Òavsiya annotatsiyalari hujjat haqida, uning ahamiyati va xususiyatlari, mazmuni va ahamiyatiga ko‘ra unga yaqin bo‘lgan adabiyotlar orasida tutgan o‘rni haqida axborot berish, kitobxonni qiziqtirish maqsadida qo‘llaniladi. Annotatsiya tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiya va maslahatdan iborat bo‘ladi va hajmiga ko‘ra ma’lumot annotatsiyasidan katta bo‘ladi. Ular, asosan, ilmiy-ommabop, badiiy, bolalar adabiyoti, ommaviy-siyosiy nashrlar mazmunini ochishda qo‘llaniladi.
Birinchi darajali hujjatlar tavsifining usuliga ko‘ra umumiy va analitik annotatsiya bo‘ladi. Umumiy annotatsiya hujjat mazmunini yoritadi, analitik yoki xususiy annotatsiya hujjatning qaysidir bir qismi haqida ma’lumot beradi (masalan, bob, paragraf, alohida maqola).
Annotatsiya ma’lumot berilayotgan hujjatlar soniga ko‘ra monografik yoki guruhli bo‘ladi. Monografik annotatsiya bir hujjatning mazmuni va xususiyatlarini ochib beradi, guruhli (yig‘ma) esa mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin bir necha hujjat
2 — Bibliografiya
haqida axborot beradi. Ba’zan bir muallifning bir necha asari, bir janrdagi bir necha asar, bir turdagi asar, u yoki bu darajada annotatsiyalanayotgan asarga bog‘liq boshqa asarlar haqida ham bo‘lishi mumkin. Axborotning hajmi va izchilligiga ko‘ra tushuntiruvchi, tasviriy, referativ annotatsiyalar ham mavjud. Òushuntiruvchi annotatsiya hujjat sarlavhasini aniqlovchi bir necha so‘zdan yoki jumladan iborat bo‘ladi. Òasviriy esa hujjatdagi asosiy masalalarni yoki muammolarni ochib beradi va „Hujjatda nima haqda so‘z boradi?“ degan savolga javob beradi. Referativ annotatsiya „Hujjatda nima haqda qanday axborot beriladi?“ degan savolga javob beradi.
Annotatsiyalar kim tomonidan bajarilganiga ko‘ra mualliflik, muharrirlik, bibliograf annotatsiyasiga ajratiladi. Muallif va muharrir tomonidan beriladigan annotatsiya nashrning titul varag‘i orqasida beriladi. Bibliograf tomonidan beriladigan annotatsiya kartochkalarda yoki bibliografik qo‘llanmalarda, ko‘rsatkichlarda qo‘llaniladi. Kartochkadagi bunday qisqa annotatsiya yoki tushuntirish kvadrat qavs ichida beriladi va bu bibliograf tomonidan tuzilganligini anglatadi. Annotatsiyalar tayyorlash usuliga ko‘ra an’anaviy, qo‘lda yozilgan va avtomatlashtirilgan usulda bajariladi.
Referat —bu muallif (tuzuvchi)ning tanqidiy fikrlaridan xoli, qo‘shimcha mulohazalarsiz, hujjatning asosiy faktik ma’lumotlarini va mazmunini yorituvchi ma’lumot. Boshqacha aytganda, referat „Birinchi darajali hujjatda nima haqda ma’lumot beriladi? “ degan savolga javob berib, axborotlilik (hujjatning mazmuni haqida qisqa axborot berish) xususiyatiga ega. Referat hujjatning qaysi bilim sohasiga yoki fan tarmog‘iga oidligiga ko‘ra ijtimoiy, gumanitar, tabiiy-ilmiy, texnik adabiyotlar haqidagi referatlarga ajratiladi. Hujjatning mazmuni haqida qaysi usulda berilishiga ko‘ra: umumiy yoki referat-qaydlar; umuman, hujjat mazmunini izohlab berishiga ko‘ra ixtisoslashgan yoki muammoli referatlar, referat manbalarining soniga ko‘ra monografik, referat-fragmentlar, sharhli yoki guruhli; yoritib berish shakliga ko‘ra matnli, illustratsiyali, aralash; hajmi va izchilligiga ko‘ra (qoidaga ko‘ra 850 belgidan oshmagan) qisqa, kengaytirilgan (hujjat hajmining 10 – 15 % ini tashkil etadi), muallifiga ko‘ra (mualliflik-avtoreferat, referentlar yoki axborot-bibliografik xizmat ishchilari tomonidan tuzilgan) referatlarga ajratiladi.
Yo‘naltirish (ssilka) hujjat qismini bibliografik yozuv, bo‘lim, predmet rubrikasi bilan bog‘laydigan element. U „qarang“, „shuningdek, qarang“ (ñì., ñì. òàêæå) kabi 2 xil ko‘rinishda beriladi. Bu vazifani bibliograf yoki axborot-kutubxona markazi xodimi amalga oshiradi. Buning uchun bibliografiyalash texnologiyasini bilish shart.
Dostları ilə paylaş: |