og‘riqlar paydo bo‘la boshlaydi. Bunday holatlar nerv tolalari orqali
uzatiladi. Shu bilan birgalikda, vahima, qo‘rquv, uyqusizlik va kay-
fiyatsizlik holatlari ham rivojlana boradi.
Talvasali bosqichda bemorlarda gidrofobiya (suvdan qo‘rqish) holati
rivojlana boradi, ya’ni bemorlarga quyilayotgan
suvning jildirashi,
bemorga suv haqida gapirilganda ularda halqum muskullarining qisqarishi
natijasida tutqanoqli tirishish holatlari yuzaga keladi. Bu kabi holat quyi-
dagi sabablar hisobiga ham uchrashi mumkin – aerofobiya (shamoldan
qo‘rqish), fotofobiya (yorug‘ nurlardan qo‘rqish), akustikofobiya (qattiq
tovushdan qo‘rqish) va boshqalar. Asta-sekin bemorlar quloqlariga o‘ziga
qasd qilish eshitilib, ko‘zlarida dahshatli hodisalar paydo bo‘la boradi va
ular haddan tashqari jangari holatlarga tushib boradilar. Bemor ko‘p
terlaydi, so‘laklari ko‘p ajraladi, ammo yuta olmaganligi sababli ko‘p
tupuradi, tana harorati bir oz (subfebril) ko‘tariladi,
yurak urishi
tezlashadi, bu bosqich 2–3 kun, ayrim hollarda 6 kungacha davom etishi
mumkin.
Shol (falaj) bosqichi gidrofobiya (suvdan qo‘rqish) holatining o‘tishi
bilan boshlanib, bu bosqichda bemor nochor-mungli holatga tushadi,
oyoqlardagi falaj sababli harakatdan qolishi, yuz va til muskullarining
falaji boshlanishi bilan o‘tadi. O‘lim nafas
markazining falaji sababli
yurak-tomir yetishmovchiligidan kelib chiqadi.
Kasallikning umumiy davomiyligi 3–7 kun, kam hollarda 2 hafta
davom etishi mumkin.
Davosi: klinik belgilari rivojlangan bemorlarga davo yo‘q, ya’ni
inkurabelen. Qilinadigan hamma muolajalar simptomatik yo‘nalishda
bo‘lib, tirishishga qarshi yordamga (aminazin, xloralgidrat) qaratilgan.
Bunday muolajalar maxsus izolatorlarda amalga oshirilishi kerak,
bemorlarni bezovta qiladigan omillardan saqlash shart.
Profilaktikasi: quturishning davo choralari yo‘qligi sababli, kasallikni
keltirib chiqaruvchi hayvonlarga qarshi kurash tadbirlarini va insonlarni
bulardan muhofaza qilish choralarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Har
qanday hayvon tirnagan yoki tishlagan joylarni zudlik bilan sovunlab
yuvish, perekis
vodorod eritmasi bilan yuvib, yod va spirt bilan ishlov
berish kerak. Agarda tishlagan hayvonda quturish yoki shunga taxmin
qilingan hollarda, tishlangan joy teri ostiga antirabik immunoglobulin
yuborish lozim. Tishlangan jarohatga zaruriyat bo‘lmasa, bog‘lam qo‘yish
kerak emas.
Yuqorida qayd etilgan muolajalar bajarilgandan so‘ng, profilaktik
maqsadda
antirabik emlash, o‘z qoidasiga binoan, shoshilinch qo‘llanilishi
shart.
153