FAVQULODDA HOLATLAR (YER QIMIRLASHI, SUV
TOSHQINI, O‘PIRILISH VA BOSIB QOLISH)DA BIRINCHI
TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH XUSUSIYATLARI
Ko‘p insonlarning o‘limida asosiy sabablardan biri tabiiy ofatlar
hisoblanadi. Hozirgi kunlarda u yoki bu tabiiy ofatlarning qachon
bo‘lishini
bashorat qilish mumkin emas, ammo xavfi yuqori bo‘lgan
mintaqalarni bilish mumkin. Zilzila va yog‘ingarchilik xavfi yuqori
bo‘lgan mintaqalar mavjud. Yer qimirlashi natijasida katta issiqlik
uzatuvchi tarmoqlar, kollektorlar, elektrostansiyalar va boshqalarning
ishdan chiqishi hamda xavfli yong‘inlarning sodir bo‘lishi og‘ir kuyish va
zaharlanishlarga ham olib keladi.
Yer qimirlashi qishloq aholisiga nisbatan
shahar aholisiga va turar
joylarga katta talafot yetkazishi mumkin. Tabiiy ofat bo‘lgan mintaqalarda
industrial obyektlar qancha ko‘p bo‘lsa, xavf shuncha yuqori va vujudga
kelgan holat murakkab bo‘ladi.
Zilzila vaqtida yuzaga keladigan jarohat shikastlantiruvchi agentning
ta’sir qilish tezligi, kuchi, davomiyligi, ta’sir qilish joyi va
jarohatlanganning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Shikastlanishning
jarohatlanish
mexanizmiga qarab quyidagi turlari kuzatiladi: zarbali, kompression va
aralash.
Zarbali shikastlanish ta’sirida uning ta’sir kuchiga bog‘liq bo‘lgan har
xil og‘irlikdagi – miya chayqalishidan tortib, bosh miyaning og‘ir
jarohatlanishigacha bo‘lishi mumkin. Jarohat olgandan so‘ng hush va
xotirani yo‘qotish holatlari kuzatilgan. Zarba tekkan joyda yumshoq
to‘qimalarning shikastlanishi, har xil sinishlar ham aniqlanishi mumkin.
Kompression (bosib qolish) mexanizmi ta’sirida (bino va qurilish
bo‘laklari va boshqa jihozlar bilan ko‘p kuzatilgan)
jarohatlovchi kuch
katta bo‘lmaydi. Bunda kam hollarda suyaklarning sinishi va
deformatsiyaga uchrashi aniqlanishi mumkin.
Aralash mexanizmli shikastlanishda esa tayanch-harakat organlari,
bosh suyagi, miya to‘qimasining jarohatlanishi bilan birga, tana
sohalarining yuk ta’sirida ezilishi ham kuzatiladi.
Bosh suyagi va miyaning shikastlanishi. Bosh suyagining jarohati
kommotsion-kontuzion sindrom ko‘rinishidagi organizmning o‘ziga xos
belgisi bilan tavsiflanadi. Bosh suyagining jarohati yumshoq to‘qimalarda
gematomalarning paydo bo‘lishi, ular butunligining buzilishi (yorilishlar),
bosh suyagining sinishi hamda miya shikastlanishlari bilan kechadi.
Bosh suyagining shikastlanishi ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin.
Bosh sohasining yopiq shikastlanishida yumshoq to‘qimalarning
anatomik butunligi buzilmaydi. Teri osti tomirlarining shikastlanishi
223
tufayli gematoma hosil bo‘ladi va bosh sohasida turli o‘lchamli shish
(g‘urra) paydo bo‘ladi.
Shikastlangan soha og‘riq, qizarish, keyinchalik esa ko‘karish
kuzatilishi mumkin. Ochiq shikastlanish holatlarida esa to‘qimalar
anatomik butunligi buzilishi tufayli jarohatlar paydo bo‘ladi va
jarohatlarga xos belgilar kuzatiladi.
Bosh suyagi shikastlanishida 8–15 % holatlarda
bosh miya funksi-
yasining buzilishlari qayd etiladi. Yopiq shikastlanishlar ochiq
shikastlanishlarga qaraganda 3 marta ko‘proq uchraydi.
Jarohatlanganni tekshirayotganda bosh suyagi jarohatining bor yoki
yo‘qligi, yaraning chuqurligi, miyaning shikastlanishini aniqlash katta
ahamiyatga ega. Teri butunligi, yaralar, gematomalar yoki bosh suyagi
ezilishini aniqlashga e’tibor berish kerak. Bosh
suyagi aponevrozi yaralari,
odatda, teri va teriosti qavati yaralariga qaraganda ko‘proq ochiq bo‘ladi.
Jarohat chuqurligini aniqlashda undan chiqayotgan ajralmalar xususiyatiga
ham e’tibor beriladi. Jarohatdan oqayotgan qon hajmi bosh suyaklarining
shikastlangan yoki shikastlanmaganligidan dalolat berishi mumkin.
Chunki bosh suyaklari shikastlanganda diploye tomirlari va miya
qavatlaridan qon ko‘p ketadi.
Jarohat ajralmasida orqa miya suyuqligi yoki miya to‘qimasi
bo‘laklarining bo‘lishi jarohat miya to‘qimalariga o‘tganligidan dalolat
beradi.
Ko‘z qovog‘ining «ko‘zoynak» ko‘rinishidagi qontalashuvi bosh
suyagi asosi oldingi sohasining sinishi belgisidir,
quloqlardan qon ketishi
esa bosh suyagi asosi o‘rta qismining singanligini ko‘rsatadi.
Bosh miya jarohatida miya shikastlanishining asosiy uch turi
farqlanadi: miya chayqalishi, lat yeyishi va ezilishi
Dostları ilə paylaş: