Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1. Diniy tizimlarning yuzaga kelishi sabablari nimalardan iborat?
2. Diniy tizimlarga xos qanday xususiyatlarni bilasiz?
3. Qadimgi Mesopotamiya diniy tizimining o‘ziga xos xususiyatlari
nimalardan iborat?
4. Qadimgi Shumer xudolariga sig‘inish qachon paydo bo‘lgan?
5. Qadimgi Mesopotamiya diniy ta’limoti va marosimlari nimalarda
aks etgan?
6. Qadimgi Misrda fir’avnlar nima sababdan xudo sifatida
ulug‘langan?
7. Qadimgi Misrning diniy marosimlariga xos xususiyatlar nimalardan
iborat?
8. Yakkaxudolik to‘g‘risidagi g‘oya dastlab qayerda yuzaga kelgan?
9. Qadimgi Misrda nega odam o‘lganidan keyin mumiyolangan?
10. G‘arbiy Yevropa madaniyatining rivojlanishiga qaysi qadimgi din
katta hissa qo‘shgan?
11. Qadimgi Gretsiya diniga xos bo‘lgan xususiyatlar nimalardan
iborat?
61
4-mavzu
ZARDUSHTIYLIK DINI
Zardushtiylikning kelib chiqishi sabablari
va muqaddas bitigi
Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Markaziy Osiyoda qabilaviy
ittifoqlar va boshqaruvi urug‘-aymoqchilik munosabatlariga asoslangan
Xorazm va Baqtriya qadimgi davlat birlashmalari yuzaga kelgan. Bu
mamlakatlar mintaqada uzoq vaqt davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
va madaniy jarayonlarning hosilasi bo‘lgan. Ular ta’sirida jamiyatda tutgan
o‘rni, imkoniyatlari va ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan
guruhlar, tabaqalar va sinflar yuzaga kelgan. Davlat esa mavjud ijtimoiy
munosabatlarni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot vazifasini bajargan.
Ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz bergan o‘zgarishlar talablariga ibtidoiy
madaniyat, shu jumladan diniy e’tiqod ham mos kelmagan. Shu bois,
mavjud diniy e’tiqodni yangi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy
munosabatlarga moslashtirish zarur edi. Zardushtiylik esa mazkur
talablarga mos diniy ta’limot va o‘ziga xos dunyoqarash sifatida yuzaga
kelgan.
Zardushtiylikning yuzaga kelishi sabablari quyidagilardan iborat:
–
jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, sinflar va
davlatning yuzaga kelishi natijasida eski munosabatlarni aks ettiruvchi
ibtidoiy din shakllarning yangi davr talablariga mos kelmay qolishi;
–
tabiat kuchlari, mavjudotlar va ruhlarni muqaddaslashtiruvchi,
vazifalari noaniq g‘ayritabiiy kuchlarni ifodalaydigan urug‘-qabilaviy din,
o‘z qiyofasiga ega, ishlab chiqarish sohalariga homiylik qiladigan, kuch va
imkoniyatlariga ko‘ra guruhlashgan qudratli xudolar bilan almashtirish
zarurati;
– ma’naviy tajribani umumlashtirish va ularga ilohiy tus berish bilan
jamiyat va davlatni yanada mustahkamlash ehtiyoji.
Zardushtiylikning qayerda vujudga kelganligi masalasida muta-
xassislar turlicha ma’lumot beradilar. G‘arb (Yevropa va Shimoliy
Amerika) mutaxassislarining aksariyat qismi zardushtiylikning Eronda
yuzaga kelganligi e’tirof etadilar. Sharqda ham ushbu masalada
munozaralar davom etayotgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaxassislarning
fikriga ko‘ra, zardushtiylik Xorazm yoki Baqtriya da yuzaga kelgan.
Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan keyin Markaziy Osiyoda mustaqil
davlatlarning yuzaga kelishi bilan bu masaladagi bahslar yanada kuchaydi.
62
Bizning fikrimizga ko‘ra, tarixiy diniy va boshqa manbalar zar-
dushtiylikning Xorazm vohasida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi. Avestoda:
«Birinchi muqaddas olov – Atarxurra Eran-vej (ba’zi manbalarda Ayrian
vedja)da yoqildi deyiladi
3
. Mazkur hudud geografik va iqlimiy tavsifiga
ko‘ra Xorazmga to‘g‘ri keladi.
Zardushtiylikka taxminan 2700 yil oldin Xorazmda yashagan tarixiy
shaxs Zardusht Sepitoma asos solgan. Zardusht ilohiyotshunos, faylasuf,
shoir va tabiatshunos olim va mutafakkir sifatida jamiyat taraqqiyotiga
to‘sqinlik qilayotgan qabilaviy diniy e’tiqodlarning o‘rniga, elatlarni
birlashtiruvchi, yakkaxudolik belgilariga ega, yangi ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy munosabatlarga mos diniy tizimning asosini ishlab chiqqan.
O‘zining diniy qarashlarini oddiy mehnat ahliga tushunarli tilda yozilgan
«Gotlar» she’riy to‘plamida bayon qilgan. Mazkur to‘plam keyinchalik
zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»ning «Yosin» deb atalgan
qismiga kiritilgan.
«Zardusht» so‘zi qadimgi fors tilida
ushtra
– tuya, zarat – sariq, ya’ni
keksa tuyachi, tuyachilar avlodi degan ma’nolarni anglatadi. Qadimgi
Grek manbalarida mutafakkir zoroastr (grekcha
actron
– yulduz degan
ma’noni anglatadi), ya’ni donishmand munajjim deb yuritiladi.
«Zardushtiylik» atamasi mazkur dinga nisbatan O‘rta asrlardan
boshlab qo‘llanilgan. Zero, Zardushtning diniy ta’limotni ishlab chi-
qishdagi beqiyos xizmatlari inobatga olingan bo‘lsa kerak. Bungacha u
Mazda Yasna, ya’ni mutlaq oqil zotga sig‘inish deb atalgan
4
.
Diniy rivoyatlarga ko‘ra, Zardusht odamlarni yangi dinga da’vat qilish
faoliyatini boshlashdan oldin ibodatxonada kohinlik xizmatini bajargan va
qirq yoshida ilohiy haqiqatga erishgan. Zardusht kunlarning birida (erta
tong pallasida) muqaddas ichimlik «haoma» (hushyorlik, tiyraklik
baxshida etuvchi muqaddas ichimlik)ni tayyorlash maqsadida daryodan
suv olish uchun kelgan. Bu yerda unga unga porloq xilqat – Vaxumana
ko‘ringan. Vaxumanadan taralib turgan nurdan Zardusht soya
tashlamagan. Porloq xilqat uni ortidan ergashtirib, xudo Ahura Mazdaning
(Avestoda Ahuro Mazdoh – qadimgi fors tilidan so‘zma-so‘z tarjimasi –
oqil, donishmand xudo degan ma’noni anglatadi) oldiga olib borgan.
Ahura Mazda uni odamlarga ilohiy haqiqatni yetkazishi uchun tanlaganini
ma’lum qilgan. Shu vaqtdan u xudo Ahura Mazda hikmatlarini yoyuvchi
vakil, ya’ni payg‘ambarlik (ezgulik haqida darak beruvchi kishi)
3
:
. .
*: % . –
., 2000. – >. 38.
4
: @ / . [!& . – ., 2001. – >. 36.
63
faoliyatini boshlagan
5
. Lekin avvalida Zardushtning da’vatkorlik faoliyati
muvaffaqiyatsiz chiqqan. O‘z yurtida muvaffaqiyatsizlikka uchragan
Zardusht maqsadiga erishish uchun vatanini tark etishga majbur bo‘lgan.
Qo‘shni Baqtriya davlatida Zardushtga omad kulib boqqan. Baqtriya
malikasi Xutosa va Shoh Vishtaspa zardushtiylikni qabul qilganlar. U
Baqtriyaning davlat dini sifatida tan olingan.
Zardushtiylikning Sharq mamlakatlarida keng yoyilishi Ahmoniylar
imperiyasi davriga to‘g‘ri keladi. Miloddan avvalgi VI asrda Ahmoniylar
shohi Kambiz zardushtiylikni davlat dini deb e’lon qilgan. Bu voqea
mazkur dinning butun imperiya hududiga yoyilishiga shart-sharoit
yaratgan. Diniy ta’limot yanada rivojlantirgan. Diniy marosim va urf-
odatlarni ishlab chiqish jarayoni yakunlangan.
Zardushtiylik ta’limoti asoslari muqaddas Avesto (qadimgi fors tilida
– o‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar degan ma’nolarni
anglatadi) to‘plamida bayon qilingan. Avesto matnini to‘plash ishlari
taxminan 2700 yil oldin boshlangan. To‘plamning matni dastlab midiya,
baqtriya, so‘g‘diyona tillarida yozilganligi taxmin qilinmoqda. Miloddan
avvalgi IV asrda to‘plamni tuzish ishlari yakunlangan, lekin matniga
qo‘shimchalar kiritish asrlar osha davom etgan. Shu bois Avesto biz uchun
o‘ziga xos yilnoma vazifasini o‘taydi.
Bizgacha yetib kelgan Avesto matnlarining eng qadimgi qo‘lyozma-
lari milodiy III–IV asrlarda dastxat qilingan. Shuningdek, Eron va
Hindistonda hozirgi zardushtiylar jamoalarida qo‘llaniladigan muqaddas
to‘plamning matnlaridan ham foydalanilgan. Zardushtiylikka e’tiqod
qiladigan har qaysi elat yoki millat Avestoga qo‘shimchalar kiritganlari
sababli matnlarda tafovutlar bo‘lishi mumkin. Yevropa olimlari tarjima
qilgan muqaddas to‘plamning nusxalari asosan Hindistondagi
zardushtiylar jamoalarida saqlanib qolgan nusxalaridir.
Tarixiy manbalarda qayd etilishiga ko‘ra, Ahmoniylar imperiyasini va
Markaziy Osiyoning bir qismini bosib olgan makedoniyalik Iskandar
Zulqarnayn (miloddan avvalgi 334–327 yillar) 12 ming buqa terisiga
yozilgan Avestoning nodir nusxasini qo‘lga kiritgan. Matnlar Iskandarda
katta qiziqish uyg‘otgan. Shu bois uning bir qismini grek tiliga tarjima
qildirgan. Tarjima qilinmagan matnning katta qismi esa yo‘q qilingan.
Lekin Avesto matnining keng ko‘lamda yo‘q qilinishi islomning yoyilishi
davridan boshlangan.
5
.
\% . – ., 1994. – >. 105.
64
Avesto 21 qism (nask)dan iborat to‘plam bo‘lib, bizga qadar uning
to‘rtta qismi yetib kelgan: «Vandidot», «Yasna», «Visprat», «Yasht»
nasklari1.
Yasna naski xudolarga hamdu sano, munojot va qurbonlik qilish
duolaridan tuzilgan. Uning matni 72 bobga bo‘lingan bo‘lib, bizgacha
to‘liq yetib kelmagan. Zardushtning she’riy uslubda yozgan xatnoma
(got)lari 17 bob hajmda shu qismga kiritilgan.
Yashtlar naski – zardushtiylarning xudolarini madh etuvchi qo‘shiq.
Ahura Mazda yaratgan ma’bud va ma’budalar (Avestoda yazatlar deb
yuritiladi) sha’niga o‘qiladigan duo va alqov she’rlaridan tuzilgan. Nask
22 bobdan iborat bo‘lib, shundan 10 tasi saqlanib qolgan.
Visporad naski (barcha boblar degan ma’noni anglatadi) yashtlarga
qo‘shimcha tarzda yozilgan bo‘lib, 25 bobdan iborat. Uning qismlari
bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Visporad namoz vaqtida o‘qiladigan oyat
va suralardan, olamni bilishga oid pand-nasihatlardan tuzilgan.
Vandidot (viydaivadota so‘zining o‘zgargan shakli bo‘lib, devlarga
qarshi qonun degan ma’noni anglatadi) 22 bobdan iborat bo‘lib, ular
bizgacha to‘liq yetib kelgan. Vandidot asosan devlarni mahv etishga
mo‘ljallangan duolar, poklanish tartibi, Ahura Mazda va Zardushtning
savol-javoblaridan tuzilgan.
Avesto matnining hajmi juda katta bo‘lib, dindorlarga tushunish juda
qiyinligi sababli, diniy ta’limotning asosiy g‘oyalarini qisqa va sodda tilda
bayon qiluvchi kitobga ehtiyoj tug‘ilgan. Tarixiy zarurat natijasida
dindorlar kundalik ibodatlarda foydalanadigan duolar va boshqa asosiy
diniy marosimlardan tuzilgan «Xurda Avesto» («Kichik Avesto») to‘plami
yaratilgan. Unda bizgacha yetib kelmagan nasklarning matnlari ham
mavjud.
Avestoda O‘rta Sharq davlatlarining miloddan avvalgi II ming
yillikning boshlaridan milodiy I ming yillikning o‘rtalarigacha va undan
keyingi tarixiy davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Matnga qadimgi
davrning xalq og‘zaki ijodi namunalari (afsonalar, rivoyatlar, ertaklar va
matallar) kiritilgan. Unda ma’bud va ma’budalarning vazifalari, o‘zaro
kurashlari va taqdirlari aks ettirilgan.
Muqaddas Avesto diniy va ilmiy ahamiyatga ega yozma manbadir.
Unda zardushtiylik qabul qilingan qadimgi davlatlarning iqlimi, geografik
o‘rni, xo‘jaligi, ularda yashagan qabilalar va elatlarning urf-odatlari,
an’analari, o‘zaro aloqalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Xulosa qilib aytish mumkinki, zardushtiylik ishlab chiqarishning
rivojlanishi, mulkiy tengsizlik, sinflar va davlat bilan bog‘liq yangi
65
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni aks ettiruvchi diniy ta’limot
vazifasini bajargan. Uning yuzaga kelishida Zardushtning xizmati katta
bo‘lgan va diniy ta’limotida adolat, axloq, mas’uliyat, mustaqil fikrga
hurmat, soflik kabi qadriyatlar ustuvorligi sababli u katta hududga
yoyilgan, asrlar osha odamlar ongida saqlanib qolgan.
Mustaqillik yillarida mazkur bitikning ahamiyatiga munosib baho
berildi. Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlab xalqaro ilmiy anjuman
o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalarida qator ilmiy va ilmiy ommabop
maqolalar chop etildi, turkum ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar
tayyorlandi.
Dostları ilə paylaş: |