O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Dinshunoslik

 . ., . . 
= . – ., 1999. – 
. 978.
7

 .
. ^ : $, $
= . – ., 2000. – . 117.
98


Xristianlik ta’limotining shakllanishida ilohiyot sohasidagi izlanishlar 
bilan birga ijtimoiy fikr, o‘sha davrdagi falsafiy ta’limotlar va 
mutafakkirlarning g‘oyalari ham muhim manba vazifasini o‘tagan.
Rim davlatining inqirozi natijasida, odamlarning jaholat girdobiga 
botib qolgan jamiyatga va ertangi kunga ishonchi yo‘qolgan. Rasmiy din 
odamlar orasida tobora o‘z mavqeini yo‘qotib borgan. Odamlar orasida 
qismatga, taqdiri azalga ishonish keng yoyilgan. Ilohiy xaloskor 
to‘g‘risidagi g‘oya paydo bo‘lgan. Qismatga, taqdiri azalga ishonish o‘sha 
davrdagi falsafiy maktablar ta’limotida va mutafakkirlarning qarashlarida 
ham dolzarb mavzuga aylangan. 
Milodiy I asrda Qadimgi Rimda keng yoyilgan stoiklar (grekcha 
stoa 
– bino oldidagi ustunli uzun ayvon degan ma’noni anglatadi, maktab 
asoschisi Zenon yashagan Afina shahri ibodatxonasi tarhidan olingan 
atama) falsafiy maktabining ta’limoti diqqatga sazovordir. Stoiklar 
talqinida dunyo bir butun, yaxlit voqelik bo‘lib, undagi voqea va hodisalar 
umumiy tartibga bo‘ysunadi. Dunyoning birligi uni vujudga keltirgan va 
boshqarib turadigan ilohiy Logos (xudo) faoliyatining natijasidir. Ilohiy 
Logos borliqdagi jarayonlarni boshqarish bilan birga uning, shu jumladan 
odamlarning ham taqdirini oldindan belgilaydi. 
Stoiklarning taqdiri azal to‘g‘risidagi ta’limoti Senekaning 
qarashlarida mukammal bayon qilingan. Uning fikriga ko‘ra, borliq 
moddiy va ruhiy dunyolarga bo‘linadi. Moddiy dunyo ruhiy dunyoga bo‘y-
sunadi va mustaqil faoliyatga qodir emas. Undagi tartib va mukammallik 
olamiy aql, ya’ni xudo faoliyatining mahsulidir. Xudo barcha narsa va 
voqealarning sababchisi, taqdirni belgilovchi oliy borliqdir. Tabiat 
voqeliklarida ruh mavjud. Voqeliklarda mujassamlangan ruh xudo 
ruhining bir zarrasini tashkil etadi. Tirik mavjudotlarda joylashgan ruhlar 
o‘z qobig‘ini tark etib, «ozodlikka chiqishga» va mutlaq ruhga 
qo‘shilishga intiladi. Diniy rivoyatlardan ma’lumki, ruhning tanani tark 
etishi «tabiiy» hodisadir, shunday ekan, odamlar hayotga va o‘limga bir 
xilda munosabatda bo‘lishlari kerak. 
Har bir odamda ilohiy ruhning bir zarrasi mavjudligi, ularning ruhan 
tengligini bildiradi. Ular o‘rtasidagi tengsizlik jamiyatga xos voqelikdir. 
Qul pok vijdoni, insonparvarligi, do‘stlarga sadoqati, jasurligi kabi 
ma’naviy fazilatlari bilan xo‘jayinidan ustun turishi mumkin. Qullik 
kishining jismoniy holatidir. 
Seneka borliqni ilohiy dunyo va odamlar dunyosiga bo‘ladi. Ular bir-
birlari bilan bog‘liqdir. Ikki dunyo o‘rtasidagi aloqachi vazifasini 
avliyosifat kishilar jamoasi bajaradi. Jamoa a’zolarining diniy va dunyoviy 
99


hokimiyatga itoatkorligi, zulmga qarshilik ko‘rsatmasligi, jismiylikdan 
ruhiy yetuklikni ustun qo‘yuvchi, stoiklar ta’limotini yaxshi biladigan va 
ularga so‘zsiz amal qiladigan kishilar orasidan tanlab olinishi tavsiya 
etiladi. Seneka targ‘ib qilgan kishilardagi fazilatlar xristianlikning 
ma’naviy qadriyatlariga mos keladi.
Seneka davlatlarni ikki turga bo‘ladi:
1) xudo va odamlarning hamkorligiga asoslanuvchi, hududi yerning 
muayyan bir bo‘lagi bilan cheklanmaydigan katta davlat;
2) hududi makonda cheklangan kichik davlat. Odamlar ikkala davlatga 
ham xizmat qilishlari mumkin, lekin bu dunyoda xalqlarni birlashtiruvchi 
ilohiy davlatni tanlagan odam yutqazmaydi.
Shu tariqa kishilar ongiga kosmopolitizm (grekcha 
kosmopolites
– yer 
shari fuqarosi degan ma’noni anglatadi) singdiriladi. Bu ta’limot oxiratda 
yer yuzidagi barcha odamlarni birlashtiruvchi ilohiy podsholikni qurish 
g‘oyasiga asoslanadi. 
Seneka ta’limotidagi moddiy dunyo lazzatlarining o‘tkinchiligi, 
odamlarga hamdardlik, kamtarona yashash, o‘zini xudoga baxshida etish 
kabi g‘oyalar xristianlik ta’limotida yanada rivojlantirilgan. 
Xristianlik ta’limotining shakllanishida Aleksandriyalik Filon 
(miloddan avvalgi 20 – milodiy 54 yillar) qarashlari alohida ahamiyatga 
ega. Filon diniy qarashlarda ustuvorlik qilib kelgan xudoni «mavhum, 
shaxsi noma’lum ibtido» deb ta’riflashga keskin qarshi chiqqan. Uning 
fikricha, agar xudo mutlaq ibtido bo‘lsa, shaxsiyatsiz mavjud bo‘la 
olmaydi, chunki uning shaxsiyati bo‘lmasa, undan oldin yana nimadir 
bo‘lishi kerak. Xudo nafaqat qiyofaga ega, balki ezgulik, go‘zallik va 
donolik timsolidir. 
Borliq xudo irodasi va faoliyatining mahsulidir. Dunyo ko‘rinmas 
(ilohiy) va ko‘rinadigan (moddiy) qismlarga bo‘linadi. Xudo moddiy 
dunyodan tashqarida mavjuddir. Moddiy dunyodagi barcha narsa va 
hodisalar, jumladan odamlarni ham xudo yaratgan. Ular xudo faoliyatining 
mahsulidir. Xudo odamlarning bilishi va unga ergashishi zarurligini 
bildirish uchun o‘z o‘g‘lini yer yuziga vakil qilib yuborgan. 
Filon odamlarga xos bo‘lgan illatlar – maishiy buzuqlik, o‘zgalarga 
befarqlik, mehrsizlik, mansabparastlik, boylikka hirs qo‘yish kabilarni 
qoralagan, odamlarning xudo oldida tengligini e’tirof etgan. Uning 
ijtimoiy qarashlari xristianlik ta’limotining shakllanishida juda katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Xristianlik ta’limotining ilohiy manbalari muqaddas bitiklar va 
muqaddas rivoyatlarga bo‘lib o‘rganiladi. Diniy rivoyatlarga ko‘ra, xudo 
100


muqaddas bitiklar (yozuvlar)ni odamlarga ularning ijtimoiy-madaniy 
jihatdan tayyorligi darajasiga qarab, uzoq vaqt davomida vahiy qilgan. 
Xristianlikning muqaddas yozuvi Bibliya (arabchada Injil) deb ataladi. 
Bibliya (grekcha 
biblia 
– kitoblar degan ma’noni anglatadi) matnining 
asosiy qismi bir necha sahifadan iborat kitoblar to‘plamidan tuzilgan. 
Injil ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismi «Eski Ahd» («Eski 
rivoyat») deb ataladi. «Eski Ahd»ning matni yahudiylarning muqaddas 
bitiklaridan tuzilgan. Uning matnini to‘plash miloddan avvalgi XII asrdan 
boshlangan va miloddan avvalgi II asrga qadar davom etgan. Mazmuniga 
ko‘ra, «Eski ahd» yahudiy xalqining qadimgi diniy va qabilaviy 
an’analarini aks ettiradi. 
Injilning ikkinchi qismi «Yangi Ahd» deb ataladi. Birinchi qismidan 
farqli o‘laroq, uning matni xristianlik paydo bo‘lganidan keyin tuzilgan va 
u, odatda, Injilning «xristianlik qismi» deb ataladi. «Yangi Ahd» to‘plami 
yevangeliyalardan tuzilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, taxminan 30 ta 
yevangeliya mavjud bo‘lgan. Shulardan, Isoning shogirdlari bo‘lmish 
havariylar (apostollar) Matfey, Mark, Luka va Ioannlarning 
yevangeliyalari, havariylarning amallari, 21 risola va Ioann vahiynomasi 
(yoki oxir dunyo) kabilar Injilga kiritilgan, qolgan yevangeliyalar din 
uchun zararli deb topilib, yo‘q qilingan. 
Yevangeliyalarda Iso Masihning hayoti, mo‘jizalari va ta’limoti, 
havariylar Pyotr va Pavellarning xristianlikni targ‘ib qilishlari, diniy 
e’tiqod va amal bilan bog‘liq masalalar bayon qilingan.
Injil qismlarining nomlariga ahd so‘zining qo‘shib ishlatilishi xudo 
bilan odamlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ahdnoma asosida tartibga 
solib turilishini anglatadi. «Yangi Ahd» xudo bilan odamlar o‘rtasida Iso 
vositachiligidagi yangi ahdlashuv hisoblanadi. 
Xristianlik ta’limotining ikkinchi manbai muqaddas rivoyatlardir. 
Muqaddas bitiklardan farqli o‘laroq, ularni xudo cherkovga og‘zaki vahiy 
qilgan deb hisoblanadi. Muqaddas rivoyatlar muqaddas yozuvlarning ilohiy 
ahamiyatini asoslaydi, ilohiy qoidalarni sharhlaydi, zamonga moslashtiradi. 
Bu rivoyatlarning muhim manbalaridan biri I–VIII asrlarda xristianlik 
ta’limotining falsafiy va ijtimoiy-siyosiy asoslarini ishlab chiqishda 
ishtirok etgan ilohiyotshunos mutafakkirlar hamda «cherkov otalari», ya’ni 
patristikaning («patristika» lotinchada 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin