kurashida (diaspora) mafkura vazifasini bajargan. Shu vaqtdan boshlab
yakkaxudolik g‘oyasi yahudiylarni birlashtiruvchi diniy mafkura sifatida
jamiyatda mustahkamlangan.
Iudaizm dini aqidalari va marosimlari
muqaddas manbalarda bayon
qilingan. Ular muqaddas bitiklar (Tanak) va muqaddas rivoyatlar (Talmud
– qadimgi yaxudiy tilida
lameyd
– o‘rganish degan ma’noni anglatadi)ga
bo‘linadi.
Tanak – xristianlikning muqaddas kitobi Injil (Bibliya)ning Eski ahd
qismiga kiritilgan. Tanak manbalarda Tavrot deb qayd etiladi. Tavrot
miloddan avvalgi X–V asrlarda yozilgan va quyidagi kitoblardan iborat:
Borliq, Chiqish, Loviy, Sonlar, Ikkinchi qonun. Miloddan avvalgi V asrda
muqaddas bitik yagona to‘plam sifatida dastxat qilingan. Tavrotning
qismlarida Yaxvening yagonaligi, olamning yaratilishi, Adam va
Yevaning jannatdan quvilganligi, ularning
avlodlarini sarguzashtlari
hamda xudo bilan murakkab munosabatlari tasvirlangan.
Muqaddas manbalarda qayd etilgan rivoyatlarga binoan, payg‘ambar
Musa (Moisey)ga Sinay tog‘ida xudo Yaxvedan vahiy kelgan. Xudo
Yaxve uning vositachiligida yahudiy xalqi bilan ahdnoma «zavet» tuzishni
taklif etgan. Ahdnomaning asosini ikkita shart tashkil etadi. Birinchisi –
yahudiy xalqi Yaxveni xudolarning eng qudratlisi emas, balki yagona
xudo, borliqning yaratuvchisi va unda yuz berayotgan hodisalarni
belgilovchi sifatida tan olishi lozim. Ikkinchisi – yahudiylarga Yaxvega
sodiqligini isbotlasa, xudoning nazari tushgan xalq imtiyozi beriladi va
uning himoyasida bo‘ladi.
Yahudiylar xudoning sevimli bandasi bo‘lib, ularga yerda inson-
parvarlik, tenglik,
farovonlik, hamjihatlik va boqiy hayotga hukmron
ilohiy jamiyatni qurish messiyasini bajaruvchi xalq mas’uliyati
yuklatilganligi aqidasi mavjud. Binobarin, unga asoslanib ravvinlar
(qadimgi yahudiy tilida
rabbi
– mening ustozim degan ma’noni anglatadi),
ya’ni ruhoniylar miloddan avvalgi 444 yilda yahudiylarning boshqa xalqlar
bilan quda-andachilik munosabati o‘rnatishini taqiqlovchi qonun qabul
qilinishiga erishganlar. Masalaning diqqatga sazovor jihati shundaki, bir
tomondan, bu qonun yahudiylarni boshqa xalqlarga qarshi qo‘yish (hatto
ularning ta’qibi)ga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqni qiyin
sinovlarni yengib o‘tish yo‘lida jipslashtiruvchi vosita vazifasini bajargan.
Yaxve Musaga Sinay tog‘ida «ahdnoma» bergan.
Ahdnomaning maz-
muni Tavrotning «Chiqish» va «Ikkinchi qonun» qismlarida qayd etilgan.
U o‘nta diniy aqidalar, axloqiy-huquqiy normalardan tuzilgan. Ular
quyidagilardan iborat:
58
1) faqat Yaxvega sig‘inish;
2) Yaxvedan boshqa osmondagi, yerdagi, suvdagi yoki undan pastda
turgan narsalar va mavjudotlarni ilohiylashtirmaslik, ularning butlarini
yaratmaslik va sig‘inmaslik;
3) xudoning nomini besabab tilga olmaslik;
4) haftaning olti kunida ishlab, shanba kunida xudoga sig‘inishni
unutmaslik (zero, xudo dunyoni olti kun davomida yaratib, yettinchi
kunida fatvo bergan va uni muqaddaslashtirgan);
5) ota-onani hurmat qilish;
6) odam o‘ldirmaslik;
7)
zino qilmaslik;
8) o‘g‘rilik qilmaslik;
9) yaqin kishilarga yolg‘on guvohlik bermaslik;
10) yaqin kishilarning haqiga xiyonat qilmaslik.
Ahdnoma shartlari yahudiylar uchun amal qiladi va boshqa xalqlar
vakillari bilan munosabatlarda legitimlik kuchiga ega emas. Zero, «jonga-
jon, qonga-qon» aqidasi bu muammoga ko‘proq oydinlik kiritishi
ehtimoldan xoli emas.
Tavrotning «Chiqish» kitobida yakkaxudolik Moiseyning yahudiy-
larni Misr qulligidan qutqarganidan keyin joriy qilinganligi to‘g‘risida
hikoya qilingan. Tarixda yahudiylarning Misrda tutqunlikda bo‘lganligi
qayd etilmagan. Rivoyatda aks ettirilgan hodisalar yahudiylarning
Falastinni bosib olish uchun kurashi davri bo‘lsa kerak.
Iudaizmning muqaddas rivoyatlari Talmud (qadimgi yahudiy tilidagi
lameyd
so‘zidan olingan bo‘lib, o‘rganish, tahlil qilish degan ma’nolarni
anglatadi) hisoblanadi. Diaspora davrida Tavrotning matnlariga
sharhlardan tuzilgan. Miloddan avvalgi II–I asrlarda Talmud og‘zaki
an’ana shaklida yoyila boshladi. Milodiy III–V asrlarda dastxat qilingan.
Jinoiy va fuqaroviy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar,
axloq
normalari, diniy aqidalar va qoidalarning sharhlari, oilaviy va shaxsiy
hayot masalalari yuzasidan maslahatlardan tuzilgan.
Diniy aqidalarni tafsir qilish keyingi davrlarda ham davom ettirilgan.
O‘rta asrlarda iudaizm o‘zining eski mazmunini saqlab qolgan holda biroz
o‘zgargan. XI–XII asrlarda iudaizmda hukmronlik qilgan ravvinlar uning
ko‘p tomonlarini qayta ishlab chiqqanlar. O‘rta asrning ko‘zga ko‘ringan
faylasuflaridan biri bo‘lgan ravvin Maymond iudaizmning 13 ta asosiy
aqidasini tuzib chiqqan. Ular quyidagilardan iborat: 1) olamni yaratuvchi
xudo bor; 2) u bitta; 3) u jismsiz; 4) u ibtidosiz; 5) faqat xudoning bir
o‘ziga sig‘inish kerak; 6) tabiiy sir – haqiqat; 7) Muso payg‘ambarlarning
59
eng ulug‘i; 8) tora (tavrot), ya’ni injilning
birinchi besh kitobi Musoga
xudo tomonidan berilgan; 9) Musoning qonunlarini boshqa qonunlar bilan
almashtirib bo‘lmaydi; 10) koinot xudoning irodasi bilan boshqariladi; 11)
yaxshilarga yaxshilik, yomonlarga jazo bor; 12) Isroilga xaloskor keladi;
13) o‘lganning tirilishi haqiqat.
Maymond yozgan yuqoridagi aqidalar orqali iudaizmni yanada ku-
chaytirish, uning feodalizm manfaatlarini kuchliroq himoyachisiga
aylantirish, dinni shakkoklik va kufrlardan himoya qilish, iudaizmni
zamonaviylashtirishga urinish edi. Yangi aqidalarda iudaizmning xaloskorlik
vazifasini kuchaytirish ham maqsad qilib olingan.
Dostları ilə paylaş: