O‘zbekiston Respublikasi Aloqa Axborotlashtirish va Telekomunikatsiya Davlat Qo‘mitasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix29.11.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#71259
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa Axborotlashtirish va Telekomunika



O‘zbekiston Respublikasi Aloqa Axborotlashtirish 
va Telekomunikatsiya Davlat Qo‘mitasi 
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti 
Farg‘ona Filiali 
‖Axborot texnologiyalari‖ kafedrasi 
‖C++da dasturlash.‖ Fanidan
Bajardi: 
610-13 guruh talabasi 
Mahmudov. A. 
Qabul qildi: 
Xoshimov. A.
Farg’ona 2015
 


Mavzu: “Sug‟urta holatlari” axborot-qidiruv dasturini 
yaratish. 
 
 
Reja: 
I. 
Kirish 
II. 
Nazariy qism 
2.1 Malumotlar bazasi haqida Malumot 
2.2 C++ Builderda ma‟lumotlar bazasi bilan ishlash 
2.3 Ma‟lumotlar bazasida qidiruv hizmatini yaratish 
III. Amaliy qism 
3.1 Dastur algoritmini yaratish 
3.2 Berilgan algoritm asosida bajarilgan ishlar
IV. 
Tadbiq qilish qismi 
V. 
Xulosa 
VI. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
VII. Ilova 
 


I. 
Kirish. 
Insoniyat tarixining ko‗p asrlik tajribasi ezgu g‗oyalardan va sog‗lom 
mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko‗rsatdi. SHu 
bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o‗z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va 
farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‗rin olish, 
demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo‗ydi. 
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-
ma‘naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug‗diradi. Demak, galdagi eng 
asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi 
olijanob tuyg‗ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g‗oyalar bilan 
qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli 
bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. 
«Jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo‗lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay 
turib, mamalakat taraqqiyotini ta‘minlash qiyin», - degan edilar prezidentimiz I. 
Karimov. O‗zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga 
erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to‗laqonli sheriklik o‗rnini egallay borishi, inson 
faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori 
darajada foydalanishning ko‗lamlari qanday bo‗lishiga hamda bu texnologiyalar 
ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‗ynashiga bog‗liq.
Prezidentimiz Islom Karimovning ko‗p yillik izlanishlari, asarlaridagi fikr-
mulohazalariga tayanib yaratilgan «Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va 
tamoyillar» nomli risolada ta‘lim-tarbiya jarayonining ixtiyoriy bosqichida amal 
qilish lozim bo‗lgan quyidagi mezon va talablar keltirilgan: 
 o‗quv mashg‗ulotlarini olib borishda talabalarning yoshi, tafakkuri, 
dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish; 
 ta‘lim-tarbiyaning ilg‗or, ta‘sirchan vositalaridan, zamonaviy o‗qitish 
texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish; 
 ayrim tushunchalarni haddan ziyod soddalashtirish, ta‘limning eskicha 
uslub va tamoyillarini qo‗llash natijasida fanning qadrsizlanishiga yo‗l qo‗ymaslik; 


 ta‘lim jarayonida tazyiq o‗tkazmasdan ma‘rifiy asosda ish tutish, 
yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish ko‗nikmalarini 
oshirishga e‘tibor qaratish; 
 o‗qituvchi va tinglovchilar orasida o‗zaro hamfikrlik va hamkorlik 
muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharhlashda hayotiy 
misollar, bugungi dunyoda ro‗y berayotgan voqealar tahlilidan, matbuot 
materiallaridan keng foydalanish; 
 yoshlarda g‗oyalar, o‗z ma‘no-mohiyatiga ko‗ra bunyodkor yoki 
vayronkor bo‗lishi haqidagi hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni shakllantirish; 
 milliy istiqlol g‗oyasining insonparvarlik mohiyatini ko‗rsatish asosida 
mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash esa har birimizning 
muqaddas burchimiz ekanini talabalarning qalbi va ongiga singdirish. 
Yuqorida aytilgan mezon va talablarga rioya qilgan xolda Respublikamizda, 
zamonaviy hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishni uddalay 
oladigan, zamonaviy kompyuterlardan amaliy ish faoliyatida keng foydalana 
oladigan etuk kadrlar tayyorlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. SHuning uchun, 
kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida yuqori malaka, 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun sifatli, jahon andozalariga mos darsliklar, 
o‗quv qo‗llanmalari va ma‘ruza matnlarini tayyorlab, chop ettirish masalasiga juda 
katta e‘tibor berilgan. 
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurtimizning barcha sohalari qatorida 
axborot texnologiyalari sohasi ham tubdan o‘zgarib, rivojlanishga yuz tutdi. 
Hozirgi kunda yurtimizda biz yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Hozirgi texnika va texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanib borayotgan 
zamonida inson faktoriga bo‘lgan talab kundan kunga kamayib bormoqda. Buning 
asosiy 
sababi 
— 
zamonaviy 
texnologiyalarning 
inson 
og‘irini 
yengillatayotganligida.
Hozirgi kunda hayotimizning barcha jabhalariga texnik va texnologik 
qurilmalar, avtomatlashgan tizimlar, kompyuter texnologiyalari kirib kelib ulgirdi. 
Kimdir bu texnika va texnologiyalardan unumli vasamarali oydalanmoqda, unga 


yanada qo‘shimcha yangilik va qo‘shimchalar kiritmoqda, aksincha yana kimlardir 
ularni boricha o‘z holatida ishlatmoqda. 
XXI asr — ―Axborot asri‖. Ushbu asrda texnika va texnologiyalar shu 
darajada rivojlanib kettiki, hatto inson aqli bovar qilmas dajaga yetib ulgirdi. 
Hozirgi kunda juda ham ko‘plab yordamchi dasturlar ishlab chiqaruvchi 
kompaniyalar mavjud. Bularning ichida foydalanuvchiga yordam beradigan va 
bevosita o‘zining dastur yaratishiga imkon beruvchi dasturlarni ham ishlab 
chiqaruvchi kompaniyalar mavjud.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin