mustaqilligini saqlab qolishga va o‘z ta’sirini boshqa hududlarga yoyishiga
ko‘maklashgan.
Rim papasi va Vizantiya cherkovi o‘rtasida xristianlikning markazi
maqomini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurash boshlangan. Bu kurash
murosasiz
tus olib, unda goh u, goh bu tomon ustun kelib turgan.
Oqibatda, 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlarida uzil-kesil
ajralish yuz bergan. Xristianlik shu sanadan boshlab rasman ikki
yo‘nalishga bo‘linib ketgan. Rim papasiga bo‘ysunuvchi yeparxiyalar
katolik (butun dunyo) cherkovi, Konstantinopol patriarxiga bo‘ysunuvchi
yeparxiyalar esa pravoslaviye (chin e’tiqod) cherkovi degan nom olgan.
Xristianlikning eng katta yo‘nalishlaridan biri katolik cherkovidir.
BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning oxirlarida katoliklarning soni
900 mln. kishini tashkil etgan. Katoliklar asosan G‘arbiy,
Janubi-sharqiy
va Markaziy Yevropada, Lotin Amerikasida keng yoyilgan. Afrika
aholisining 1/3 qismi katoliklardir. Cherkov Shimoliy Amerikada kuchli
ta’sirga ega bo‘lib, dunyoning boshqa mintaqalarida ham keng yoyilgan.
Katolitsizm ta’limotining manbaini muqaddas bitiklar va rivoyatlar
tashkil etadi. Bu ikki manba xristianlikda ahamiyati jihatidan teng
hisoblansa-da, katolitsizmda boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq,
muqaddas rivoyatlardan kengroq foydalaniladi. Katolitsizmda «cherkov
otalari»ning (patristika) ilohiyotga bag‘ishlangan asarlari,
Jahon soborlari
va Rim papasining rasmiy hujjatlari, qadimiy ibodat tajribalari muqaddas
rivoyatlar sifatida qabul qilingan.
Katolitsizm aqidalari va marosimlari pravoslaviyenikiga yaqin turadi.
Unda pravoslaviyedagi kabi «e’tiqod ramzi»ning 12 aqidasi va 7 ta sirli
marosimi tan olinadi. Lekin e’tiqod ramzi aqidalariga bir qator
qo‘shimchalar kiritilgan. 589 yilda qabul qilingan filioka (lotinchadan
so‘zma-so‘z tarjimasi o‘g‘ildan ham degan ma’noni anglatadi) aqidasiga
binoan, xudo Muqaddas Ruh xudo Ota va xudo O‘g‘il (Iso)dan paydo
bo‘lgan. Mazkur aqida katolitsizmda Isoning yerdagi
noibi deb tan olingan
Rim papasining hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Papa hokimiyati
avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo‘yiladi.
Shuningdek, katolitsizmda odam o‘lganidan keyin ruhi jannat va
do‘zax oralig‘idagi a’rofga tushishi to‘g‘risidagi aqida mavjud. Unga
ko‘ra, tirikligida gunohlari yuvilmagan, lekin «kechirilmas gunoh» sodir
etmagan kishilarning ruhi a’rof olovida tozalanganidan keyin jannatga
tushishi mumkin. Lekin bu murakkab jarayon, chunki ruhning a’rofdan
chiqib ketishi uchun boshqa kishi o‘zining ortiqcha savobini berishi lozim.
Shu bois cherkov savob ishlarning zaxirasini vujudga keltiradi. A’rofda
105
qiynoqqa duchor qilingan odamlar o‘z ruhlarini jannatga o‘tkazish
uchun
zaxiradan foydalanadilar. Savob ishlar zaxirasi Iso Masih, Bibi Mariyam,
avliyolar va dindor kishilarning ortiqcha savob ishlari, xizmatlaridan hosil
qilinadi va doimo to‘ldirib boriladi. Zaxira doimo to‘ldirib turilishi uchun
cherkov kishilarni doimo savob ishlar qilishga da’vat etadi.
O‘rta Asrlarda a’rof haqidagi aqida indulgensiyalar (lotincha
Dostları ilə paylaş: