ibtidoiy din shakllarining ta’siri kuchli bo‘lsa-da, xudolar odam qiyofasida
tasvirlangan, insonlardek yashagan va o‘zaro muloqotda bo‘lgan.
Odamlar
g‘ayritabiiy mavjudotlar va hatto xudolar bilan raqobat qilganlar.
Diniy tizim ijtimoiy hayotni to‘liq nazorat qilishni da’vo qilmagan.
Diniy tartiblar ko‘proq tavsiya mazmuniga ega bo‘lgan. Har bir kishining
ularga amal qilishi yoki o‘z xohishiga ko‘ra yashashi mumkin bo‘lgan.
Lekin insonlar xulq-atvorlari va xatti-harakatlari uchun shaxsan javobgar
bo‘lganlar.
Qadimgi Gretsiya diniy tizimi ta’limoti
va marosimlari keyinchalik
xristianlik ta’limoti va marosimlarining shakllanishida muhim manba
vazifasini bajargan.
Dostları ilə paylaş: