O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə86/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Shoshilinch yordam. Asosiy vazifa astma xurujini to‘xtatish va
astmatik holatdan bemorni olib chiqish hisoblanadi. Davolash ko‘proq
kasallikning og‘ir yoki yengilligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bronxial astma va astmoid sindromning yengil xurujida tabletkalar va
adrenomimetiklarni ingalatsiya qilish tavsiya qilinadi: 1–2 ta 0,025 li
efedrin tabletkasi, 0,005 li izadrin (novodrin, euspiran)ni til ostiga qo‘yishi
yoki 1 % li 0,5–1,0 ml eritmasini ingalatsiya qilish, 0,02 li alupentni til
ostiga qo‘yishi yoki 2 % li 0,5–1,0 ml eritmasini ingalatsiya qilish, 0,1–
0,15 eufillin, 1 ta tabletka teofedrin qabul qilish.
O‘rtacha va og‘ir darajadagi xurujlarda eufillinning 2,4
% li
eritmasidan 10 ml shpris yordamida tomirga asta-sekin yuboriladi.
Agar bemorlarda kuchli taxikardiya bilan yurak yetishmovchiligi
belgilari bir vaqtda kuzatilsa, u holda eufillin eritmasi bilan bir vaqtda
0,06 % li 1 ml korglikon yoki 0,05 % li 1 ml strofantin eritmasi
qo‘llaniladi. Adrenomimetik preparatlar: 40–50 minutli interval bilan
0,1 % li 0,2–0,5 ml adrenalin eritmasini teri ostiga; 2,5 % li 1 ml efedrin
eritmasini teri ostiga; 0,05 % li 1–2 ml alupent eritmasini teri ostiga yoki
muskul orasiga yoki tomir ichiga asta-sekin; antigistamin preparatlar tomir
ichiga yoki muskul orasiga: 1 % li 1–2 ml dimedrol eritmasi, 2 % li 1–2 ml 
suprastin eritmasi, 2,5 % li 1 ml pipolfen eritmasi; xolinomimetiklar
adrenomimetik vositalar bilan birga yuboriladi: 0,1 % li 1 ml atropin teri
ostiga, 0,2 % li 1 ml platifillin eritmasi teri ostiga yuboriladi.
Bundan tashqari, namlangan kislorod bilan 20–30 minut davomida
ingalatsiya qilinadi. Bronxial astmaning og‘ir xurujlarida bemorlarga 60–
90 mg prednizolon yoki 50–100 mg gidrokortizon tomir ichiga yuboriladi.
Balg‘am ko‘chishini yengillashtirish uchun intubatsion trubka yoki kateter
orqali traxeya ichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 5–10 ml tripsin yoki ximotripsin
eritmasidan yuboriladi. 1–2 minut o‘tgach, balg‘am maxsus apparat
yordamida so‘rib olinadi. Ushbu muolajalar umumiy narkoz ostida o‘tka-
ziladi.
Adrenomimetiklar va eufillin bronxlar torayishini kamaytirib, ularni
kengaytiradi, xolinomimetiklar va gistamin preparatlar bronx bezlarining
sekretsiyasini kamaytiradi, antigistamin vositalar spazmolitik va
tinchlantiruvchi samara beradi.
Astmatik holatdagi bemorlarga shifoxonagacha bo‘lgan yordam hajmi
astmaning bosqichiga bog‘liq bo‘ladi.
1-bosqichida:
a) vena tomiriga tomchilatib 400–800 ml poliglyukin (reopoliglyukin)
yoki 400–800 ml natriy xloridning izotonik eritmasi yuboriladi. Yubo-
rishdan maqsad balg‘am ko‘chishini yengillashtirish va organizmning
suvsizlanishiga qarshi kurashdan iborat;
145


b) vena tomiriga oqim bilan desensibilizatsiya, hujayra qobig‘i


o‘tkazuvchanligini kamaytirish, adrenomimetik va antigistamin vosita-
larining ta’sir samarasini oshirish maqsadida 60–90 mg prednizolon, 2–4
mg deksametazon, 100–200 mg gidrokortizon yuboriladi;
v) atsidoz rivojlanishiga qarshi vena tomiriga gidrokarbonat natriy-
ning 4 % li eritmasidan (200 ml) tomchilatib yuboriladi.
2-bosqichida:
a) vena tomiriga oqim bilan qaytadan 180–360 mg prednizolon va 4–8
mg deksametazon yuboriladi.
b) geksenal (10 % li eritmasidan 3–5 ml vena tomiriga sekin yuborib
yoki 10 % li eritmasidan 3–10 ml muskullar orasiga yuborib) yordamida
narkoz ostida nafasni sun’iy boshqarishga o‘tiladi hamda keyinchalik
bronxlarni isitilgan bikarbonat natriy eritmasi bilan yuviladi va balg‘am
yaxshi ko‘chishi uchun ferment vositalardan foydalaniladi.
3-bosqichida bemor nafasini sun’iy boshqarishga to‘liq o‘tiladi va 1
hamda 2-bosqichdagi tadbirlar qaytariladi.
Bronxial astmaning og‘ir xuruji va yordam samarasiz bo‘lgan birinchi
marta tashxis qo‘yilganlar shifoxonaga yotqiziladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin