O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə91/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Virusli gepatitlar 
Bu guruh kasalliklarning chaqiruvchilari har xil bo‘lib, klinik
kechishlari – organizmning umumiy zaharlanishi, sariqlik, jigar va
taloqning kattalashishi kabi simptomlarining o‘xshashligi sababli bir
guruh kasalliklarni tashkil qiladi.
A, V, S, D, E, F, G gepatitlarni chaqiruvchi virus turlari mavjuddir.
Virusli «A» gepatit
Virusli «A» gepatit turi asosan ovqatlanish tarmoqlarida sanitariya-
gigiyena qoidalari qo‘pol buzilganda yuqadi, kechishi o‘tkir siklik, ya’ni
davrli xususiyatga egadir. Asosan kuchli zaharlanish, jigar to‘qimalarining
yemirilishi va umumiy sariqlik bilan kechadi.
Etiologiyasi: virusli «A» gepatitning chaqiruvchisi tabiiy muhitga
juda chidamli hisoblanadi, ya’ni xona haroratida hafta va oylab, 4 0C
haroratda esa oylab va yillab jon saqlashi mumkin. Viruslar 100 0C
issiqlikda 5 minut, 85 0C da 10 minut va avtoklavda esa 20 minut ichida
o‘lishi mumkin.
Epidemiologiyasi: virusli «A» gepatitning asosiy tarqalish yo‘li oziq-
ovqat orqali bo‘lib, maishiy va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya
qilmaslik sababli ham kelib chiqadi.
Kasallikka moyillik hamma insonlarda bir xil, ko‘proq bir yoshdan
katta bolalarda, odamlar jamoa bo‘lib to‘plangan joylarda uchraydi. «A»
gepatitning tarqalishida fasllar ham katta o‘rin tutadi, jumladan kasallik
yoz va kuz fasllarida ko‘proq uchraydi.
Klinikasi: kasallikning yashirin davri 21–28 kun (7 kundan 2
oygacha). Dastlabki belgilari 5–7 kunlar orlig‘ida grippoldi holati,
ishtahasizlik, umumiy quvvatsizlik, uyqusizlik, tez charchash, ish
faoliyatining susayishi va kayfiyat buzilishi kabi simptomlar bilan
namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda kasallik birdaniga 1–3 kun davomida tana
harorati 38–40 0C gacha ko‘tarilib, gripp holatini eslatuvchi o‘zgarishlar
bilan birga bosh og‘rig‘i, ishtahaning kamayishi, ko‘ngil aynishi, ish
faoliyatining susayishiga xos belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Gohida
qorin devorining yuqorigi o‘ng qismida og‘irlik, bir oz og‘riq bilan ham
kuzatilishi mumkin.
Oradan 2–4 kun o‘tgach, siydik o‘zgarib, pivo yoki quyuq qilib
damlangan choy rangini oladi, najasining rangi oqaradi. Shu davrda jigar
bir oz shishadi, gohida taloq ham kattalashishi mumkin.
Sariqlik teri yuzasiga chiqqanda organizmning umumiy zaharlanishi
yengillashib, bosh og‘rishi kamayadi, tana harorati normallashib, bemorlar
ancha o‘zlarini yaxshi his qilishadi.
«A» gepatit nisbatan ko‘p hollarda tuzalish bilan yakunlanadi, ya’ni
90 % bemorlarda butkul sog‘ayish, qolganlarda esa har xil asoratlar
qoladi.
154


Profilaktikasi: kasallikning oldini olish maqsadida keng miqyosda


sanitariya-oqartuv va epidemiyalarga qarshi choralar qo‘llanilishi kerak.
Quvurlardan kelayotgan ichimlik suvlarini muntazam ravishda gepatit
viruslariga tekshirib turish va aholi orasida sanitariya madaniyatini keng
joriy etish kerak.
Virusli «V» gepatit
Etiologiyasi: virusli «V» gepatit kasalining chaqiruvchisi
gepadnoviruslar oilasiga kirib, asosan jigar to‘qimasini shikastlaydi.
Epidemiologiyasi: kasallik perkutant (qon orqali, ignadan) yuqadi.
Kasallik yuqishining tabiiy yo‘llariga soqol olish uskunalari, tish
tozalagichlardan yuqishlar kiradi. Homilador ayoldan bolasiga o‘tishi,
jinsiy aloqalarda, asosan besoqqollarda ko‘p uchraydi.
Kasallikning sun’iy tarqalish yo‘llariga viruslarning jarohat olgan teri
orqali kirishi, kasallik tashxisini qo‘yish maqsadida olib borilayotgan
tekshirishlar davrida (inyeksiya, operatsiya, qon quyish, endoskopik,
retroskopik va tish sug‘urish vaqtida) sabab bo‘ladigan omillar kiradi.
Klinikasi: kasallikning kechishi davriy o‘tkir, terining sariq rangga
bo‘yalishi holatlarining almashishi va og‘riqning zo‘rayishi bilan kechadi.
Kasallikning yashirin davri 2–6 haftadan 6 oygacha muddatda
namoyon bo‘lishi mumkin. Sariqlikdan oldingi davr esa 4–10 kun
mobaynida yuzaga chiqadi. Kasallik charchash, bosh va bo‘g‘imlardagi
og‘riqlar, ishtahasizlik, uyqusizliklar bilan boshlanadi. Sariqlik yuzaga
chiqishidan oldin jigar va taloq kattalashib, terilar qichib, siydik rangi
qizarib, najas esa oqarib ketadi. Sariqlik bosqichi 2–6 haftadan bir necha
oylargacha davom etishi mumkin.
Profilaktikasi: asosiy omillardan bo‘lgan tabiiy va sun’iy yuqishlarga
qarshi kurash hamda sanitariya-oqartuv ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish.
Shular bilan birga, tartibsiz jinsiy munosabatlarni chegaralash va
laboratoriyalarda virus tashuvchilarning qonini tekshirish, tibbiy asbob-
uskunalarni zararsizlantirishni to‘g‘ri amalga oshirishni nazorat qilishdan
iborat.
O‘tkir virusli respirator infeksiyalar
Bu guruh kasalliklariga gripp, paragripp, adenovirusli va rinovirusli
kasalliklar kiradi. Ushbu kasallliklar o‘zlarining qisqa vaqt ichida
rivojlanishi va nafas olish a’zolarini yallig‘lantirishi bilan tavsiflanadi.
Kasallikni tarqatuvchilar bemorlar bo‘lib, asosan tomchili va havo yo‘llari
bilan yuqadi.
Klinikasi: kasallikning rovojlanish davri bir necha soatdan 1,5 sut-
kagacha davom etadi. Kasallik to‘satdan organizmdagi kuchli zaharlanish
belgilari – isitma, bosh og‘rig‘i, muskul va bo‘g‘imlardagi, bellardagi,
ko‘z harakati vaqtida esa ko‘zdagi og‘riqlar, yorug‘likdan qo‘rqish,
darmonsizlik, kamharakatlik kabilar bilan tavsiflanadi.
155


Kasallik boshlangan birinchi kundayoq tana harorati 38–


40
0
C dan baland bo‘lib ketadi. Tana haroratining qanchalik balandligiga
qarab, isitmali bosqichi shuncha qisqa bo‘ladi. Agarda tana harorati 40
0
C
va undan yuqori bo‘lsa, haroratga qarshi dori-darmonlarni qo‘llash
mumkin. Grippning isitmali bosqichi asoratsiz kechsa, asosan 1–8 kun
davom etadi, undan keyingi vaqtlarda esa harorat ko‘tarilib yoki
me’yordagidan tushib ketish hollari kuzatiladi.
Tana harorati ko‘tarilgan vaqtlarda ko‘z olmasi va shilliq pardalarda
(konyuktivit va sklerit) qizarishlar kuzatiladi. Yumshoq va qattiq
tanglaylar, halqum shilliq pardalaridagi qizarishlar, gohida ko‘kimtir
rangda ham bo‘lishi mumkin.
O‘zining klinik kechishiga qarab gripp yengil, o‘rta, og‘ir va ayrim
hollarda o‘ta og‘ir gipertoksik ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi ko‘rinishlari asoratsiz kechganda,
kasallik qoniqarli yakunlanib, 5–7 kungacha davom etishi mumkin.
Agarda haroratli, umumiy zaharlanish va qizarish bosqichlari cho‘zilib
ketsa, unda birlamchi gripp tashxisi inkor qilinib, ikkilamchi, qo‘shimcha
va asoratli kechinmalari haqida o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Grippning asoratlari: gripp asoratlari ichida eng og‘irlaridan biri bu
infeksion-toksik shok bo‘lib, kasallikning klinik kechishi bir nechta
sindromlarni o‘z ichiga qamrab oladi: o‘tkir yurak-tomir yetishmov-
chiliklari, o‘pka va miya to‘qimalarining shishi, tomirlar ichidagi
ommaviylashgan qon ivuvchanlik sindromlari bilan ifodalanadi.
Grippning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan biri o‘pkaning
yallig‘lanishi sanaladi. Ko‘p uchraydigan asoratlariga yana bakterial
mastoidit (sut bezi yallig‘lanishi), otitlar (quloqlar yallig‘lanishi), bosh
miya sinuslarining yallig‘lanishlari kiradi.
Ensefalit, meningit, nevritlar va miokardiodistrofiyalar kabi asoratlari
kamdan-kam uchraydi.
O‘tkazilgan grippdan keyingi davrlarda, odam organizmi immuni-
tetining (umumiy qarshiligining) pasayib ketishi evaziga, o‘tmishda bo‘l-
gan surunkali bronxit, tonzillit, piyelonefrit, sil va revmatizm kabi
kasalliklarning qaytalanishlari kuzatiladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin