O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va


Bozor iqtisodiyotida narxning vazifasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix14.12.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#74655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ishi

Bozor iqtisodiyotida narxning vazifasi. 
Bozor iqtisodiyotida narxlar quyidagi vazifalarni bajarishadi: 
 
 
Taqsimlash vazifasi – eng muhimdir. U shundan iboratki, narxlar tovarlarning 
sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi taqsimlanishiga ta’sir qiladi. Uy-joy uchun 
ijara haqining baland bo‘lishi uylarda yashovchilarni kambag‘allashtirsa, uy 
egalarini boyitadi, shuning uchun narxlarning bu vazifasi turli xildagi tartibga 
soluvchi mezonlarning ta’siriga eng ko‘p tushishiga ajablanarli xol emas. 
Narxlar iqtisodiyotda boshqa vazifani ham bajaradilar. Narxlar iste’mol talabini 
mo‘l-ko‘l bo‘lgan tovarlarga yo‘naltirib, uni o‘ta tanqiq tovarlardan uzoqlashtirib 
turadilar. Agar, aytaylik, yoqilg‘ining bir turining zaxiralari tugayotgan, shu bilan 
bir vaqtda mahsulotning ikkinchi turi hali keragidan ortiqcha bo‘lsa, ikkinchisiga 
qaraganda birinchisining narxining oshishini kutish lozim bo‘ladi. Bu firmalarni va 
yakka tartibdagi iste’molchilarni yetishmayotgan yoqilg‘i turidagi zaxirasi yetarli 
bo‘lgan yoqilg‘iga o‘tishiga majbur qiladi. Yirik firmalar o‘z uskunalarini qayta 
qurib oladilar, yangidan qurilgan uylarning isitish tizimi arzon yoqilg‘ini 
ishlatishga mo‘ljallantiriladi. 
Narxlar taqsimlash vazifasini bajara borar ekanlar, resurslardan samarali 
foydalanishga erishish imkonini beradilar, tanqis resurslarini ularga eng katta talab 
mavjud bo‘lgan soha va tarmoqlarga yo‘naltiradilar. 
Tanqis resurslar qimmatlashganida, bozorda ulardan eng katta foyda hisobiga 
ishlata oladiganlargina qolishadi. 
Tanqis xom ashyo, materialning o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi arzonrog‘ini 
ishlata olish imkoniga ega bo‘lgan katta firmalar va ayrim shaxslar (individlar) bu 
materiallarni ishlatishga tanqis resursning narxi haddan tashqari baland bo‘lib 
ketganda o‘tadilar. Yoqilg‘ining boshqa turlarini ishlatish imkoniga ega 
bo‘lmaganlar esa narxlarning qanchalik o‘sganligiga qaramay o‘sha, eski 
yoqilg‘idan foydalanishni davom ettiraveradilar. 
Ba’zida narxlarning oshishi butun jamiyatga foydali bo‘lishi ham mumkin. Agar, 
masalan, mamlakatga tabiiy gazning yetmay qolishi xavf solib turgan bo‘lsa, uning 
narxini ko‘tarish zarur, bu potensial iqtisodiy zararni kamaytirish imkonini beradi deb 
hisoblaydilar. Albatta, bir qator hollarda narxlarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik 
maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin