bosqichlarida najas ajralishining tezlashishi najasning tabiiy rangi yo‘qo-
lib, asosan shilliq moddalar, qon aralash va og‘ir holatlarda esa yiring
aralash kelishi kuzatiladi. Ba’zi bir bemorlarda najasining rangi go‘sht
yuvilgan suvga, ba’zilarida esa shilimshiq moddalar, yiringlardan alohida
tomchilar shaklida chiqadi. Natijasiz va og‘riq bilan kuzatiladigan yolg‘on
najas ajratish belgilari bemorlarni holdan toydirib qo‘yadi va ular kasal-
likka xos belgilardan sanaladi.
Yo‘g‘on ichakning bir qismi yengil kasallanganda umumiy
organizmning zaharlanish belgilari nisbatan yengil kechadi, harorat
subfebril (o‘rtacha) bo‘ladi. Ich kelishi kuniga 10 martagacha bo‘ladi.
Kasallikning umumiy davomiyligi 2–3 haftagacha boradi.
Yo‘g‘on ichakning og‘ir ko‘rinishidagi xastaligida esa kasallikning
belgilari kuchli rivojlangan. Ich kelishi kuniga 20–25 martagacha boradi.
Ba’zi bir bemorlarda kolit (yo‘g‘on ichaklar kasalligi) belgilari kuchli
namoyon bo‘lib, qon aralash ich ketishi kuzatiladi.
Profilaktikasi: umumiy ovqatlanish muassasalari, suv havzalarini
nazorat qilish, sanitariya-oqartuv va shaxsiy gigiyena ishlarini yaxshi
yo‘lga quyish kabi asosiy omillar katta ahamiyat kasb etadi.
Meningokokkli infeksiya
Meningokokkli infeksiya – odamlar orasida tarqalgan (antroponoz)
kasallik hisoblanib, kasallik asosan havo-tomchi yo‘li bilan tarqaladi va
keng ko‘lamdagi klinik shakllari – meningokokk tashuvchilik, meningit va
meningokokk sepsis rivojlanishi mumkin.
Etiologiyasi: kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroblar gramm manfiy
kokklar bo‘lib, tashqi muhit ta’siriga chidamsiz sanaladi. Bu mikroblar
asosan og‘iz-halqum sohalarida rivojlanishga moslashgan bo‘lib, so‘laklar
orqali tashqi muhitga bakteriya tashuvchilar yordamida tarqaladi. Mahalliy
immunitetning pasayishi tufayli bakteriyalar shilliq qavatosti qatlamlariga
tarqalib, tomoq yallig‘lanishi belgilarini namoyon qiladi. Faqatgina 5 %
bemorlarda menigokokklar mahalliy yallig‘lanish chegaralarini buzib
o‘tib, qon tomirlar sistemasi orqali a’zolarga tarqaladi. Meningokokklar
teri, miya qobiqlari, bo‘g‘imlar, ko‘z gavhariga, buyrakusti bezlari, o‘pka,
miokard va boshqa a’zolarga shu tariqa tarqaladi.
Klinikasi: meningokokksemiya (qondagi mikroblar yoki meningo-
kokkli sepsis) yuqori harorat bilan boshlanadi. Ko‘p hollarda kasallik
boshlanishidan oldin nazofaringit belgilari kuzatiladi. Kasallikning
dastlabki kunlaridayoq tana harorati 40
0
C va undan yuqori bo‘lib, kuchli
intoksikatsiya belgilari: bosh og‘rig‘i va muskullarda kuchli og‘riqlar
kuzatiladi. Kasallik boshlanganidan 12–48 soat o‘tgandan keyin
bemorlarning gavda, bel va dumba sohalarida kichik nuqtalar shaklidagi
dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘lar asosan qizil rangda bo‘ladi. Agarda shu
dog‘lar yuz sohalarida bo‘lsa, u holda bu yomon ko‘rsatkichlarga olib
keladi.
159
Yashin ko‘rinishidagi meningokokksemiya haddan tashqari tez
rivojlanadigan meningokokkli sepsis (gipertoksik sepsis) hisoblanadi. Bu
kasallik juda tez rivojlanib, kuchli harorat ko‘tarilishi, qattiq sovqotish va
qo‘rqinch bilan kuzatiladi. Dast-labki vaqtlarida tana harorati 40–41
0
C ga
ko‘tarilib, keyinchalik infeksion-toksik shok rivojlanishi evaziga tana
harorati tushib ketadi. Kasallik boshlanganidan 6–48 soat mobaynida
o‘lim sodir bo‘ladi.
Meningit ham kuchli isitma bilan boshlanadi, shu asosda umumiy
miya simptomlari rivojlana boradi. Bunday simptomlar quyidagilardan
iborat: kuchli bosh og‘rig‘i, qayt qilish, ammo qusishdan so‘ng bemor
yengillik his qilmasligi ahamiyatga ega. Dastlabki vaqtlarda bemorda
yorug‘likdan qo‘rqish, teri sezuvchanligining oshishi, so‘ngra kuchli
harakat qo‘zg‘alishlarining boshlanishi kuzatiladi. Meningitga xos bo‘lgan
har xil hushni yo‘qotish kabi belgilar paydo bo‘ladi.
Shuni esda saqlash kerakki, qo‘yilgan gipertashxis kechikib qo‘yilgan
tashxisdan ko‘ra inson hayotida katta o‘rin tutadi.
Har qanday meningitga qilingan taxmin, bemorlarda uchragan o‘tkir
boshlanish, haddan tashqari yuqori harorat, tanada hosil bo‘lgan dog‘lar va
epidemiya o‘choqlarini inobatga olish bemorlar hayotini saqlab qolishda
katta ahamiyatga ega.
Profilaktikasi: epidemiya va kasallik aniqlangan o‘choqlarda bemorlar
bilan muloqotda bo‘lgan insonlarga 10 kun mobaynida karantin e’lon
qilinadi va muntazam ravishda tekshiruv ishlari olib boriladi.
160