O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Hinduiylikning ta’limoti va marosimlari



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Dinshunoslik

Hinduiylikning ta’limoti va marosimlari 
Hindiston diniy tizimlarining aqidalaridagi o‘xshashliklar, 
odamlarning diniy e’tiqodni tanlash erkinligi kabi omillar diniy e’tiqodi 
turlicha bo‘lgan xalqlarning tinch-totuv yashashlariga shart-sharoit 
yaratgan. Ammo yuqoridagi fikrga asoslanib, diniy tizimlar o‘rtasida 
mintaqada hukmronlik uchun keskin kurash bo‘lmagan, degan xulosaga 
kelish xatodir. Bunday kurash nafaqat diniy tizimlar o‘rtasida, balki bitta 
diniy tizimdagi xudolar darajasida ham to‘xtovsiz davom etgan. 
Masalaning diqqatga sazovor jihati shundaki, ular o‘rtasidagi keskin 
raqobat jamiyatda to‘qnashuvlarni, diniy urushlarni keltirib chiqarmagan. 
Buddaviylikning davlat dini sifatida tan olinganligi (miloddan avvalgi 
III asr) diniy tizimlar o‘rtasidagi raqobatni susaytirmagan. Bu kurash, 
ayniqsa, braxmanizm va buddaviylik dinlari o‘rtasida murosasiz kechgan. 
Lekin braxmanizm avvalgi holatida qayta tiklanishi mumkin emas edi. 
Natijada braxmanizmning negizida yangi diniy ta’limot – hinduiylik 
vujudga kelgan. Uning shakllanish jarayoni milodiy I 
asrga kelib 
yakunlangan va Hindistonda keng yoyilishi milodiy IV–VI asrlardagi 
Guptalar imperiyasi davriga to‘g‘ri kelgan. Buddaviylik bilan 
hinduiylikning raqobat kurashi uzoq davom etgan. Faqat X asrga kelib
buddaviylik Hindistondan uzil-kesil siqib chiqarilgan. 
Yangi dinni «hinduiylik» deb atash VIII 
asrda islom dinining 
Hindistonda yoyilishi bilan bog‘liqdir. Islom dinini qabul qilmagan aholini 
mahalliy musulmonlar «hindilar» deb ataganlar va keyinchalik ilmiy 
adabiyotda yangi din tarafdorlari «hinduiylar» deb atala boshlangan. 
Hinduiylar o‘z diniy e’tiqodlarini «arya-dxarma» (oriylar qonuni) yoki 
«sanatana dxarma» (abadiy qonun) deb ataganlar. 
Hinduiylik Hindistonda qadimgi davrlardan paydo bo‘lgan barcha din 
turlarini, mahalliy xalqlarning urf-odatlari, an’ana va udumlarini qabul 
qilgan. Ushbu din buddaviylikka ko‘p jihatlari bilan o‘xshash bo‘lsa ham, 
kasta tizimini muqaddaslashtirganligi, mahalliy urf-odatlar va an’analarni, 
afsonalar, rivoyatlar va bayramlarni qabul qilishi va boshqa jihatlari bilan 
undan farq qilgan. Shu bois, haqli ravishda, hinduiylik «hind turmush 
tarzi» deb ataladi. 
84


Yangi din mazmuni va mohiyati jihatidan nihoyatda kengligi va 
moslashuvchanligi bilan ajralib turgan. Undan turli tabaqa vakillari 
o‘zlarini qiziqtiruvchi muammolarga javob topganlar. Uning negizida 
diniy tilsimotlar, falsafiy mulohazalar, yoga falsafasi va amaliyoti, ibtidoiy 
diniy qarashlar, diniy xurofotlar va irimlar o‘zaro qo‘shilib ketgan. Zero, 
murakkab falsafiy qarashlar faqat uni tushunib, o‘rganadigan dindorlar 
uchun saqlanib qolgan. Aholining o‘rta va quyi tabaqa vakillari asrlar 
davomida saqlanib qolgan, sodda va tushunarli qadimiy marosim va 
an’analarga e’tiqod qilishni davom ettirganlar.
Hinduiylik ta’limotining kengligi, rang-barangligi sababli sanskrit 
tilida yozilgan vedalar, braxmanlar matnlari va upanishadalar muqaddas 
bitik sifatida qabul qilingan. Hinduiylikning eng qadimgi muqaddas bitigi 
– Vedalar (sanskrit tilida – bilim degan ma’noni anglatadi) miloddan 
avvalgi II ming yillikning o‘rtalaridan miloddan avvalgi I ming yillikning 
o‘rtalarigacha she’riy uslubda yozilgan diniy-adabiy yodgorlik. Unga 
xudolarga madhiyalar aytish, afsun va jodular, ibodatlar va qurbonliklar 
qilish tartibi kabilar kiritilgan. Vedalarning hajmi juda kattaligi sababli 
to‘rt to‘plam (samxitlar)ga bo‘lingan. Vedalar matnining mazmunini 
tushunish juda qiyinligi sababli muqaddas yozuvlarni tafsir qiluvchi 
to‘plam vedangalar (vedalarning qismi) yaratilgan. 
Braxmanlar matnlari ham hinduizmning muqaddas bitiklaridan biri 
sifatida qabul qilingan. Braxmanlar matni kastalar tuzumining shakllanishi 
davrida vedalarni sharhlashga bag‘ishlangan diniy traktat sifatida 
yaratilgan. Ushbu muqaddas bitik mazmunan braxmanlarning jamiyatdagi 
rahbarlik mavqeini mustahkamlashga xizmat qilgan. 
Diniy ta’limotning muhim manbalaridan yana biri upanishadalar 
(sanskrit tilida – sirli ta’limot degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, diniy-
falsafiy asarlar to‘plami hisoblanadi. Unda vedalar sharhlangan, 
dunyoning paydo bo‘lishi, materiya va ruhning munosabatlari, xudolarning 
mohiyati kabi masalalar tahlil qilingan. Upanishadalar matni 
Hindistondagi boshqa muqaddas bitiklar singari juda uzoq vaqt davomida 
to‘plangan. Uning eng qadimgi qismi miloddan avvalgi VIII–VI asrlarda 
yaratilgan. Matnining ayrim qismlari yozilgan vaqt milodiy yil hisobi 
boshlangan tarixiy davrlarga to‘g‘ri keladi. 
Muqaddas yozuvlar matni asrlar davomida to‘ldirib borilganligi 
sababli ularni o‘rganishda til va urf-odatlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar 
vujudga kelishi muqarrar edi. Mazkur muammolarni hal qilish maqsadida 
muqaddas yozuvlarni o‘rganishga ko‘maklashuvchi qo‘shimcha 
adabiyotlar yaratilgan. Ulardan biri 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin