I. FANNING ASOSIY MAVZULARI 1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI Iqtisodiyot tushunchasi, uning tarkibi va tuzulishi. Iqtisodiy faoliyat va takror
ishlab chiqarish jarayoni. Iqtisodiyotning bosh masalasi va uning ikki tomoni.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.
Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari. Iqtisodiyot nazariyasining boshqa
fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Iqtisodiy qonunlar va jarayonlarni ilmiy bilishning usullari. Iqtisodiy tahlilda
abstraksiya, induksiya, deduksiya, normativ, pozitiv, analiz, sintez, tarixiy,
matematik, statistik va grafik usullardan foydalanish. Iqtisodiy modellar
tushunchasi. Optimallashgan va muvozanatlashgan modellar.
2-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI, UNING NATIJALARI VA SAMARADORLIGI Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar.
Ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi nazariyalar.
Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy asoslari. Ishlab
chiqarishning tarkibiy tuzilishi. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni. Qisqa va
uzoq davrda ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi. Ishlab chiqarishning jamiyat
hayotidagi ahamiyati. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning o‘zaro bog‘liqligi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning egri chizig‘i. Ishlab chiqarish
funksiyasi. Unumdorlikning pasayib borish qonuni. Ishlab chiqarishning mikro va
makro darajasi. Ishlab chiqarish samaradorligi, uning ko‘rsatkichlari va hisoblash
usullari. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llari va omillari.
3-MAVZU. IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI Iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizim modellari: an’anaviy iqtisodiyot,
buyruqli iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish
bosqichlari: erkin raqobatga asoslangan va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni. Mulk obyekti va subyekti.
Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy jihatlari.
Mulk shakllarining tasniflanishi. Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning
o‘rni. Mulkchilik shakllarini o‘zgartirish usullari: milliylashtirish, davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Davlat mulkini xususiylashtirishning
usullari. O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.