Bezanadiolam chiroy ko’rsatib.
(Qutadg’u bilig10-bet)
Bezanadi olam birikmasida metaforani hosil qilishda bajariladigan ish- harakat o’rtasidagi nisbiy o’xshashlikka asoslanilgan. Bezanmoq so’zining asl ma’nosi “zeb, naqsh ziynat berib yoki ko’z quvontiradigan narsalar bilan boyib husnlanmoq, chiroyli, ko’rkam bo’lmoq”(O’T.I.L. I tom. 96-bet)ni bildiradi. Ushbu (bezanadi olam) birikuvidagi “bezamoq” leksemasida esa insonga xos bo’lgan harakat olam, tabiatga ko’chirilgan.
Hech qachon ko’p gapirma.…Tuman so’z tugunini bitta so’z bilan yozib yubor, ya’ni oz so’zlarga ko’proq ma’no singdirish payidan bo’lgin.
(Qutadg’u bilig 12-bet.)
Tugun leksemasining bosh ma’nosi “arqon, ip, lenta va shu kabi narsalarning bog’lab ulangan yoki sirtmoq kabi tortib bog’langan yeri”(O’.T.I.L.II tom. 216-bet)dir. Ushbu “so’z tuguni” birikmasidagi “tugun” so’zi asl ma’nosini yo’qotib, ”voqea, hodisa va shu kabilarning to’qnashgan,
chalkashgan yeri” (O’.T.I.L.218-bet)ko’chma ma’nosini anglatib kelgan. Bu esa adib asarining badiiyligini yanada oshirishga xizmat qilgan.
Zakovat har doim shunday uqtiradi:dag’al so’z kishi boshidagi ofat.
(Qutadg’u bilig. 13-bet)
Mazkur”dag’al so’z” birikuvidagi “dag’al” so’zining asl ma’nosi “tashqi ko’rinishi, tuzilishi beo’xshov,qo’pol, xunuk” (O’.T.I.L.I tom.216-bet) ma’nosini anglatadi. Ushbu birikuv(dag’al so’z)da “dag’al” so’zining asl (qo’pol, xunuk) ma’nosidan “kishiga qattiq tegadigan, qattiq botadigan, ” semasi o’sib chiqqan. Natijada ma’no ko’chishining metafora usuli hosil bo’lgan. Bunda ikki belgi xususiyatning nisbiy o’xshashligiga asoslanilgan.
Dostları ilə paylaş: |