O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegara



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

Institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegara
Tashkilotni muvofiqlashtirish birligi sifatida ta’riflash ushbu tushuncha va
insonlarning o`zaro hamkorligini belgilab beruvchi «institut» tushunchasini aniq
chegaralashni talab qiladi. Ularni quyidagi jadval yordamida taqqoslaymiz:
Tashkilot
- hukmronlik munosabatlari, ya’ni ishtirokchilarining ayrimlari -
«agentlar» tomonidan o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining uning
boshqa ishtirokchisi - «prinsipal»ga topshirilishi asosida qurilgan
muvofiqlashtirish birligi
.


69
Institut
Tashkilot
Makro
institutsional toifa
Mikro
institutsional toifa
O`zaro hamkorlikning
umumiy
doiralarini
belgilaydi
O`zaro hamkorlik(lar)ning
muayyan
doiralarini
belgilaydi
Sof ijtimoiy ne’mat
tavsifiga ega
Klub ne’mati
tavsifiga ega
Depersonifikatsiyalashgan
va
 nolokal
transaksiyalarni tartibga soladi
Aniq
chegaralangan,
demak,
personifikatsiyalangan
va
 lokal
transaksiyalarni
tartibga soladi
Shaxslar institutlarning o`zgarish
jarayoniga ta’sir ko`rsata olishmaydi
Tashkilot shaxslarning ongli ravishdagi tanlovi
natijasi sanaladi
Hukmronlik munosabatlarining elementi
mavjud emas
Hukmronlik munosabatlari tashkilot
faoliyat
ko`rsatishining asosida
yotadi
Transaksiya xarajatlarining tarkibini va
miqdorini belgilaydi
Institutsional doiralar tomonidan belgilangan
transaksiya
xarajatlarining
tejalishiga
ko`maklashadi
Transaksiya xarajatlarini tejashga taalluqli bo`lgan so`nggi farq xususida
alohida to`xtalib o`tish lozim. Yollash to`g`risidagi shartnomani amalga oshirish
o`sha maqsadlar uchun sotish to`g`risidagi shartnomaning institutsional
doiralaridan foydalanishdagiga qaraganda ancha kam transaksiya xarajatlari bilan
bog`liq. Tejash, birinchidan, shartnomani muntazam qayta tuzish zarurati
yo`qolishi munosabati bilan, ikkinchidan esa, shartnomaning implitsit shakli –
o`zaro hamkorlikning barcha detallarini aniq tafsirlashdan voz kechish hisobidan
paydo bo`ladi.
Transaksiya xarajatlarini tejashning qolgan bizga ma’lum vositalari ichida
tashkilot
bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Bitimlar tuzishda
muzokaralar yuritish xarajatlarini tejash imkonini beruvchi standart (namunaviy)
shartnomalardan foydalanish; o`lchash xarajatlarini pasaytiruvchi sifat, o`lchash va
tortish standartlarini ishlab chiqish va rivojlantirish; jamiyatda mulkchilik
huquqlarini tafsirlash va himoya qilish xarajatlarining kamayishiga olib keluvchi
konsensus mafkurasini shakllantirish kabi vositalar shular jumlasidandir. Ularni
qo`llash intensivligini oshirish bilan yuqorida ko`rsatilgan barcha uchta vositaning
samaradorligi pasaymaydi. Aksincha, ushbu vositalardan qanchalik keng
foydalanilsa, bir bitim hisobida transaksiya xarajatlarining miqdori shunchalik kam
bo`ladi.
Tashkilot doirasida transaksiya xarajatlarini tejash borasidagi ishlar esa
boshqacha ko`rinishga ega. Transaksiya xarajatlari miqdorlarining o`sishi, ya’ni
tashkiliy doiralarda bitimlar ko`proq amalga oshirilishi bilan ushbu sohada uning
samaradorligi kamayadi. Tashkilot ichida bitimlarni amalga oshirish hamon
axborotni qidirish xarajatlarini, shuningdek muzokaralar yuritish xarajatlari va
shartnoma tuzish xarajatlarini pasaytirish imkonini bersa-da, bunda boshqa xildagi
xarajatlarning o`sishi yuz beradi. Tashkilot o`lchamlarining ortishi bilan, birinchi
galda, monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlari oshadi. Birinchidan,
tashkilot ishtirokchilari sonining o`sishi bilan ular manfaatlarining birligiga,
aniqrog`i ular manfaatlarining «prinsipal» manfaatlariga mos kelishiga erishish
qiyinlashadi. Shuning uchun «prinsipal» monitoringni va «agentlar» harakatini


70
nazorat qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirishga to`g`ri keladi.
Bundan tashqari, tashkilotning o`sishi «prinsipal»ni, «agentlar»ni nazorat qilish
bo`yicha vakolatlarining bir qismini o`z vakillariga topshirgan holda, murakkab
hukmronlik munosabatlari sxemasiga o`tishga majbur etadi. Ushbu tarkibiy
o`zgarishlar nafaqat «agentlar»ni nazorat qilish xarajatlarining ortishi bilan, balki
«prinsipal» manfaatlari vakillarining harakatlarini nazorat qilish zarurati bilan ham
bog`liq
R.Kouz tashkilotning o`sishi bilan kamayuvchi samaradorlikni
«menejmentning kamayuvchi marjinal samaradorligi» deb nomladi va
hamma vaqt
institutga (bozorga) nisbatan tashkilot (firma) o`sishining chegarasi mavjud
degan
fikrga keldi. «Firma firma ichidagi bitta qo`shimcha transaksiyani tashkil etish
xarajatlari o`sha transaksiyani ochiq bozorda almashish orqali amalga oshirish
xarajatlari bilan tenglashgunga qadar kengayib boradi...». Ya’ni, yolg`iz firmadan
tashkil topgan iqtisodiyot (buyruqbozlik iqtisodiyotini ana shunday deyish
mumkin) bo`lishi
mumkin
, lekin menejmentning marjinal samaradorligi
kamayiishi tufayli u
samarasiz
bo`ladi.
Masalan, A firma bozorda B, V va G firmalardan (sotish to`g`risidagi
shartnoma doirasida) sotib olinadigan butlovchi qismlardan kompyuter yig`ish
bilan shug`ullanadi, deylik. O`zining transaksiya xarajatlarini optimallashtirgan
holda, A firma B firma bilan yagona korxona tuzishga qaror qiladi. U V firma
bilan ham masalani huddi shu tariqa hal etadi. G firmani yagona tashkiliy
tuzilmaga kiritish firma ichidagi boshqaruv va nazorat xarajatlarining o`sishi
tufayli foydasiz bo`lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, A firma tomonidan V
firmaning qo`shib olinishi
chegara
bitim hisoblanib, shundan so`ng keyingi
kengaytirish samarasiz bo`lib qoladi.
Lekin, institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegaraning aniq demarkatsiyasi
sotish to`g`risidagi shartnoma (bozor bitimlari)ning ham, yollash to`g`risidagi
shartnoma (firma ichidagi bitimlar)ning ham elementlarini o`zida birlashtiruvchi
neoklassik shartnomalarning mavjud bo`lishi fakti bilan qiyinlashadi. Masalan, A
firma o`z tarkibiga G firmani birlashtirishdan bosh tortishi, lekin ayni paytda u
bilan butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun shartnoma tuzishi mumkin, bu
hukmronlik munosabatlari asosida emas, balki ikki tomonlama kelishuv asosida
bozorning «tabiiy» oldindan aytib bo`lmasligidan ko`riladigan zararlarni
pasaytirish imkonini beradi.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin