TGroupBox - To‗g‗ri burchakli ramka ko‗rinishidagi konteyner bo‗lib, u
qandaydir bir interfeys elementlarining mantiqan bog‗langan guruhini shaklda
vizual birlashtiradi. Bu komponenta Windows ning bir nomdagi ob‘ektning
inkapsulalanishidan iborat.
TPanel - Boshqa komponentlarni o‗z ichiga olishi mumkin bo‗lgan bo‗sh
panelni yaratadi. Siz TPanel dan o‗z shaklingizda instrumentlar paneli yoki
holatlar satrlarini yaratish uchun foydalanishingiz mumkin.
TPanel panel komponentasi TCustomPanel sinfining hosilasi bo‗lib, uning
barcha xususiyatlar, metodlari va voqealari to‗liq vorislik qiladi.
Data Access bo‘limi
DataSource – ma‘lumotlarni yoki komponentalarni bir-biri
bilan bog‗lash.
Table – ma‘lumotlar omborini (faylni) bog‗lash.
Query – ma‘lumotlar omboridagi yozuvlarni boshqarish.
StoredProc – serverdan ma‘lumotlar omborini yuklash.
Database – yagona ma‘lumotlar omborini bog‗lash.
Data Controls bo‘limi
DBGrid – ma‘lumotlar omboridagi yozuvlarni jadval
ko‗rinishida chiqarish.
DBNavigator – ma‘lumotlar omboridagi yozuvlarni
taxrirlovchi komponent. Unda yangi so‗z qo‗shish, o‗zgartirish,
o‗chirish va x.k. ishlarni qilish mumkin.
DBText – ma‘lumotlar omboridagi matnli maydon
ma‘lumotlarini chiqarish.
DBEdit – ma‘lumotlar omboridagi biror maydonni taxrirlash.
DBMemo – ma‘lumotlar omboridagi memo tipidagi
ma‘lumotlarni taxrirlash.
DBImage – ma‘lumotlar omborida joylangan tasvirlarni
ko‗rsatish.
DBListBox – ma‘lumotlar omboridagi ma‘lumotlarni listga
chikarish.
DBComboBox ma‘lumotlarni kombinatsiyali tanlash.
DBRichEdit – ma‘lumotlarni taxrirlashning memo ga nisbatan
kengroq imkoniyati.
Dasturga ulangan malumotlar ombori tayyor xoli.
2.6 rasm Dasturga ulangan malumotlar ombori tayyor xoli.
2.6.2 rasm Dasturga ulangan malumotlar ombori tayyor xoli.
|