O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Qur’on, uning mazmuni va tuzilishi



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/49
tarix23.05.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#120147
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
c1ac7a2db35cc9d043f33d38d301475b Dinshunoslik asoslari o`quv qo`llanma

Qur’on, uning mazmuni va tuzilishi.
Sunnat va hadislar 
Musulmon an’analariga ko‘ra, Ollohning irodasi va o‘gitlari 
Muhammad payg‘ambarga farishta Jabroil orqali vahiy (arabchada – 
uqtirilgan degan ma’noni anglatadi) qilingan. Vahiy kelgan kun islomda 
Laylat-ul qadr kechasi (arabchada – taqdirni hal qiladigan kecha degan 
ma’noni anglatadi) deb yuritiladi. O‘z navbatida, payg‘ambar bu o‘gitlarni 
kishilarga yetkazgan. Bu narsa musulmonlarning muqaddas kitobi 
Qur’onda (arabchada – o‘qimoq degan ma’noni anglatadi) bayon etilgan. 
Muhammad davrida diniy ta’limot tartib bilan yozib borilmagan. 
Uning hayotligida muqaddas bitikka ehtiyoj bo‘lmagan, chunki din va 
davlat ishlari bilan bog‘liq masalalarni payg‘ambarning o‘zi bevosita hal 
etgan. U vafot etganidan keyin diniy ta’limot bayon etilgan muqaddas 
yozuvlarga ehtiyoj tug‘ilgan. Muqaddas bitikning yagona matnini 
tayyorlash maqsadida xalifa Abu Bakr 632 yilda Qur’on sahifalarini 
to‘plab, dastxat qilishni sahoba (arabchada – hamroh, do‘st degan 
ma’nolarni anglatadi) Muhammad Zayd ibn Sobitga topshirgan. Uning 
tahririda tayyorlangan qo‘lyozma matni suhuf (arabchada sahifalar degan 
ma’noni anglatadi) deb nomlangan. Lekin suhuf matni bilan Qur’on 
suralarini (arabchada izra – devorni terishda ishlatiladigan g‘isht yoki 
toshning bir qatori degan ma’nolarni anglatadi) mustaqil to‘plovchilarning 
matnlari o‘rtasida tafovutlar mavjud bo‘lgan. Bu esa dinda katta 
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Xalifa Usmon muqaddas 
bitiklar bilan bog‘liq tafovutlarni bartaraf etish maqsadida o‘zining rah-
barligida ijodiy guruh tuzgan. Ijodiy guruh 651 yilda Qur’onning asl 
nusxasini tayyorlagan. Undan farq qiladigan barcha matnlar yo‘q qilingan. 
Tayyorlangan nusxa xalifa Usmon mus’hafi (arabchada – o‘rama qog‘oz, 
pergament degan ma’nolarni anglatadi) deb atalgan. 
Ma’lumki, Qur’oni karim jami 114 suradan iborat. Har bir sura, o‘z 
navbatida, Olloh o‘gitlaridan iborat oyatlarga (arabchada – mo‘jiza degan 
ma’noni anglatadi) bo‘linadi. Qur’ondagi birinchi suradan tashqari qolgan 
barcha suralar hajm jihatdan torayib, kichiklashib, ixchamlashib boradi. Eng 
uzun suralar Qur’onning boshida va eng qisqa suralar esa oxirida 
133


joylashtirilgan. Shuning uchun unda xronologik va mantiqiy tartib yo‘q. 
Qur’onda har bir suraga nom berilgan, lekin ko‘pchilik hollarda suraning 
nomi mazmuniga mos kelmaydi. Birinchi sura «fotiha» yoki «ochuvchi sura» 
bo‘lib, u musulmonlar takrorlab o‘qiydigan duodan iborat. «An-nos» surasi 
bilan Qur’oni karim yakunlanadi. Har bir sura doirasida oyatlar tartib bilan 
raqamlangan. Suralarda oyatlarning soni turlicha (masalan, eng qisqa 
hisoblanuvchi 103, 108, 110-suralar uchta oyatdan, eng uzun – 2-sura esa 
286 oyatdan iborat). Oyatlarga suralar kabi nom berilmagan. Hajmi jihatdan 
oyatlar ikki so‘zning birikmasidan (masalan, 82-suraning 1–5 oyatlari) yoki 
tugal fikrni ifodalovchi katta jumlalardan (masalan, 3-suraning 11, 14, 18, 
19, 20 singari oyatlari) tuzilgan. Ko‘p oyatlar mazmunan bir-birini takror-
laydi. Bunga sabab, o‘sha davrda ma’lum g‘oya, rivoyat va ko‘rsatmalarni 
takror aytish keng qo‘llanilgan. Suralar matniga o‘zgartishlar kiritmasdan 
oyatlarga taqsimlash XX asrning boshlarigacha davom etgan. Shu bois 
Qur’onning har bir tarixiy davrdagi nashrlarida oyatlarning soni turlicha 
ko‘rsatilgan (masalan, 1989 yilda chop qilingan «Islom ma’lumotnomasi»da 
6204 tadan 6232 tagacha oyatlar qayd etilgan).
Diniy rivoyatlarga ko‘ra, Qur’onning matni Muhammadga 22 yil 
davomida vahiy qilinganligi sababli tarixiy davr va sharoit ta’sirida undagi 
ayrim ko‘rsatmalar o‘zgarib borgan. Uning matni mazmunida ziddiyat, bir-
birini inkor etuvchi fikrlar paydo bo‘lgan. Buni hal etish uchun nas’h (arab 
tilida – bekor qilish degan ma’noni anglatadi) nazariyasi ishlab chiqilgan. 
Mazkur nazariya bo‘yicha Qur’onda nas’h (bekor qiluvchi) va mansuh 
(bekor qilinuvchi) oyatlar mavjud. Keyinroq ijod etilgan oyatlar (nosih), 
ilgarigi, mazmunan qarama-qarshi bo‘lgan oyatlar (mansuh)ni inkor etadi. 
Qur’onning 40 
dan ortiq suralarida ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar 
mavjudligi qayd qilingan. 
O‘z mazmuniga ko‘ra, Qur’on turli qonun-qoidalar majmui, an’ana va 
udumlar, afsona va rivoyatlardan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi arab 
aholisi o‘rtasida keng tarqalgan. Qur’onda asosan yakkayu-yagona 
yaratuvchi xudo – Olloh va uning irodasiga so‘zsiz itoat etish lozimligi 
haqida gapiriladi. Qur’onga binoan, Olloh olamni olti kun davomida, ya’ni 
birinchi kun samoni, ikkinchi kun Quyosh, Oy, yulduzlar va shamolni, 
uchinchi kun yerda va suvda yashovchi turli maxluqlar, shuningdek 
osmonda yashovchi farishtalar va havoni, to‘rtinchi kun suvni (barcha 
maxluqlarga taom belgilagan va shu kundan e’tiboran, uning irodasiga 
binoan, daryolar oqa boshlagan), beshinchi kun jannatni, oltinchi kun 
Odam Ato va Momo Havolarni yaratgan. Shanba kuni esa hech narsa 
yaratilmagan, barcha ishlar yakunlangan bo‘lib, olamda osoyishtalik va 
uyg‘unlik hukm surgan. 
134


Qur’onga ko‘ra, Olloh yetti olamni yaratib, ularni ustma-ust 
joylashtirgan. Eng quyi olamda Quyosh va Oyni mustahkamlagan. So‘ng u 
yerni odamlar oyog‘i ostiga gilam kabi to‘shagan va uning surilib 
ketmasligi uchun ustiga tog‘larni bostirib qo‘ygan. Insonni yaratish 
xudoning faoliyatidagi eng oliy ish hisoblanadi. Olloh dastlab barcha 
go‘zal narsalarni, keyin odamni yaratishga kirishgan. U inson jismini 
tuproq va loydan yasab, muayyan tuzilish ato etgan, so‘ng ko‘z, quloq, 
yurak bilan to‘ldirib, muqaddas ruhiy hayot bag‘ishlagan.
Qur’on matni mazmunini tushunish asrlar davomida qiyinlashib 
borgan. Muqaddas kitobni tafsir qilish (izohlash) an’anasi muammoni 
yanada murakkablashtirgan. Tafsirning xilma-xil tiplari mavjud. Ularning 
eng asosiylari qadimgi rivoyatlarga, ilk sharhlarga tayanib tafsirlash, 
ilohiyotga asoslanib, Qur’onni ichki ziddiyatlardan xoli, an’anaviy 
qarashlar bilan tushunib bo‘lmasligiga asoslanib ratsional tafsir qilish, 
muqaddas kitobning mazmunini tushunishni darajalovchi tafsir. Bunda 
kishining ma’naviy barkamolligi va tushunchasiga katta e’tibor berilgan. 
Qur’onning matnini tafsir qilish uni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
hayotga moslashtirishga imkon bergan. 
Islomning muqaddas manbai – Qur’oni karim ijtimoiy hayotdagi 
o‘zgarishlarga to‘liq javob berish imkoniyatiga ega emas edi. Shu tariqa 
pand-nasihatlar yig‘indisi – sunnat (arabchada – odat, an’ana, xatti-harakat 
tarzi kabi ma’nolarni anglatadi) vujudga kelgan. Islomda sunnat ahamiyati 
jihatdan Qur’ondan keyin turadi. U Muhammad (SAV)ning so‘zlari va xatti-
harakatlari bayon qilingan muqaddas rivoyatlardan iborat. Sunnat VII 
asrning o‘rtalarida vujudga kelgan. 
Sunnat hadislardan (arabchada – hikoya, xabar, bildirish, parcha 
degan ma’nolarni anglatadi) tashkil topgan. Ular Muhammad 
payg‘ambarning hayoti, faoliyati va ko‘rsatmalari haqidagi rivoyatlardan 
iborat. Arab xalifaligi tashkil topganidan keyin ijtimoiy, siyosiy va 
madaniy hayotdagi o‘zgarishlarning diniy ta’limotda aks ettirilishi zarurati 
va siyosiy hokimiyat uchun kurashda turli guruhlar Muhammadning obro‘-
ehtiromiga tayanishga intilishi sababli, hadislarning soni jadal sur’atlar 
bilan ko‘payib borgan. Hadislarni to‘plashdagi bunday tartibsizlikka faqat 
IX asrda chek qo‘yilgan. Shu davrga kelib, ular tartibga solingan va din, 
axloq, fiqhning muqaddas manbaiga aylangan.
Hadislarni yig‘uvchi, sharhlovchi, targ‘ib etuvchi shaxslar «muhaddis» 
deb atalgan. Muhaddislar hadislarni to‘plashda, birinchidan, isnod (arabchada 
– tayanch degan ma’noni anglatadi), ya’ni hadisni ma’lum qilgan kishilarni 
sanab o‘tishlari, ikkinchidan, matn, ya’ni hadisning mazmunini bayon 
135


qilishlari kerak. Nufuzli hadislar to‘plamida qo‘shimcha ravishda hadislarga 
sharhlar beriladi. Hadislar to‘plamlari juda ko‘p, doimo ularning oltitasi 
alohida e’zozlanadi. Oltita to‘plamdan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 
(810-870) va Muslim an-Nishopuriy (817-875) qalamiga mansub hadislar 
to‘plami ishonchli deb tan olingan. Islomdagi yo‘nalish va oqimlarning ha-
dislarga munosabatlarida turlicha yondashuvlar mavjud. Shunga qaramasdan 
hadislar to‘plamlari umumiy ahamiyatga ega qadriyatdir. Shialik yo‘nalishi 
alohida hadislar to‘plamiga ega bo‘lib, ularda Muhammadning oilasiga 
alohida e’tibor beriladi. Lekin ikkala yo‘nalish ham hadislarning muqaddas 
rivoyatlar sifatidagi ahamiyatini inkor etmaydi. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin