O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org
Yuz-jag‘ jarohatlari Yuz-jag‘ jarohatlari ichida yuzning yumshoq to‘qimalari va yuz
skeletining shikastlanishlari hamda yumshoq to‘qima va yuz skeletining
birgalikdagi shikastlanishlari farqlanadi.
Yuz sohasidagi jarohatlarning o‘ziga xosliklariga uning xunuklashishi,
tashqi ko‘rinish bilan olingan jarohatning ko‘p hollarda bir-biriga mos
kelmasliklari kiradi. Yuzdagi yumshoq to‘qimalarning ancha ko‘p
shikastlanishlarida, u juda xunuklashib, qon quyilishlari yuza qismida ivib
qotgan qonlar bo‘ladi, buning ustiga jabrlangan behush bo‘lsa, ko‘rgan ki-
shida umidsizlik, hatto o‘lib qolgan degan xulosa paydo bo‘lishi mumkin.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, yuzi jarohatlangan har uch kishidan
birida u yoki bu darajada ifodalangan miyaning lat yeyishi kuzatiladi.
Yuz jarohatining o‘ziga xos namoyon bo‘lishi uning katta-kichikligida
emas, balki mimika muskullarining qisqarishi natijasida joyidan ancha-
muncha siljishida hamdir. Yuz-jag‘ jarohati olgan kishilarda hiqildoq,
og‘iz bo‘shlig‘i organlari, burun, ayniqsa pastki jag‘ning
shikastlanishlarida tashqi nafas olishning buzilishlari, hattoki asfiksiya
kuzatilishi mumkin. Lab va unga yaqin joylar shikastlanganda har doim
juda tez va katta shishlar paydo bo‘ladi. Lab jarohatining yana bir o‘ziga
xos jihati jarohat chekkalarining ochilib qolib, ba’zan to‘qima kamchiligi
bor, degan noto‘g‘ri taassurot berishi mumkin.
Yuzning yonbosh qismlari jarohatlanishi ko‘pincha quloq oldi so‘lak
bezi jarohatiga va yuz nervi stvolining shikastlanishiga, bu esa o‘z
navbatida, og‘ir klinik asoratlarga – yuzning xunuklashishiga, yuzning
mimika muskullari falajiga, so‘lak oqadigan jarohat teshiklarining paydo
bo‘lishiga va boshqalarga olib keladi.
Jag‘osti atrofining jarohatlari ko‘pincha bu joyda joylashgan qon
tomirlari, nerv tolalari, jag‘osti so‘lak bezi, shuningdek kekirdak va
tomoqning shikastlanishiga olib keladi. Natijada, mexanik jarohatdan
tashqari, yuqori va pastki jag‘, burun suyaklari va yonoq-ko‘z sohasi
shikastlanadi.
86