O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/58
tarix03.06.2023
ölçüsü325,56 Kb.
#124436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

2. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari
kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari 
1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi syezdida K. N. Kornilov 
(1879–1957) psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari 
surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik materializm negizida tu-
zish uchun olib borgan kurashining natijasi hisoblangan g‘oyaviy-na-
zariy kurash jarayonida psixologiya predmeti va uning metodlari ha-
qidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng 
muhim prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab olindi, bilimning 
turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi.
Psixologiya fanining taraqqiyotida buyuk o‘rin tutgan 
B. G. Ananyev, P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, A. V. Zaporojes
K. N. Kornilov, G. S. Kostyuk, A. N. Leontyev, A. R. Luriya, 
S. A. Rubinshteyn, A. A. Smirnov, B. M. Teplov, D. N. Uznadze va 
boshqa olimlar yetishib chiqdi.
Psixologiya fanining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
– determinizm prinsipi;
– ong va faoliyat birligi prinsipi; 
11


– psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prinsipi. 
Determinizm prinsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishi-
ni va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. Agar 
hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixika-
ning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgi-
lanadi. Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda 
kishida ong shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi pirovard na-
tijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish usullarini ri-
vojlantirish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-ta-
rixiy xususiyatga ega ekanligini tushuntirish kishi ongining ijtimoiy 
borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik prinsipdan kelib 
chiqadigan eng muhim xulosadir. 
Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan prinsipi 
ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan o‘xshash ham 
emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki 
rejasini, uning dasturini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan mo-
deli aynan ongda hosil bo‘ladi, odam o‘zini qurshab turgan muhitda 
uning yordamida mo‘ljal oladi.
Ong va faoliyatning birligi prinsipi psixologlarga xulq-atvorni, 
faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadiga erishishning muvaf-
faqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni 
psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Psixika 
va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi shuni anglatadiki, psixika 
agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan 
bo‘lsagina, u to‘g‘ri ta’riflangan bo‘ladi. Aynan shunday nuqtai nazar 
P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, A. N. Leontyev, S. L. Rubinshteyn, 
B. M. Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida ham o‘z aksini topgan. 
Psixikaning taraqqiyotini dialektik-materialistik nuqtai nazardan 
tushunish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga, 
o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy 
tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan 
psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. S. L. Rubinshteyn 
ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb 
ta’kidlagan edi. 
Psixologiyaning kategoriyalari quyidagilardan iborat: 
– bilish jarayonlari; 
emotsional-irodaviy holatlar
12


– individual-psixologik xususiyatlar. 
Bilish jarayonlari  diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol.
Emotsional-irodaviy holatlar  kayfiyat, affekt, stress, frustra-
tsiya, chidamlilik, bardoshlilik, qat’iyatlilik.

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin