O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent


Bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi va ezilishi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə43/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi va ezilishi 
Bosh miyaning chayqalishi diffuz shikastlanish simptomlari bilan
tavsiflanadi. Bosh miya chayqalishini shartli ravishda 3 ta darajaga
bo‘lamiz: yengil, o‘rtacha va og‘ir. Bosh miya chayqalishining klinikasida
hushdan ketish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, shilliq
qavatlar va terining rangsizlanishi, reflekslarning susayishi yoki umuman
bo‘lmasligi kuzatiladi. Ko‘pincha xotira buzilib, jabrlanuvchi qanday
holatda jarohat olganligini eslay olmaydi.
Miya chayqalishining yengil darajasida hushdan ketish bir necha
sekunddan bir necha minutgacha davom etib, kuchsiz mushak gipo-
toniyasini aniqlash mumkin. Puls sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin.
82


Tez kunlar ichida bemorning holati normallashib, birinchi haftaning


oxirida shikoyatlar asta-sekin yo‘qoladi.
Miya chayqalishining o‘rtacha darajasi klinikasi ancha aniq
ifodalanadi. Hushdan ketish sanoqli sekundlardan bir necha minutgacha
davom etsa-da, bir necha kungacha bemorning hushi noaniq holatda
bo‘ladi. U o‘zi bilan nima hodisa yuz berganini, jarohatdan oldingi
hodisalarni ham, jarohat olgan holatini ham eslay olmaydi (retrograd
amneziya). Ko‘rik vaqtida anizokoriya, nistagm, anizorefleksiya, yengil
meningeal belgilar, terining rangsizlanishini aniqlash mumkin. Asta-sekin
bemorning holati normallasha borib, 3–4 haftadan so‘ng yaxshilanadi.
Nistagm jarohatdan keyin ham bir necha oylargacha qolib ketadi.
Bosh miyaning og‘ir darajada chayqalishi uzoq muddatli hushdan
ketish bilan tavsiflanib, u bir necha soatdan bir necha kungacha davom
etishi mumkin. Hayotiy zarur organlarning, jumladan yurak-tomir va nafas
tizimi funksiyalari buziladi. Uzoq muddat – bir yil va undan ko‘p vaqt
mobaynida tahlil qilish va xotira sustligi, vaqtni bilish doirasining yetarli
bo‘lmasligi kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan psixomotor hayajonlanish, vazo-
mator buzilishlar, ko‘p terlash kuzatiladi.
Bosh miyaning lat yeyishi – miya chayqalishiga nisbatan ancha
og‘irroq darajadagi travmatik jarohatlanishi bo‘lib, u ko‘pincha o‘tmas
og‘ir predmetlarning bosh miyaga kuchli zarbasidan kelib chiqadi va miya
to‘qimasida qon quyilishining mikroskopik aniq ifodalangan
shikastlanishlarning klinik belgilari bilan kechadi.
Nevrologik ahvoli asosida o‘choqning joylashishini hisobga olib,
miya lat yeyishining uchta darajasi farqlanadi: yengil, o‘rtacha va og‘ir.
Lat yeyish o‘chog‘i shikastlovchi kuch tushgan joyda, va aksincha, undan
yiroqroq joylarda bo‘lishi mumkin. Miya o‘zagi va qorinchalariga yaqin
joylashgan kontuzion va gemorragik o‘choqlar boshqalariga nisbatan
ancha xavfli.
Miya lat yeyishining klinik ko‘rinishlari birdaniga kelib chiqadigan
turli simptomlar bilan tavsiflanadi. Bunday o‘choqli simptomlar falajlik,
yarim falajlik, ko‘rish kengligining o‘zgarishlari, patologik reflekslar
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Miya lat yeyishining avvalida qisqa
muddatli hushdan ketish kuzatiladi.
Miya lat yeyishining yengil darajasida hushdan ketish bo‘lmasligi
yoki u 10–15 minut davom etishi mumkin. Bemor tezda hushiga qaytadi,
lekin yengil parez, assimetriya kabi o‘choqli belgilar qoladi.
Miya lat yeyishining o‘rtacha darajasida uzoq muddatli hushni
yo‘qotish (7 dan 16 sutkagacha) – koma rivojlanishi, nafas olishning
buzilishi, yurak-tomir faoliyatida buzilishlar va boshqa simptomlar
rivojlanishi kuzatiladi. Bemorning hushiga kelishi sekin (soatlar, sutkalar)
kechib, uzoq vaqtgacha xotirasi xiraligicha qoladi. Hushi o‘ziga kelgach
esa bemor uzoq vaqtgacha lanj, uyquchan bo‘lib, ularda atrofdagilarga
83


qiziqish susaygan bo‘ladi. Retrograd amneziya ko‘rinishidagi xotiradagi


buzilishlar ham miyaning lat yeyishiga xos.
Miya lat yeyishining og‘ir darajasi ko‘pincha antegrad amneziya bilan
tavsiflanib, jarohatdan keyingi hodisalarni ham xotirasida saqlay olmaydi,
nafas organlari va yurak-tomir tizimida funksiyalarning buzilishi aniq
ifodalangan bo‘ladi. Miya shikastlanishi qanchalik ifodalangan bo‘lsa, bu
funksiyalar buzilishi ham shunga mos bo‘ladi. Nafas olish soni keskin qis-
qarib, nafas olish harakatlari ko‘krak qafasida va diafragmada arang
seziladi, gipoksiya va sianoz rivojlangan bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida
qusish saqlanib turadi. Tana harorati ko‘tariladi. O‘choqli simptomlar
periferik belgilar ko‘rinishida miyaning zararlanish o‘chog‘i joylashishiga
qarab ifodalanadi.
Bosh miyaning ezilishi ko‘pincha bosh suyagi ichida qon quyilishi
natijasida, miya shishishi yoki miyada juda tez o‘suvchi o‘smalar paydo
bo‘lishidan yuzaga keladi.
Bosh suyagi ichiga qon to‘planishi ko‘pincha tezda o‘zini namoyon
qilmaydi, bunga sabab ba’zi bir kompensator mexanizmlarning
mavjudligidir. Masalan, orqa miya suyuqligining bosh suyagi bo‘sh-
lig‘idan subaraxnoidal bo‘shliqqa o‘tishi natijasida bemorning umumiy
holati bir qadar yaxshilanadi va «porloq oraliq» deb nomlangan holat
yuzaga keladi. Miya ezilishining tobora ortib borishiga xos belgilardan biri
– bosh og‘rig‘ining kuchayishi, qayta qusishlar, hayajonlanish, ba’zan
mushaklarning g‘ayriixtiyoriy qisqarishlari, hushni yo‘qotishga o‘tib ke-
tadigan uyquga moyillik kuzatiladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin