O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə84/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Kechiktirib bo‘lmaydigan yordam: gipertonik krizdagi birinchi va
asosiy chora-tadbir arterial bosimni pasaytirishdan iboratdir. Gipotenziv
141


vositalarning katta arsenali kasalxonaga olib borguncha arteral bosimni


pasaytirish imkoniyatini beradi. Arterial bosimni pasaytirishda ikki taktik
usulni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Agar bemorda serebral va koranar qon aylanishining buzilish belgilari
bo‘lmasa, gipertoniya boshlang‘ich bosqichlarda bo‘lsa, arterial bosimni
tezda, 2–10 minut davomida pasaytirish ehtimoli bor. Agar bemorda
gipertoniya kasalligining kech bosqichlari (2 va 3-bosqich) bo‘lsa, miya
(surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi), insultning qoldiq ko‘ri-
nishlari (bosh aylanishi, xotiraning susayishi va b.) yetishmovchiliklari
ifodalangan bo‘lsa, arterial bosimni asta-sekin – 20–40 minut davomida
pasaytirish taktikasi qo‘llaniladi.
Arterial bosimni pasaytirish tezligi dorini qay yo‘sinda yuborish bilan
boshqariladi.
Gipertoniya kasalligining boshlanish bosqichlarida koranar va miya
aterosklerozi belgilari bo‘lmasa, tezda, 2–10 minut davomida arterial
bosimni pasaytirish taktikasi – vena ichiga oqim bilan quyidagi
preparatlardan birini yuborish kerak: dibazol (5 % li eritmadan 6–8 ml),
furosemid (40–60 mg), uregit (50–100 mg), droperidol (1–4 ml 0,25 % li
eritma), klofelin (0,1 % li eritmadan 1 ml), rausedil (1–2 ml 0,1 % li
eritma), obzidan (5–10 mg). Effekt 1–5 minut davomida yuzaga kelib,
arterial bosimning maksimal pasayishi 20–40 minutda qayd etiladi.
Gipertoniya kasalligining kechikkan bosqichlarida yoki simtomatik
gipertoniyada, miya va koranar aterosklerozining ifodalangan ko‘rinish-
larida (asosan o‘tkir koranar yoki miya-qon tomir yetishmovchiligi
asoratlarida) arterial bosimni asta-sekin, 20–40 minut davomida, birinchi
guruh preparatlarini venaga tomchi usulida yuborib yoki quyidagi
dorilarni oqim bilan yuborib pasaytiriladi: dibazol (0,5 % li eritmadan 6–
10 ml yoki 1 % li eritmadan 3–5 ml), magniy sulfat eritmasi (25 % li
eritmadan 10 ml) tomirga juda sekinlik bilan yuboriladi (bemorda qizib
ketishning yoqimsiz belgisi bo‘lmasligi uchun).
Yana oqim bilan droperidol (0,25 % li 1–2 ml), furosemid (40–60 mg)
yoki uregit (50–100 mg) ni tomirga yuborish mumkin.
Birlamchi kriz tashxisi qo‘yilgan, og‘riqni to‘xtatib bo‘lmagan va
asoratlar bilan kechadigan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi. Asoratli
ko‘rinishdagi va birinchi guruh preparatlarini qabul qilgan bemorlarni
transportirovka qilishda zambildan foydalanish zarur bo‘ladi. Birinchi
guruh preparatlarini qabul qilgan bemorlarning 2–3 soat davomida o‘rnida
yotishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Buyrak genezi sababli kelib chiqadigan simptomatik gipertoniya
krizlari ham gipertonik krizlarni davolashdagi kabi usullar bilan
davolanadi.
142





Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin