O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə85/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Bronxial astma 
Bronxial astma – o‘tkir nafas yetishmovchiligida yetakchi o‘rinni
bo‘g‘ilish va ekspirator nafas qisishi egallaydigan kasallik.
Kasallik tasnifida u noallergik va allergik ko‘rinishlarga bo‘linadi.
Noallergik bronxial astma juda kam uchraydi va u nafasning
markazdan boshqarilishi va silliq muskullar tonusining buzilishi bilan
bog‘liq bo‘ladi.
Allergik bronxial astma infeksion-allergik va noinfeksion-allergik
turlarga bo‘linadi. Burun tomoq kasalliklari, bronxitlar (surunkali bronxit),
o‘pka kasalliklarida (surunkali zotiljam, qaytar zotiljam va b.), endo va
ekzotoksinlar sensibilizatsiyasi oqibatida kelib chiqadi. Atopik turi
(noinfeksion-allergik) noinfeksion allergenlarga nisbatan (gul changi,
xo‘jalik va sanoat changlari) yuqori sezuvchanlik oqibati bo‘lib
hisoblanadi. Uzoq davom etadigan surunkali kasallikda organizmning
allergiyalanish jarayoniga reaktivligi tashqi yoki ichki muhitning nafaqat
biron-bir omiliga, balki bir qator yoki bir guruh allergenlarning
allergiyalovchi omillariga (insolatsiya, meteoomillar, hid, dori-darmonlar,
his-hayajon va b.) nisbatan o‘zgaradi. Nafas qisish xurujlari turli-tuman
endogen va ekzogen ta’sirlar sababli kelib chiqishi mumkin.
Klinik ko‘rinishlari. Kasallikning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i
nazar, bronxial astmada 3 ta bosqich tafovutlanadi: astmoid sindrom,
bronxial astma xuruji (yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir), astmatik holat
(asmatik status). Kasallikning yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlari klinikasi
o‘tkir nafas yetishmovchiligidagi nafas qisishining og‘irligi bilan bir-bi-
ridan farqlanadi.
Astmoid sindromi bo‘g‘ilish (havo yetishmasligi) bilan tavsiflanadi.
Bu narsa ko‘proq surunkali astmoid bronxitda kuzatiladi. Nafas olish
tezlashib, nafasni chiqarish biroz uzayadi. Auskultatsiyada qattiq nafas
eshitiladi, bunda bir oz quruq xirillash bo‘ladi. Quruq yo‘tal, ba’zan avval
ajralib turgan balg‘am to‘xtab qoladi. Bo‘g‘ilish odatda uzoq davom
etmaydi, simpatomimetiklar va bronxodilatatorlar ta’sirida osongina
yo‘qoladi (teofedrin va eufillin tabletkalari). Astmoid sindromining
boshlanishi ko‘pincha surunkali o‘pka jarayonlarini (surunkali bronxit,
interstitsial zotiljam) eslatadi.
Bronxial astmaning birinchi klinik belgisi quruq azobli yo‘tal
hisoblanadi. Kasallik ko‘pincha to‘satdan o‘tkir boshlanadi, bemorlar
kasallik boshlangan vaqtning soati va minutigacha aytib berishlari
mumkin. Xuruj boshlanishidan oldin bo‘ladigan belgilarga tomoq qurishi,
yo‘tal, tumov va terining qichishi kiradi. Xurujning davomiyligi bir necha
minutdan bir necha sutkagacha (og‘ir turlarida) bo‘lishi mumkin.
Bemorlar ko‘pincha majburiy holatga o‘tadilar – turgan yoki o‘tirgan
holatda krovatni qo‘llari bilan ushlab, ko‘krak qafaslarini bir oz kerib,
boshlarini maksimal orqaga egib, og‘zilarini katta ochib, havo
143


yutayotganga o‘xshaydilar (ortopnoe holati). Ekspirator harsillash (nafas


qisishi) – nafas olish vaqti nafas chiqarish vaqtiga nisbatan 2 marta
qisqargan (normada nafas chiqarish vaqti nafas olish vaqtidan 2–4 marta
qisqa bo‘ladi). Nafas olishlar soni minutiga 60 taga yetadi. Nafas olishda
qo‘shimcha yordamchi nafas olish muskullari ishtirok etadi (yelka, qorin
va bo‘yin muskullari). Bemorning xirillab nafas olishi masofadan eshitilib
turadi.
Bronxial astmaning yengil, o‘rtacha va og‘ir turdagi xurujlari
farqlanadi. Yengil xurujlar uzoq muddat davom etmasdan, tezda to‘xtaydi.
Xuruj to‘xtaganda yo‘tal va xirillash ham to‘xtaydi. O‘rtacha og‘irlikdagi
xurujlar davomli bo‘lib, tez-tez qaytalanib turadi va faqat tomirga dori
yuborilgandagina to‘xtaydi. Xuruj to‘xtaganda yo‘tal va quruq xirillash
saqlanadi. O‘pka emfizemasi va o‘pka-yurak yetishmovchiligi kabi
asoratlar rivojlanishi mumkin. Og‘ir turida xuruj bir kunning o‘zida bir
necha marta qaytalanishi va dorilar ta’sirida juda sekin to‘xtashi mumkin.
Xuruj to‘xtaganda yo‘tal, quruq xirillash, terining ko‘karishi, nafas
chiqarishning uzayishi davom etadi. Asoratlar esa odatdagidan oldinroq
rivojlanishi mumkin.
Astmatik holat (astmali status) – bronxial astmaning og‘ir bosqichi
hisoblanib, bronxlarning diffuz buzilishi hisobiga paydo bo‘ladi va dorilar
ta’sirida ham juda uzoq muddat (sutkalab) to‘xtamaydi, natijada gipoksik
koma holatiga o‘tib, keyinchalik o‘lim yuz berishi mumkin.
Asmatik holatning kelib chiqishida o‘pkaning yallig‘lanish kasal-
liklari xuruji, allergenlar bilan davomli kontaktda bo‘lish, glyu-
kokartikoidlarni birdaniga qabul qilishni to‘xtatish va antigistamin prepa-
ratlarni nazoratsiz o‘zboshimchalik bilan qabul qilish muhim o‘rin tutadi.
Bronxial astma tashxisini bemorni kasalxonaga yotqizgunga qadar
ham qiyinchiliksiz bajarilishi mumkin (o‘tmishdagi xurujlar, adreno-
mimetik va eufillinning samaradorligi, kasalxonadagi avvalgi tekshirishlar,
auskultatsiyadagi o‘ziga xoslik (hushtakli quruq xirillashlar), ekspirator
nafas qisishining mavjudliklari.
Bronxial astmaning tashxisini qo‘yishda yurak, uremik, serebral va
isterik (jazavali) kasalliklar astmalaridan differensiallash (farqlash) lozim.
Bronxial astma xurujida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishda katta
yoshli va ayniqsa, keksalardagi yurak hamda aralash astmalardan bronxial
astmani farqlay bilish kerak. Tashxis qo‘yish vaqtida bemorning yoshini
(odatda bronxial astma bilan o‘spirin va o‘rta yoshdagilar og‘riydi),
o‘tkazayotgan yo‘ldosh kasalliklarini (bronxial astmada surunkali bronxit
va zotiljam, yurak-tomir kasalliklari yurak astmali bemorlarda), nafas
qisishining xususiyatini (bronxial astmada ekspirator, yurak astmasida esa
inspirator), auskultatsiya ko‘rsatkichlari (bronxial astmada hushtakli quruq
xirillash va cho‘zilgan nafas chiqarish, yurak astmasida esa cho‘zilgan
144


nafas olish va xirillashsiz qattiq nafas yoki o‘pkaning orqa pastki qismida


to‘xtash xirillashlari)ni hisobga olish kerak.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin