O‘zbekiston Respublikasi Aloqa Axborotlashtirish va Telekomunikatsiya Davlat Qo‘mitasi


Malumotlar bazasini (MB) yaratish “Microsoft office access” dasturi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix29.11.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#71259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa Axborotlashtirish va Telekomunika

 
1. Malumotlar bazasini (MB) yaratish “Microsoft office access” dasturi 
bilan ishlash. 
MB tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma‘lumotlarni kiritish va mavjud 
MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan programmalar 
zarur bo‘ladi. Bunday programmalar majmui ma‘lumotlar bazasini boshqarish 
sistemalari (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu ko‘plab 
foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo‘shimcha ma‘lumotlarni 
kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo‘lgan programmalar 
majmuidir. MBBTning asosiy tarkibiy qismi–ma‘lumotlar bo‘lsa, boshqa 
tarkibiy qismi–foydalanuvchilardir. Bulardan tashqari Hardware- texnik va 
Software-dasturiy ta‘minoti ham MBBTning samarali ishlashini ta‘minlovchi 
tarkibiy qismlar hisoblanadi. Hardware tashqi qo‘shimcha qurilmadan iborat 
bo‘lsa, programma qismi esa MB bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni 


tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o‘rganilayotgan ob‘ektning 
ma‘lumotlari ko‘rinishi, ma‘nosi, tuzilishi va hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadilar: 
 foydalanuvchi-programma tuzuvchi; 
sistemali programma tuzuvchi
 ma‘lumotlar bazasi administratori. 
Bunda 
programma 
tuzgan 
foydalanuvchi 
MBBT 
uchun 
yozgan 
programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun 
sistemaning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori 
sistemaning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi. 
MBBT quyidagicha tavsiflanadi: 
Ispolnimost-Bajarilishlik, foydalanuvchi so‘roviga hozirjavoblik bilan 
muloqotga kirishish
Minimalnaya povtoryaemost- Minimal takrorlanishlik, MBdagi ma‘lumot 
iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma‘lumotlarni izlash susayadi; 
Yaxlitlik –axborotni MBda saqlash iloji boricha ma‘lumotlar orasidagi 
bog‘liqlikni asragan holda bo‘lgani, ayni muddao; 
Bezopasnost–Xavfsizlik, MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya 
qilingan bo‘lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina 
ma‘lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin; 
Migratsiya–ba‘zi bir ma‘lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib 
turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun 
ma‘lumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish 
kerakki, eng ko‘p ishlatiladigan ma‘lumotlarga murojaat qilish qulay bo‘lsin. 
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish sistemasida har bir MB modeli quyidagi 
xususiyatlari bo‘yicha tavsiflanadi: 

Ma‘lumotlar tuzilmalarining turi; 

Ma‘lumotlar ustida bajariladigan amallar; 



Butunlikning cheklanganligi. 
Bu xususiyatlarni e‘tiborga olgan holda ma‘lumotlar bazasi modellari 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 

Daraxtsimon (ierarxik) modellar

Tarmoqli (to‘rli) modellar; 

Relyatsion modellar. 
Yana shu narsani ta‘kidlash lozimki, ma‘lumotlar bazasi modellarining 
faqatgina yuqorida qayd qilingan modeli mavjud deyish noto‘g‘ri. CHunki 
bulardan tashqari yana ma‘lumotlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER 
– modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda 
asosan dastlabki ta‘kidlangan 3 turli modellar ko‘proq qo‘llanilib kelinmoqda. 
SHuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Daraxtsimon (ierarxik) modelda ob‘ektlar yozuvlar ko‘rinishida ifodalanadi.
Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog‘langan bo‘lsa, unday 
ma‘lumotlar tarmoqli (to‘rli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli 
modellarda ham ob‘ektlar daraxtsimon modellardagi kabi yozuvlar ko‘rinishida 
tasvirlanadi. Ob‘ektlarning o‘zaro aloqalari yozuvlar o‘rtasidagi aloqalar 
sifatida tavsiflanadi. 
Relyatsion modellarda esa ob‘ektlar va ularning o‘zaro aloqalari ikki 
o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasvirlanadi. Ma‘lumotlarning bunday ko‘rinishda 
tasvirlanishi ob‘ektlarning o‘zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo‘ldi. 
MBBT alohida olingan quyidagi modullardan tashkil topadi: 
MBni boshqarish bloki-disklardagi ma‘lumotlar bilan foydalanuvchi 
programmasi va sistemaning so‘rovi (guery) orasidagi interfeysni aniqlaydi; 
Fayl menedjeri-ma‘lumotlar tuzilmasi bilan disklar o‘rtasidagi bog‘lanishni 
boshqaradi; 
Guery protsessor-ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MBni boshqarish 
bloki tushunadigan tilga o‘tkazadi; 
Prekompilyator DML(Data Manipulation Language)- ma‘lumotlar bilan 
manipulyatsiya qiladigan til bo‘lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi: 


MBdan ma‘lumotlarni ajratib olish; 
MBga ma‘lumotlarni kiritish; 
MBdan ma‘lumotlarni olib tashlash; 
MBni modifikatsiya (o‘zgartirishlar) qilish; 
Kompilyator DDL(Data Definition Language)-MB tilini, uning tuzilmasini 
va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MBning tuzilmasi ko‘pincha 
jadval shaklida bo‘ladi. 
MB kuyiladigan talablar qo‘yilgan: 

Minimum xatolik va dulikat. MBBT ga ma‘lumot kiritilayotganda 
dublikat bulmasligiga tekshiriladi;

Aktualizatsiya imkoniyati. MB saklanayotgan ma‘lumotlar eskirishi 
mumkin, bunda ma‘lumotlar strukturasi yangi ma‘lumotlarni kiritishga va 
eskisini uchirishga imkon berishi kerak.

Ma‘lumotlarni 
butunligini 
ta‘minlash. 
MBBT 
ma‘lumotlarni 
buzilishlardan ximoya kilishni ta‘minlashi va buzilgan ma‘lumotlarni tiklash 
imkoniyatini yaratish kerak; 

Yukori kidirish tezligi. Xotira kurilmalarida ma‘lumotlarni saklash 
usullari ma‘lumotlar banki bilan ishlashni dialog rejimini ta‘minlashi kerak;

Xavfsizlik va maxfiylik. Foydalanuvchi fakat uziga berkitilgan 
zaruriyma‘lumotlari bilan ishlashi kerak.

Murakkab surovlar. Foydalanuvchilarni xar xil kurinishdagi surovlarini 
kayta ishlashni ta‘minlashi kerak. 


2.1 rasm. Malumot bazasining ko‘rinishi 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin