O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/49
tarix23.05.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#120147
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
c1ac7a2db35cc9d043f33d38d301475b Dinshunoslik asoslari o`quv qo`llanma

Qadimgi Gretsiya diniy tizimi 
Qadimgi Gretsiya diniy tizimi antik madaniyatning tarkibiy qismi 
sifatida boshqa qadimgi dinlar kabi uzoq rivojlanish bosqichidan o‘tgan. 
Bu davlatda diniy tizim Qadimgi Sharq sivilizatsiyalaridan o‘zgacha shart-
sharoitlarda yuzaga kelgan va rivojlangan. Gresiyada Misr va 
Mesopotamiyadagi kabi yirik daryolar bo‘lmagan. Xo‘jalikning asosini 
tashkil etuvchi agrar sohada ekin maydonlari lalmikor yerlar bo‘lib, 
ularning asosiy qismi xususiy mulkdorlarga qarashli bo‘lgan. 
Mamlakatning siyosiy tuzumi klassik qulchilik munosabatlariga 
asoslangan shahar-davlatlardan tashkil topgan. Ma’lumki, Qadimgi 
Gretsiyadan farqli o‘laroq, Qadimgi Sharqda qullar hech qachon asosiy 
ishlab chiqaruvchi kuch bo‘lmagan. 
Birinchi bo‘lib Qadimgi Gretsiyada davlatni demokratik boshqarish 
shakli paydo bo‘lgan. Keyinchalik cheklangan demokratiya deb ba-
holangan davlat boshqaruv shakli, garchi juda ko‘p kamchiliklari bo‘lsa-
da, aholining ma’lum bir qismiga keng huquq va erkinliklar bergan. 
Cheklangan demokratiya odamlarning o‘z ichki qobiliyatlari va is-
te’dodlarini namoyon qilishlari uchun Sharq davlatlaridagiga nisbatan 
keng imkoniyatlar yaratgan. Insonning oliy qadriyat ekanligi to‘g‘risidagi 
g‘oya paydo bo‘lgan va rivojlantirilgan. Yuqorida qayd etilgan 
xususiyatlar mamlakat diniy tizimida o‘z aksini topgan. 
46


Qadimgi Gretsiya diniy tizimi rivojlanishini ikki bosqichga bo‘lib 
o‘rganish mumkin: birinchi bosqich miloddan avvalgi III ming yillikning 
oxiridan II ming yillikning oxirlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. 
Birinchi bosqich Minoy (miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri – 
miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi yarmi) va Axeya (miloddan 
avvalgi 1500 – miloddan  1100  )     . 
  davrida diniy qarashlar, ibtidoiy din shakllarining  
      . Diniy ta’limotda 
   jonli  g‘ayritabiiy  ega deb tasavvur qilish, xudolarni 
yarim odam, yarim hayvon qiyofasida   ,   vositasida 
   ta’limotni tushuntirish   qo‘llanilgan.   voqeliklari 
qatorida   !  ". #       $   
,    Yerdan paydo .
Diniy qarashlarda  %  zaminni   unga grek jamiyatida 
! matriarxatning ta’siri kuchli ekanligi va  !&   xo‘jalikning 
asosiy tarmog‘iga aylanganidan dalolat beradi. '   ijtimoiy hayotda 
ibtidoiy din shakllarining ta’siri qanchalik kuchli bo‘lmasin, qudratli 
xudolarga sig‘inish uzil-kesil qaror topgan va keng yoyilgan. *  
xudolar tabaqalarga bo‘linmagan. Keyinchalik Krit orolining yirik shahar-
davlat atrofida birlashtirilishi (miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri) 
natijasida xudolar darajasida ham tabaqaviy bo‘linishlar boshlangan. Zevs 
xudosi (grekcha zeus – yorug‘ osmon degan ma’noni anglatadi; osmon, 
yorug‘lik, momaqaldiroq va chaqmoq  ) bosh xudo va Minoy pod-
sholarining ajdodi sifatida ulug‘lana boshlangan. Xudolar asosan odam 
(antropomorf)  &  $  yarim , yarim hayvon (zoomorf) qiyo-
falarida tasvirlangan. Tabiat voqeliklarida g‘ayritabiiy mavjudotlar (yarim 
xudolar) mavjudligiga ishonish saqlanib qolgan. 
Bu davrning diniy tizimida totemistik tasavvurlarning ta’siri kuchli 
bo‘lgan. Afsonalarga , !   !  $    asos-
lari  davlat hokimiyati &     . + % 
qo‘shilishlaridan   . /       tasviri 
<buyumlar  - kechaklarmaishiy  %  
&    joylarda . 
Miloddan avvalgi XV asrdan boshlab Qadimgi Gretsiyaning katta 
qismini Axeya qabilalari bosib olgan. Shuning uchun miloddan 
XV   miloddan asrdan XI asrgacha bo‘lgan muddat Axeya davri deb 
ataladi. Axeya qabilalari bosib olingan xalqning ilg‘or madaniyatini, 
jumladan dinini yo‘q qilib tashlamaganlar. Axeyaliklar greklar diniy 
tizimini qabul qilganlar. Ayni paytda o‘zlarining xudolaridan ham voz 
47


kechmaganlar. Natijada xudolarning vazifalari o‘zgargan va yangi xudolar 
yuzaga kelgan. Shu vaqtdan e’tiboran hosildorlik va uzumchilik xudosi – 
Dionis, dengiz xudosi – Poseydon, savdo-sotiq xudosi – Germes, urush 
xudosi – Aresga sig‘inish boshlangan. Ularning xudolar orasidagi mavqei 
mustahkamlangan va keyinchalik ular Olimpiya xudolari qatoriga 
kiritilganlar. 
Qadimgi Gretsiya diniy tizimi rivojlanishining ikkinchi davri 
miloddan avvalgi XI asr oxirlaridan boshlangan. Bu Gomer («Iliada» va 
«Odisseya» dostonlarining muallifi) davri deb ataladi. Gomer davrining 
boshlanishi Qadimgi Gretsiyada asilzodalar (aristokratiya) hokimiyatining 
vujudga kelishi va mustahkamlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Asilzodalar 
hokimiyatining mustahkamlanishi davrida diniy tizimda umumxalq 
xudolari guruhi ajralib chiqqan. Greklar ularni «Olimpiya xudolari» deb 
ataganlar. Olimpiya xudolari guruhining shakllanish davri uzoq vaqt 
davom etgan va miloddan avvalgi VI–V asrlarga kelib bu jarayon uzil-
kesil yakunlangan. Olimpiya xudolari o‘n ikkita xudodan iborat bo‘lib, 
ularga Zevs boshchilik qilgan. U asilzoda xudolar Aid (o‘liklar podsholigi 
xudosi), Poseydon (dengiz xudosi) va boshqalarga tayanib dunyoni 
boshqargan. Zevs boshchiligidagi bosh xudolar guruhi umumxalq xudolari 
sifatida tan olinsa-da, aholi orasida juda ko‘p mahalliy xudolarga sig‘inish 
an’anasi saqlanib qolgan. 
Xudolar shu vaqtdan boshlab odam qiyofasida tasvirlana boshlagan. 
Ular kishilarga nafaqat tashqi qiyofasi bilan o‘xshagan, balki oziq-ovqat, 
kiyim-kechak, mehnat va urush qurollari kabilardan foydalangan, 
hashamatli qasrlarda yashagan, odamlardek tug‘ilgan va insonlardagi 
illatlarga ham ega bo‘lgan. Xudolar odamlardan faqat ilohiy qudrati va 
boqiyligi bilan farq qilgan. Insonlar xudolarning qahrini keltirmaslikka va 
ularning e’tiborini qozonishga harakat qilib, hashamatli ibodatxonalar 
qurganlar, juda ko‘p qurbonliklar keltirganlar va xudolar sharafiga boshqa 
ko‘plab diniy marosimlar o‘tkazganlar. 
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda quldorlik shahar-davlatlarining 
yanada rivojlanishi diniy ta’limotning mohiyatini o‘zgartirgan. Diniy tizim 
shahar-davlat fuqarolarining qullar ustidan hukmronligini 
mustahkamlagan, uning grek jamiyatidagi ahamiyatini himoya qilgan. Shu 
davrdan boshlab, jamiyatda hunarmandchilik va savdo-sotiqqa homiylik 
qiluvchi xudolarning ijtimoiy nufuzi ortgan. Ularning vazifalari o‘zgargan. 
Shahar-davlatga homiylik qiluvchi xudo ayni paytda hunarmandchilikka 
va savdo-sotiqqa ham homiylik qiladigan bo‘lgan. Jamiyatning o‘rta va 
quyi tabaqalari orasida Olimpiya xudolarini asilzodalarning homiysi va 
48


ular hokimiyatining himoyachisi ekanligiga doir qarashlar 
mustahkamlangan. Ular Olimpiya o‘zlarining mahalliy xudolariga 
sig‘inishni davom ettirganlar. 
Qadimgi Gretsiyada kohinlar ijtimoiy mavqeining o‘ziga xosligi bilan 
ajralib turganlar. Ular ijtimoiy hayotda alohida tabaqani tashkil etmaganlar 
va asosan ibodatxonadagi ishlarni boshqarish bilan shug‘ullanganlar. Diniy 
marosimlarga odatda davlat xizmatchilari yoki faylasuflar rahbarlik 
qilganlar. Greklar kohinlarni xudolarning o‘zlari tanlashlari kerak deb 
hisoblaganlar. Shu bois kohinlar da’vogarlar orasidan qur’a tashlab 
aniqlangan va ibodatxonalarda yashaganlar. Ibodatxonada bir yoki bir 
necha kohin bo‘lgan. Ibodatxona qaysi xudoga bag‘ishlab qurilganligiga 
qarab, erkak yoki ayol kohinlar xizmat qilganlar. Kohinlarning turmushini 
tartibga soluvchi umumiy qoida ham ishlab chiqilmagan. Ayrim 
ibodatxonalarda ayol yoki erkak kohinlarning turmushga chiqishi yoki 
uylanishi taqiqlangan bo‘lsa, ayrimlarida ularning albatta oilali bo‘lishlari 
talab qilingan. Kohinlarga davlat ish haqi to‘lamaganligi sababli, ular 
asosan ehsonlar hisobidan yashaganlar. Ularga ibodatxonalarda xudolarga 
qurbonlik qilingan chorva mollarining go‘shtini iste’mol qilish, terisi, 
shoxi va tuyoqlarini bozorda sotishga ruxsat berilgan. Ibodatxona davlat 
xazinasini va xususiy qimmatbaho narsalarni saqlaganligi uchun haq 
olgan. Odatda kohinlarni moddiy turmushi jihatidan o‘rta tabaqa 
vakillariga kiritish mumkin. 
Diniy tizimda qahramonlarga sig‘inish, ular sharafiga qurbonliklar 
qilish marosimi mavjud bo‘lgan. Greklar Vatan uchun jonini qurbon qilgan 
kishilarni qahramonlar deb atashgan. Afsonalarda odatda xudo bilan 
odamning nikohidan tug‘ilgan qahramonlar to‘g‘risida hikoya qilinadi. 
Ular o‘z Vatanining shon-sharafi uchun jangda jasorat ko‘rsatganlar, 
yurtdoshlarini turli xavf-xatarlardan himoya qilganlar. Bunday kishilar 
vafot etganlaridan keyin ularning el-yurt uchun qilgan xizmatlari 
taqdirlanib, xudolar qatoriga qabul qilinganlar. Qahramonlar xudo 
bo‘lganidan keyin ham o‘z yurtiga homiylik qilishni davom ettiradi, deb 
hisoblangan. 
Greklar Vatan uchun qurbon bo‘lgan kishilarni e’zozlash bilan 
fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga, yurtning tinchligi, 
ravnaqi va porloq kelajagi uchun qayg‘uradigan komil insonlarni 
tarbiyalashga harakat qilganlar. 
Qadimgi Gretsiyada taqdiri azalga, odamlar va hatto xudolarning ham 
taqdiri oldindan belgilanganligiga ishonish mavjud edi. Diniy rivoyatlarga 
ko‘ra, hatto qudratli xudolar ham o‘z qismatini o‘zgartira olmaganlar. 
49


Taqdiri azal barchaning ustidan hukmronlik qilgan. Odamlar va 
xudolarning taqdirini moyralar (grekcha moira – qismat, taqdir degan 
ma’nolarni anglatadi) to‘qigan. 
Taqdiri azalga ishonish bashoratchilikning keng yoyilishiga sabab 
bo‘lgan. Greklar biron muhim ishni boshlashdan oldin bashoratchining 
fikrini bilishga harakat qilganlar. Bashoratchilar turli usullardan foydalanib 
voqea-hodisalarni oldindan aytib berishga harakat qilganlar. Bu ish bilan 
asosan kohinlar shug‘ullanganlar. Ular ko‘proq qurbonlik qilingan 
hayvonning ichki a’zolari joylashuvi va holatiga qarab bashorat qilish 
usulidan keng foydalanganlar. Bunday usul xaruspitsiya (etrusk tilida 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin