O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/49
tarix23.05.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#120147
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
c1ac7a2db35cc9d043f33d38d301475b Dinshunoslik asoslari o`quv qo`llanma

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1. Din qachon vujudga kelgan? 
2. Dinning yuzaga kelishi sabablarini o‘rganishning asosiy yonda-
shuvlari nimalardan iborat? 
3. Dinning ijtimoiy ildizlari deganda nimani tushunasiz?
4. Dinning qanday funksiyalari mavjud va ularga xos xususiyatlarni 
aniqlang. 
5. Diniy kompleks nima? 
6. Diniy kompleksning diniy tizimdan farqi va xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
7. Totemizmning integratsiyalovchi va regulyativlik funksiyalari 
deganda nimani tushunasiz? 
8. Nima sababdan animizm ibtidoiy dinning universal shakli deb 
ataladi? 
9. Sehrgarlikka xos qanday xususiyatlar mavjud? 
10. Fetishizmning asosiy shakllari nimalardan iborat?
36


3-mavzu 
MILLIY DINLAR 
Mesopotamiya diniy tizimining vujudga
kelishi va rivojlanishi 
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, mehnat taqsimoti, xususiy 
mulkchilik, sinflar va davlatning vujudga kelishi natijasida diniy 
komplekslar (ibtidoiy din shakllari) diniy tizimlar (milliy va davlat dinlari) 
bilan almashdi. Diniy tizimlarning asosiy xususiyatlari qudratli xudolarga 
sig‘inish va ko‘p xudolikdir. Ilk din shakllariga xos bo‘lgan tabiat 
voqeliklari, ya’ni daraxt, tosh, hayvon kabilarni ilohiylashtirish yangi 
tarixiy sharoit talablariga mos kelmay qoldi. Tabiat voqeliklarini 
ifodalovchi aniq shaklga ega bo‘lmagan g‘ayritabiiy mavjudotlar aniq 
qiyofali qudratli xudolar bilan almashtirildi. Qudratli xudolar dastlab 
ibtidoiy din turlari ta’sirida yarim odam, yarim hayvon qiyofasida 
tasvirlangan. 
Ko‘pxudolilik diniy tizimga xosdir. Uning dastlab ko‘pxudolilik 
shaklida paydo bo‘lishi obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar bilan 
bog‘liq. Obyektiv shart-sharoitlarga, birinchi navbatda, ishlab chiqarish 
munosabatlarining ta’sirini kiritish lozim. Mehnat taqsimoti jamiyatda 
kishilarni kasb sohasi bilan o‘zaro farqlanuvchi guruhlarga ajratdi. Mazkur 
guruhlar o‘ziga xos faoliyat turi, mehnat munosabati va madaniyatini 
ishlab chiqdilar. Ular o‘z sohasiga homiylik qiluvchi g‘ayritabiiy 
kuchlarga, ya’ni xudolarga sig‘inganlar. 
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ta’sirida qabilalar ittifoqi 
vujudga keldi. Bu ittifoq hukmron qabila atrofida o‘nlab qabilalarning 
birlashuvi tarzida amalga oshirildi. Hukmron qabila atrofga boshqa 
qabilalarni birlashtirish bilan birga, o‘z qadriyatlarining ittifoqda ustun 
bo‘lishini ta’minlashga harakat qilgan. Shu asnoda, unga homiylik qiluvchi 
xudo qabilalar ittifoqining bosh xudosi deb tan olingan. Qabilalar hukmron 
qabila xudosining ustunligini tan olishlari bilan birga o‘zlarining mahalliy 
xudolariga sig‘inishni davom ettirganlar. Ayni paytda, boshqa qabilalar va 
yurtlarning xudolari ham qabul qilingan. Oqibatda odamlar yuzlab, hatto 
minglab xudolarga va g‘ayritabiiy mavjudotlarga sig‘inganlar. Masalan, 
Qadimgi Misr fir’avni Ramzes II bilan Xett davlati hukmdori Xettusili III 
o‘rtasida tuzilgan tinchlik shartnomasiga mingta Misr va shuncha Xett 
xudosi kafil bo‘lgan.
Ko‘pxudolilik kundalik hayot talabidan kelib chiqqan. Zero, o‘sha 
davrda jamiyatdagi nisbiy barqarorlik va farovonlik shu qadar zaif 
37


bo‘lganki, inson erishilgan darajani saqlab qolish va yanada rivojlantirish 
uchun har qanday tasodiflarni yoki g‘ayritabiiy ta’sirlarni hisobga olishi va 
ulardan o‘zini himoya qilishi kerak edi. 
Yuqorida qayd etilganidek, qabila xudolari xo‘jalikning alohida 
sohalariga ham homiylik qilgan. Qabilada kundalik hayot tashvishlarini 
hal etilishiga bevosita yordam beradigan xudolarning mavqei baland 
bo‘lgan. Chunki odamlar xudolarga sig‘inar ekan ulardan o‘z hayotiy 
muammolarining hal etilishida yordam berishlarini so‘raganlar. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin