O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


 Xufyona bozor institutsional tizim sifatida



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

5.4. Xufyona bozor institutsional tizim sifatida
Xufyona sektor bilan bog`liq eng katta xavf bu bozor konstitutsiyasidan
keskin farq qiluvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning alohida me’yorlarining
shakllanishdir. Xufyona me’yorlarning asosida ularning amal qilishi hududiy
jihatdan va G’ yoki shaxslarning ma’lum doirasi tomonidan chegaralangan ijtimoiy
mexanizmlar yotadi - qonunga bo`ysunish me’yorlarining mavjud emasligi,
me’yorlarning amal qilishini ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha iqtisodiy
sub’ektlarga tarqatishga imkon bermaydi.


57
Xufyona me’yorlarning yozilmagan va lokal xususiyati tufayli xufyona
bitimlar tuzish uchun universal o`yin qoidalarini ifodalab bo`lmasa-da, xufyona
iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Misol
tariqasida Italiya, Sitsiliya, Kalabriya va Kampaniyani olamiz: rivojlangan xufyona
sektorga ega bo`lgan ushbu mintaqa iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi
o`rganilgan.
Davlatning (dastlab Ispaniya, so`ngra Italiya davlatining) kam ishtiroki va
uning mahalliy aholining turmushini va mulkchilik huquqlarini himoyalashni
ta’minlashga layoqatsizligi Italiya janubi tarixiy rivojlanishining muhim omillari
bo`ldi. Davlat ushbu mintaqalarning uzoqda joylashganligi va o`zi olib boradigan
«bo`lib ol va hokimiyat o`rnat» siyosat tufayli ularning mavjudligi haqida
shunchaki unutib qo`ydi. Shuning uchun, ayniqsa feodal huquqning bekor qilinishi
va mayda mulkdorlar sinfining shakllanishi munosabati bilan mulkchilik
huquqlarini tafsirlash va shartnomalar bajarilishini ta’minlashning davlatning
aralashuviga muqobil mexanizmari talab etildi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash
va himoyalash bo`yicha davlatga muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki
tilga olinishi feodalizmdan mayda va o`rta yer mulkchiligiga o`tishning aynan shu
pallasiga taalluqli. «Mafiya» atamasi odatda turli ma’nolarda va turli xildagi
hodisalarni yoritish uchun qo`llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan
bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-harakatning alohida me’yorlari va
na’munalarini belgilash uchun foydalaniladi. Ya’ni, mafiya rasmiy tashkilot
bo`lmasada, xatti-harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga o`zining
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini
beruvchi o`yin qoidalarining yig`indisidir.
Birinchi me’yor «o`yin konstitutsiyasi» o`zaro hamkorlik maqsadlarini
aniqlashga taalluqli, uni sha’n me’yori sifatida ifodalash mumkin. Agar
mafiyaning avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970 yillar)da Italiya janubi
aholisining asosiy maqsadi o`zining foydaliligini oshirishdan emas, balki o`z
sha’nini va o`z oilasining sha’nini saqlab qolishdan iborat bo`lgan. Hatto o`zini
mafiya deb hisoblagan insonning o`zini nomlashi – «sha’n odami» - uning faoliyati
maqsadining an’anaviy xususiyatini tasdiqlagan. Kelishuvlar nazariyasi
atamasidan foydalangan holda, sha’n me’yorini an’anaviy kelishuv jumlasiga
kiritish mumkin, chunki gap oilaning sha’ni va obro`si haqida, birinchi galda, er-
xotinning sha’ni haqida ketayapti. Sha’nning yo`qotilishi ijtimoiy o`zaro
munosabatlar sohasidan chiqarilishga olib keladi – uni yo`qotgan insonlar hatto
alohida, qishloqlarning chekkalarida yashashadi va faqat o`z muhiti doirasida
muloqatda bo`lishadi. Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi muvaffaqiyat
ham mustaqil qadr-qimmat emas, balki sha’n belgisi sifatida ko`rib chiqiladi.
Agar utilitarizm me’yorini oqilona harakat me’yori to`ldirsa, u holda sha’nni
himoya qilish va tasdiqlashning asosiy vositasi – «hasad raqobatchiligi», erkaklar
ega bo`lgan zulm o`tkazish salohiyatini doimiy ravishda taqqoslash (ta’kidlash
lozimki, mafiyaning madaniy sohasi – «machizm», ya’ni erkakka sig`inish). Shaxs
tomonidan kontragentlar ehtiyojlarini qondirish orqali foydalilikni oshirishning


58
bozor tamoyili (unga ko`ra almashuvning barcha ishtirokchilari yutadi)dan farqli
o`laroq, hasad raqobatchiligida ikkita g`olib bo`lishi mumkin emas: faqat bitta
g`olib mavjud - qolganlar hammasi – mag`lublar. Kundalik turmushni tartibga
soluvchi vosita sifatida zulm o`tkazishdan foydalanish uchun taqiqlarning mavjud
emasligi, zulm o`tkazishni monopollashtirishga urinish iqtisodiy sohadagi mafiya
vakillarining xatti-harakatlariga ham o`z ta’sirini o`tkazmoqda. Mafiya bilan
bog`liq tadbirkorda foyda olishga cheklashlar oshkora tadbirkornikiga qaraganda
kam. Xufyona tadbirkor zarur hollarda zulm qo`llanilishi bilan to`xtab qolmaydi,
oshkora tadbirkor esa zulm o`tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida
erkinlikning ushbu darajasidan mahrum etilgan. Shuning uchun mafiya bilan
bog`liq korxonalarning raqobat jihatdan ustunliklari raqobat natijasida emas, balki
lokal monopoliyani hosil qilish va raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladi.
Mafiya qoidalari bo`yicha faoliyat ko`rsatuvchi bozor mukammal raqobat
shartlaridan yiroqlashadi, bunday qoidalarning mavjud bo`lishi iqtisodiy
mexanizmlarning amal qilishi tartibini o`zgartiradi.
Navbatdagi me’yor – ishonch – an’anaviy xususiyatga ega, chunki u oila
doirasida lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch bo`lmasa, uning boshlig`ining
sha’ni tushunchasi o`z kuchini yo`qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an’anaviy
tarzda oila turmushining bazaviy tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning
tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor konstitutsiyasida ko`zda tutilganidek,
oqilona harakatning sharti bo`lishi mumkin emas. Mafiyaning bazaviy tashkiliy
birligi – sossa – 15-20 (ko`pi bilan 70-80, kamida 7) kishidan iborat va oila-
qarindoshchilik aloqalari asosida shakllanadigan guruhni o`zida namoyon etadi.
Sossa faoliyati doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a’zolari bilan do`stona
munosabatlar yoki «patron-mijoz» munosabatlari orqali bog`liq.
Oila ichidagi munosabatlarni qurish uchun foydalaniladigan ishonch
mafiyaning iqtisodiy faoliyatini ham belgilab beradi. Mafiya bilan bog`liq
tadbirkorlarning yana bir raqobat jihatdan ustunligi bo`lib ishonch asosida
shartnoma munosabatlarini qurish hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari
bajarilishining eng yaxshi kafolati hisoblanadi. D.Gambetta yozganidek, mafiyani
bozorning ishonchning «tabiiy» darajasi haddan ziyod past bo`lgan va bitim tuzish
imkonini bermaydigan sektorlarida va ana shunday mintaqalarda (Italiya Janubida
bunday holat o`rin tutadi) ishonchni tug`dirish, reklama qilish va sotish bilan
shug`ullanuvchi alohida korxona sifatida namoyon etish mumkin. Shuningdek,
ishonch tanqisligi sharoitida amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan
xufyona bitimlarga va taqiqlangan tovarlar (qurol, giyohvandlik moddalari) bilan
istalgan bitimlarga ham e’tibor qaratiladi. Tovar sifatida ishonchning o`ziga xos
jihatini hisobga olgan holda, mafiya uni sotishni g`oyrioddiy usul bilan – oila-
qarindoshchilik, do`stona yoki mijozlik aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni
aralashtirish orqali amalga oshiradi. Xususan, mafiyaning iqtisodiy faoliyatini
yoritish uchun ko`pincha mafiyaning oilaviy aloqalari asosida tashkil etiladigan
«tarmoq» tushunchasidan foydalaniladi. Aynan o`zgaruvchan sharoitlarga tez
moslashuvchi tarmoqlar doirasida «o`zlariniki» o`rtasida yuqori ishonch


59
salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy faoliyati amalga
oshiriladi.
Bitimlar bo`yicha hamkorlarni «o`ziniki» va «begona» toifasiga bo`lish
prinsipial jihatdan muhim, bu yerda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat
haqida boradi. «O`ziniki» doirasida sha’n va obro`ga birgalikdagi sa’y-harakatlar
orqali erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar ishonch asosida quriladi.
«O`ziniki» va «begona» o`rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo`lishi muqarrar,
ishonch esa dushmanlik va zulmga o`z o`rnini bo`shatib beradi. Xatti-harakatning
ikki yoqlama standarti mantiqiga yana bir muhim me’yor – maxfiylik kiritiladi.
Ushbu me’yor tashqi olam bilan, ayniqsa davlat vakillari bilan munosabatlarda
to`liq yopiqlikni belgilab beradi, uning teskari tomoni sifatida to`liq ochiqlik va
oila a’zolaridan faqat haqiqatni gapirishni talab qilish ishtirok etadi. Haqiqiy
mafiozlar hamma vaqt jim turishadi.
Xulosa
Iqtisodiy sub’ekt tomonidan o`z biznesi uchun institutsional muhitni –
oshkora yoki xufyona – tanlash to`g`risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda
bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini qiyoslash
orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo`ysunish normasi yana bir bor
oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta’siri ostida emas
(qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan
kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo`ysunishga undovchi
omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya
xarajatlarini pasaytirish yo`li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir
bo`lgan taqdirda, paydo bo`ladi.
Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o`yin qoidalarida,
birinchi galda bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini
«o`ziniki» va «begonalarga» ajratish bilan katta farq qiladi. O`zinikilarga nisbatan
opportunizmni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari amal qiladi, ishonch va
o`zaro yordam me’yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha, «begonalarga» nisbatan
opportunizm me’yor bo`lib qoladi. T.Veblen yozganidek, xufyona iqtisodiyot
«hasadguylik raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin.
Va nihoyat, xufyona iqtisodiyot maksimal darajada fragmentlangan va mozaikli, u
to`liq tizim shaklini qabul qilmaydi hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun
yagona va majburiy bo`lgan konstitutsiyani qabul qilmaydi. Bundan ko`rinib
turibdiki, qonunga bo`ysunishning yuqori narxiga muqobil variant ham g`oyat
qimmat ekan.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin