish haqida so’z etiladi.
To’rtinchi paragrafida Maple tizimida tenglama va tenglamalar sistemasini yechish masalalari yoritib berilgan.
Beshinchi paragrafida Maple tizimida tengsizliklar va tengsizliklar sistemasini yechish to`g`risida gapiriladi.
Oltinchi paragrafida Maple tizimida tenglamalarni inpakx paketida yechish usullari misollar orqali ko’rib chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |