Narkotik moddalar nafasni so‘ndiruvchi zararli ta’sir ko‘rsatgudek
bo‘lsa, og‘riqsizlantirish uchun boshqa variant qo‘llash kerak bo‘ladi
(glukoza-novakain aralashmasi – 20
ml 5 % li novakain va 100
ml 5 % li
glukoza aralashmasini tomchi usulida yuborish), azot ikki oksidi va
kislorod aralashmasini AN-8 apparati yordamida ingalatsiya qilish (avval
toza kisloroddan 2–3 minut davomida nafas oldirib,
asta-sekin azot ikki
oksidining konsentratsiyasi orttirilib boriladi va u 80
% ga
yetkaziladi, effektga erishilgach, kislorod va azot ikki oksidining nisbati
1:1 qilib nafas beriladi).
Keyingi vaqtlarda og‘riqsizlantirishning yangi usuli – elektroanal-
geziyadan foydalanilmoqda, bu narsaga fentanilning uncha katta bo‘lma-
gan dozasi (0,5–1,0
ml 0,005 % li eritma) va chastotasi 1000–1500
gs
bo‘lgan elektrik impulslar (tok kuchi 1,5–3
mA)
elektroanalgeziya apparati
yordamida erishiladi. Bu narsa yordamida effektiv og‘riqsizlantirish
bemorni transportirovka qilish va keyinchalik davolash vaqtida ham 2–3
soat davomida uzaytirish mumkin.
Nafas olish funksiyalari buzilgan bemorlarda iroda stimulyatsiyasi
qo‘llaniladi (davolovchi xodimning og‘zaki buyrug‘i bilan nafas olish).
Kardiogen shokda davolashni og‘riq sindromini yo‘qotishdan
boshlash kerak. 10–15 minut ichida gemodinamik effekt bo‘lmasa,
kardiogen shokda esa sistolik (70
mm simob ustunidan) va puls bosimlari
(15
mm simob ustunidan) past bo‘lsa, reopolyuglyukin yoki poliglyukin,
vazopressorlar, steroid garmonlar yuborish kerak bo‘ladi. Kislota-ishqor
muvozanatini saqlash uchun 2–4 % li bikarbonat natriy eritmasi (200–400
ml) yuboriladi.
Miokard infarktining o‘tkir davrida tomir
ichiga antikoagulyantlar va
fibrinolitiklar (tez oqim bilan 10 000–15 000
DB geparin; tomchi bilan 60
000–90 000
DB fibrinolizinni 300–500 ml 0,9 % li natriy xlorid erit-
masida) yoki 500 000–750 000
DB streptokinaza avelizini (streptazalar)
250–300
ml fiziologik eritmada eritib yuboriladi.
O‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan hamma bemorlar intensiv
terapiya palatasiga yoki reanimatsiya bo‘limiga yotqizilishi, bemor
bevosita kardiolog vrachga topshirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: