o‘rnini aniq ko‘rsatish kerak, ya’ni pastki jag‘ tanasi, markaziy, mental
yoki laterial qismi, pastki jag‘ burchagi singan deb ko‘rsatilishi lozim.
UMURTQALARNING SHIKASTLANISHI
Umurtqalarning quyidagi shikastlanishlari tafovutlanadi: bog‘lamlar-
ning cho‘zilishi va uzilishlari, umurtqalararo diskning shikastlanishi,
chiqishi, umurtqa tanasi va o‘simtalarining hamda umurtqa yoyining
sinishi.
Umurtqalarning sinishida orqa miyaning shikastlanmaydigan, shi-
kastlanadigan, orqa miyani ezadigan, qisman va to‘liq uzib yuboradigan
turlari farqlanadi. Orqa miyaning oq moddasi o‘zgarishiga olib keladigan
qisman shikastlanishlar natijasida uning o‘tkazuvchanligi buziladi. Orqa
ildizlar shikastlanganda sezuvchanlikning hamma turlari va reflekslar
yo‘qoladi.
Singan umurtqalar asoratlarining kechish og‘irligi uning darajasi,
xususiyati va orqa miyaning shikastlanish darajasiga bog‘liq. Orqa
miyaning to‘liq uzilishi natijasida uzoq muddatli falajlik va orqa miya
orqali innervatsiyalangan joylarning anesteziyasi (sezuvchanlikning
yo‘qolishi) yuz beradi. Orqa miya bo‘yin umurtqalari bo‘limi shikastlansa,
oyoq va qo‘llarning falajlanishi – tetraplegiya kuzatiladi. Bundan tashqari,
ba’zi hollarda diafragma va qovurg‘a oralig‘idagi mushaklar funksiyasi
izdan chiqadi. Orqa miyaning ko‘krak yoki bel qismlari uzilishi
oyoqlarning falajlanishiga – pastki paraplegiyaga olib keladi. Orqa
miyaning buzilishida qaysi bo‘limda bo‘lishidan qat’i nazar, tos organlari
funksiyalari buziladi (siydik ajralishi, defekatsiya) va oziqlanishning
buzilishi natijasida juda tez orada yotoq jarohatlari yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: