O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Protestantlarning o‘ziga xos jihatlari



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/49
tarix23.05.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#120147
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
c1ac7a2db35cc9d043f33d38d301475b Dinshunoslik asoslari o`quv qo`llanma

Protestantlarning o‘ziga xos jihatlari 
Xristianlikning katta yo‘nalishlaridan yana bittasi protestantizmdir 
(lotincha protestans – qarshi chiquvchi, norozi degan ma’nolarni 
anglatadi). U XVI–XVII asrlarda G‘arbiy Yevropadagi feodal tuzum va 
uning mafkuraviy tayanchi bo‘lgan reaksion katolitsizmga qarshi kuchli 
ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy va diniy harakatlarning boshlanishi 
sababli vujudga kelgan. Harakat ishtirokchilari katolik cherkovini 
yevangeliyalar g‘oyalaridan chekinishda ayblab, uni asl holatiga 
qaytarishni talab qilib chiqqanlar. Bu tarixda «reformatsiya harakati» 
(lotincha reformatio – o‘zgartirish, to‘g‘rilash kabi ma’nolarni anglatadi) 
deb ataladi.
Reformatsiya harakati chuqur tarixiy ildizga ega. Harakat bosh-
lanishidan oldingi davrlarda ham ruhoniylarning ma’naviy buzuqligi, o‘z 
vazifasini suiiste’mol qilishlari, dabdababozliklari, kishilarga befarqlik, 
tamagirlik va rasmiyatchilik kabi illatlari ilg‘or jamoatchilik vakillari 
tomonidan keskin tanqid qilingan. Jumladan, Oksford universiteting 
professori J. 
Viklif va Praga universitetining professori YA. 
Gusning 
chiqishlarini alohida qayd etish lozim. 
Germaniya va Shveysariya reformatsiyaning markazlari edi. Ushbu 
harakat keyinchalik G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga yoyilgan. 
Martin Lyuter (1483–1546), Tomas Myunser (1430–1525), J. Kalvin 
(1509–1564) reformatsiya harakatining tashkilotchilari va rahbarlari 
hisoblanganlar. 
O‘rta asrlarda katolik cherkovi asosiy boylik sanaluvchi yer may-
donlarining katta qismiga egalik qilgan. Aholi daromadning o‘ndan bir 
qismini soliq shaklida cherkovga to‘lagan. Ruhoniylar tushumlarni 
ko‘paytirish maqsadida xizmat to‘lovlari miqdorini oshirib borish bilan birga 
mansabni suiiste’mol qilish, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi vositalardan 
121


foydalanar edilar. Indulgensiyalar (lotincha ihduigehtia – rahm-shafqat degan 
ma’noni anglatadi) sotish keng qo‘llanilgan. Ruhoniylarning ma’naviy 
buzuqligi, befarqligi, beg‘amligi shu darajada keng ildiz otgan ediki, cherkov 
uni o‘z doktrinasida ham aks ettirishga majbur bo‘lgan. Doktrinaga binoan, 
ma’naviy fazilatlaridan qat’i nazar, diniy marosimni ruhoniy bajargan bo‘lsa, 
ilohiy ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Katolik cherkovidagi «nosog‘lom» munosabatlar reformatsiya 
harakatining vujudga kelishida muhim bo‘lgan, lekin uning asosiy sababi 
o‘z umrini yashab bo‘lgan feodal munosabatlardir. Feodal jamiyat 
negizida vujudga kelib, ijtimoiy mavqeini tobora mustahkamlab borgan 
burjuaziya hokimiyat uchun kurashda dastlab eski jamiyatning mafkuraviy 
tayanchi sanalgan katolik cherkovini mag‘lubiyatga uchratishi lozim 
bo‘lgan. 
Reformatsiya harakati dastlab Germaniyada Martin Lyuterning Rim 
papasiga qarshi chiqishidan boshlangan. 1517 yil 31 oktabrda Martin 
Lyuter o‘z qarashlarini 95 ta tezisda bayon etib, uni Vittenberg shahar 
cherkovlaridan birining darvozasiga osib qo‘ygan. Tezislarda cherkovning 
avliyolar yordamida xalos bo‘lish, a’rof, ruhoniylarning vositachilik 
vazifasi haqidagi ta’limotlari tanqid qilingan. Keyinchalik Rim papasining 
hokimiyati inkor qilingan. Lyuter cherkov tashkilotining iyerarxiya 
prinsipi asosida tuzilishini va boshqarilishini rad etgan, Isoning xaloskorlik 
kuchiga ishonchi orqali kishi mustaqil ravishda, cherkovning vosita-
chiligisiz xalos bo‘lishi mumkinligi g‘oyasini himoya qilgan. 
Martin Lyuter rohiblikni bekor qilish, diniy marosimlarni 
soddalashtirish va cherkovni dunyoviy hokimiyatga bo‘ysundirish ka-
bilarni talab qilib chiqqan. Uning talablari Germaniyada endigina 
shakllana boshlagan burjuaziyaning manfaatlariga mos kelgan. Shu-
ningdek, ko‘pchilik nemis knazlari va feodal guruhlarining vakillari ham 
unga xayrixohlik bildirgan. Mazkur guruhlar cherkovning katta yer 
maydonlariga egalik qilishi, behisob boyliklarga egaligi, german 
cherkovlarining Rim papasiga katta pul mablag‘lari ajratishi va 
davlatlarning ichki ishlariga doimiy aralashuvi kabilardan norozi 
bo‘lganlar. 
Bir guruh lyuterchi nemis knazlarining talabi bilan Shpeyer Reyxstag 
har bir nemis knazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash 
huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Lekin Germaniyada 
Rim papasiga qarshi kurash olib borishga qodir kuchli, markazlashgan 
davlat yo‘q edi. Rim papasining tazyig‘i bilan 1529 yilda Reyxstag bu 
122


qarorni bekor qilgan. Reyxstagning qaroriga javoban, 5 nafar nemis knazi 
va 14 nafar imperiyaning shaharlari Reyxstagdagi ko‘pchilikka qarshi 
norozilik (protest) bildirganlar. Mazkur voqeadan keyin xristianlikda 
reformatsiya natijasida paydo bo‘lgan yangi yo‘nalish «protestantizm» deb 
atala boshlangan. 
Germaniyadagi reformatsiya harakatida aholining o‘rtahol va 
kambag‘al tabaqalari ham keng ko‘lamda ishtirok etgan. Ularning man-
faatlarini Tomas Myunser o‘z qarashlarida himoya qilgan. Dastlab Tomas 
Myunser siyosiy faoliyatini lyuterchilar harakatida ishtirok etishdan 
boshlagan. Lekin keyinchalik Lyuterning qarashlari cheklanganligi va 
hukmron tabaqalarning manfaatiga xizmat qilishidan norozilik bildirib, 
diniy aqidalar va ijtimoiy-siyosiy muammolar tanqidida, Lyuterdan farqli 
o‘laroq, murosasizlik yo‘lini tanlagan. 
Tomas Myunser diniy ta’limotga munosabat sohasida cherkov tash-
kilotlarining quyidan yuqoriga bo‘ysunishiga asoslangan boshqaruv 
tartibiga qarshi chiqqan, ortodoksal diniy ta’limotlar va yepiskoplar 
hokimiyatini inkor qilgan, xudoga e’tiqod har bir kishining qalbida 
tug‘ilishi kerak, deb hisoblagan. Shu bilan birga kishi Isoning ruhini 
qalbida his qilsa, soxta haqiqat og‘usini tark etadi, oliy ilohiy haqiqatga 
erishadi, bunga erishishdagi tenglik fuqarolarning huquqiy tengligini 
bildiradi, deb ta’kidlagan. Tomas Myunser kishilarni umumiy tenglikka 
asoslangan ilohiy jamiyat qurishga da’vat etgan. Tomas Myunserning 
da’vati Germaniyadagi dehqonlar qo‘zg‘olonining shioriga aylangan. 
Dehqonlar qo‘zg‘oloni mag‘lubiyat bilan tugagan va Tomas Myunser 
asirga olinib, qatl etilgan. Uning tarafdorlari esa Yevropa davlatlariga 
tarqab ketganlar. 
XVI asrning birinchi yarmida reformatsiya harakati Yevropaning 
boshqa davlatlariga yoyila boshlagan. Bu harakatning yirik markazlaridan 
biri Shveysariya edi. Mamlakatning Jeneva va Syurix shaharlaridagi 
harakatlarga J. Kalvin va U. Svingli rahbarlik qilganlar. Shveysariyadagi 
reformatsiya harakati protestantizmda yangi kalvinizm oqimini vujudga 
keltirgan. Kalvinizm – burjuaziyaning katolik cherkoviga qarshi kurashi 
timsoli. Oqimda umum e’tirof etgan e’tiqod ramzi yo‘q. Injil esa diniy 
ta’limotning yagona manbai hisoblanadi. Taqdiri azal haqidagi ta’limot 
oqimning asosiy g‘oyalaridan biridir. Kalvinning fikricha, xudo ayrim 
kishilarni abadiy rohat-farog‘atda, ayrimlarni do‘zax azobida qiynalib 
123


yashash uchun yaratgan. Lekin har qanday kishi azoblardan xalos bo‘lishi 
mumkin, chunki xudo uni yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Xudoning marhamati 
tushgan kishi tashabbuskor bo‘lishi va abadiy rohat-farog‘atda yashashga 
loyiq ekanligini isbotlashi kerak. Bunday kishi tadbirkor va har ishda 
omadli bo‘ladi. U dunyoning lazzatlaridan tiyilishi, tejamkor bo‘lishi va 
kamtarona yashashi kerak. 
O‘rta asrlarda diniy marosimlarda qo‘llanib kelingan ikonalar, sham 
yoqish, xoch va boshqa vositalardan foydalanishdan voz kechilgan. Sirli 
marosimlardan faqat ramziy ma’nodagi cho‘qintirish, non va vino 
tortishdan foydalanilgan. Asosan cherkovda va’z o‘qishga katta e’tibor 
berilib, marosim diniy qo‘shiqlar va xudoga sig‘inishlar bilan to‘ldirilgan. 
Dindorlar jamoasini saylab qo‘yiladigan presviterlar (grekcha presbyteros 
– oqsoqol degan ma’noni anglatadi, xristian cherkovidagi ruhoniy kishi) va 
pastorlar (lotincha pastor – cho‘pon, podachi degan ma’nolarni anglatadi, 
protestant cherkovining xizmatchisi) boshqargan. Ular ayni paytda diniy 
marosimlarga rahbarlik ham qilganlar. Diniy tashkilotlarga esa avtonomiya 
huquqi berilgan. 
Reformatsiya harakatining yirik markazlaridan yana biri Angliya 
bo‘lgan. Bu mamlakatda reformatsiya yuqori tabaqalarning tashabbusi va 
boshchiligida amalga oshirilgan. 1531 yilda Angliya parlamenti katolik 
cherkovi aqidalari va marosimlarini saqlab qolgan holda cherkovning Rim 
papasidan mustaqilligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Cherkovga rahbarlik 
qilish vakolati esa qirol zimmasiga yuklatilgan. Barcha monastirlar yopib 
tashlanib, cherkov mulklari musodara qilingan. Rim papasiga qarshi 
kurash tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan yakunlangan. 1571 yilda 
Angliya parlamenti e’tiqod ramzi to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilgan. 
Ushbu hujjat asosida anglikan cherkovi vujudga kelgan. 
XVI asrda protestantizm yo‘nalishining asosiy oqimlari lyuteranlik, 
kalvinizm va anglikanlar cherkovi vujudga kelgan. Lekin yo‘nalish 
tarkibida oqimlarning shakllanish jarayoni hozirga qadar davom etmoqda. 
Ular qatoridagi baptistlar, metodistlar va pyatidesyatiniklar oqimlarini 
misol keltirish mumkin. Protestantizm yo‘nalishining turli oqimlardan 
tashkil topganligi ular o‘rtasida diniy ta’limot, aqida va marosimlarda 
umumiylik bormi, degan savol tug‘diradi. 
Protestantizm ta’limotida cherkov va rohiblarning xudo va odamlar 
o‘rtasidagi vositachilik vazifasi inkor qilinadi. Unda har bir kishining xudo 
124


bilan bevosita muloqot qilish va xalos bo‘lish imkoniyatiga ega ekanligi 
ta’kidlanadi. Ushbu aqidaning qabul qilinishi natijasida dindorlar 
zimmasidagi og‘ir yuk bo‘lmish hashamatli monastirlarni qurish va ko‘p 
sonli rohiblarni boqish zarurati o‘z-o‘zidan barham topgan. 
Odamlarning xudo bilan bevosita aloqa o‘rnatishi haqidagi aqidadan 
har bir dindorning ruhoniy bo‘lishi to‘g‘risidagi aqida paydo bo‘lgan. 
Unga binoan, protestantlik e’tiqodini qabul qilib, cho‘qintirilgan kishi va’z 
o‘qish va diniy marosimlarni bajarish huquqiga ega bo‘ladi. Bu 
ruhoniylarning umuman inkor qilinishini bildirmaydi, protestant 
ruhoniylari xristianlikning boshqa yo‘nalishlaridagidan farqlanadi. 
Ruhoniylar dindorlar jamoasi tomonidan saylanadi va faqat unga hisob 
beradi. Ularga dindorlarning tavba-tazarrusini qabul qilish va gunohlarini 
kechirish huquqi berilmagan. Bunday ruhoniylarning oila qurishlari 
mumkin va ular uchun selibat (lotincha caliebs – uylanmagan degan 
ma’noni anglatadi) qasami bekor qilingan. 
Injil – diniy ta’limotning asosiy manbai. Muqaddas rivoyatlar, ya’ni 
Rim papasining hujjatlari, «cherkov otalari»ning asarlarining ilohiy 
mazmunga egaligi tan olinmaydi, lekin ulardagi Injilning mazmunini aks 
ettiruvchi qismlaridan foydalaniladi. Injilni dindorlar ona tilida o‘qishlari 
e’tirof etilgan. Har bir kishi o‘z ona tilida diniy marosimlarni bajarish va 
Injilni mustaqil tafsir qilish huquqiga ega. 
Protestantizmning asosiy aqidalari sifatida qabul qilingan odamlarning 
gunohkorligi va Isoning birlamchi gunohni yuvish uchun o‘zini qurbon 
qilganligiga ishonish bilan xalos bo‘lish mumkinligi g‘oyasi targ‘ib 
qilinadi. Sirli marosimlar, zohidlik, savob ish qilish kabilar kishining xalos 
bo‘lishiga yordam berolmaydi. Odamlarning ichki tabiati birlamchi gunoh 
ta’sirida tamoman o‘zgarganligi bois ular xudoning ko‘magisiz, mustaqil 
yaxshilik qilish imkoniyatiga ega emas. Yaxshilikning namoyon bo‘lishi 
insonning shaxsiy xislati emas, balki xudoga bo‘lgan muhabbatining sama-
rasidir. Odam gunohkor va gunohdan xalos bo‘lish uchun xudoni doimo 
yodda tutishi, unga sig‘inishi kerak. Bu amal bilan mustahkamlanmasa, 
kutilgan natijani bermaydi. Odam o‘zining kundalik vazifalarini 
sidqidildan bajarishi lozim. O‘z vazifalariga sidqidildan yondashish 
kishining xudoga nisbatan munosabati qanchalik samimiy ekanligidan 
dalolat beradi. 
125


Protestantizmda taqdiri azalga ishonish mavjud. Unga ko‘ra, xudo 
kishining tug‘ilishidan oldin taqdirini belgilab qo‘yadi. Odamning yerdagi 
hayotida xudo uning taqdirini qanday belgilaganini bilib bo‘lmaydi. Lekin 
insonning mehnatsevarligi, ishdagi omadliligi, tijoratdagi yutuqlari, 
badavlat va baxtli yashashi kabilar unga xudoning nazari tushganligi va 
poklanish belgilari sifatida qabul qilinadi.
Protestantizmda diniy marosimlar soddalashtirilgan va ortiqcha 
xarajatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Ibodatlar va’z va duo o‘qish, psalom (diniy 
qasida va ashula)lar kuylash, Injildan parchalar o‘qish bilan cheklanadi. 
Marhumlar ruhiga, Bibi Mariyam, avliyolar va ikonalarga sig‘inish, 
a’rofga ishonish kabilar bekor qilingan. Ibodatxonalardan hashamatli va 
ko‘p chiqim talab qiluvchi jihozlar (qo‘ng‘iroqlar, mehroblar, ikonalar, 
haykallar va boshqa bezaklar) olib qo‘yilgan. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, protestantizm yo‘nalishi G‘arbiy 
Yevropada katolik cherkovining zo‘ravonligi, odamlar taqdiriga befarqligi, 
ma’naviy aynishi, boylikka o‘chligi, ijtimoiy va madaniy hayotdagi 
taraqqiyparvar o‘zgarishlarga to‘sqinligiga qarshi bo‘lgan yangi ijtimoiy-
siyosiy kuchlar mafkurasi sifatida vujudga kelgan. Qayd etish joizki, katolik 
cherkoviga qarshi qaratilgan ijtimoiy-siyosiy harakat dahriylik harakati emas, 
balki cherkovdagi illatlarga, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi 
siyosiy katolitsizmga qarshi qaratilgan harakat edi. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin