7) tug‘ruqxonalar, bolalar muassasalarida, umumiy ovqatlanish, toza
ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan, oziq-ovqat ishlab chiqaradigan muas-
sasalarda xizmat qilayotgan xodimlar ichidan infeksiya tashuvchilarini
aniqlab, ularni sanatsiya qilish (davolash);
8) qishloq xo‘jaligi korxonalarida veterinar mutaxassislar bilan
birgalikda sanitariya-oqartiruv ishlarini olib borish;
9) chet ellardan yuqumli kasalliklar tarqalmasligi uchun davlat
chegaralarini qo‘riqlash;
10) shohbekatlar, portlar, jamoat transporti va tomosha joylarida
profilaktik dezinfeksiya ishlarini olib borish;
11) zarurat tug‘ilganda insonlarni kasallik tarqatuvchi hasharot va
kanalardan himoya qilish:
– himoya kiyimlari;
– kemiruvchi va hasharotlarga qarshi kurash.
Epidemiyaga qarshi tadbirlar, asosan, uch yo‘nalishda bo‘ladi:
a) kassalikni tarqatuvchi yoki bemorlarni aniqlab davolash, joylarda
kasallik tarqatuvchi hayvonlarga qarshi kurash choralarini tashkil qilish;
b) kasallikning tarqalish yo‘nalishidagi zanjirini, ya’ni umumiy
ovqatlanish va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muassasalarida qat’iy
sanitariya kuzatuvlarini o‘rnatish, hasharot, hayvonlar va kanalarni qirib
tashlash;
v) inson organizmining yuqumli kasalliklarga qarshiligini oshirish
maqsadida faol va sust emlash turlarini qo‘llash.
Kasallik rivojlanishining asosiy bosqichlari:
1) kasallik chaqiruvchining organizmga tushishi va kasallikning
birinchi belgilari paydo bo‘lishigacha o‘tgan muddat inkubatsion, ya’ni
yashirin (pinhona) bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda kasallik chaqiruvchi
organizmning ichki muhitiga moslashib, ko‘payish holatiga to‘g‘ri keladi;
2) kasallikning boshlang‘ich bosqichi prodromal bosqich hisoblanib,
bu bosqichda tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi,
qusish, muskul va bo‘g‘imlardagi kuchli og‘riqlar, ya’ni ayni kasallikka
xos bo‘lmagan (umumiy) belgilar bilan tavsiflanadi;
3) kasallikning yorqin namoyon bo‘lishi – ayni kasalliklarning
maxsus klinik belgilari va laboratoriya tahlillarining to‘liq namoyon
bo‘lishi, u yoki bu yuqumli kasalliklarga mosligi bilan kechadi;
4) organizmning yot infeksiyalarga qarshi kuchining susayishi va
immunitetning pasayib ketishi tufayli kasallik belgilarining so‘nib borishi
bilan ifodalanadi;
5) bu bosqichda organizmning butkul infeksiyadan xalos bo‘lishi yoki
qayta zo‘rayishi kuzatiladi.
151