3)
Ollohning kitoblariga ishonish. Musulmonlar Qur’onni abadiy va
odamlar tomonidan yaratilmagan deb hisoblaydilar. Islomda Olloh
muqaddas ta’limotini Muhammaddan oldin Muso (Moisey) va Iso
(Iisus)larga vahiy qilgan. Tavrot, Injil va Zabur (Psaltir – qadimgi yahudiy
dinining duolar to‘plami) kabi muqaddas bitiklar Qur’ondan
oldin
yuborilgan manbalardir. Shuning uchun ham islom boshqa dinlar
ta’limotiga o‘xshaydi. Qur’on muqaddas bitiklarning eng so‘nggisidir.
Qur’ondagi har bir ibora muqaddas hisoblanadi, u xudo tomonidan vahiy
qilingan va unga shak keltirish mumkin emas;
4)
Ollohning payg‘ambarlariga ishonish. Payg‘ambarlar ilohiy
haqiqatni bandalarga yetkazadilar, ularni va’z, nasihat
bilan haq dinga va
yaxshi ishlarga chaqiradilar. Qur’onda 25 nafar payg‘ambarning ismlari
qayd etilgan, biroq musulmonlar Muhammadni barcha payg‘ambarning
payg‘ambari, deb hisoblaydilar. Payg‘ambarlar ikki turga bo‘linadilar:
rasullar va nabiylar. Olloh alohida kitob va shariat bergan payg‘ambarlar
«Rasul» deb ataladilar. Olloh alohida kitob va shariat ato etmagan, lekin
rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan
payg‘ambarlar «nabiylar»deb ataladi. Rasullar nabiy bo‘lishi mumkin,
lekin nabiylar rasul bo‘laolmaydilar.
5)
oxirat kuniga ishonish. Oxiratda (arabchada – oxirgi kun, dunyo-
ning tugash kuni degan ma’nolarni anglatadi)
Olloh va u xohlaganidan
boshqa hech narsa qolmaydigan kun. Uning qachon bo‘lishini faqat Olloh
biladi. Oxirat kunida Yerdagi hayot tugaydi. Ollohning qudrati bilan
o‘lganlar qayta tiriladilar va bir joyda – Mahshar yerida to‘planadilar;
6)
islom e’tiqodini qabul qiluvchi har bir kishi o‘z taqdirining Olloh
tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgani (taqdiri azal)ga ishonishi lozim.
Qur’onda yozilishicha, «Olloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning
ko‘nglini islom uchun keng qilib qo‘yar.
Kimni adashtirishni istasa, uning
ko‘nglini «tor va tang qilib qo‘yar»
10
. Ollohning irodasiga musulmonlar
so‘zsiz itoat etishlari shart;
7)
o‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish. Ollohning irodasi bilan
qayta tirilgan odamlarning «Mahshar yeri»da to‘plangan kuni qiyomat deb
ataladi. Bu kunda har bir inson o‘z qilmishiga loyiq mukofot, ajr oladi:
kimdir do‘zaxda qiynoq azobiga duchor bo‘lsa,
yana kimdir jannatda
rohat-farog‘atda yashashga muyassar bo‘ladi.
Islomda diniy e’tiqod, marosim, urf-odat, huquq va axloq normalardan
tashkil topgan dindorlar uchun oddiy, bajarilishi qulay shartlar to‘plami
10
/ %! . –
., 1992. – >. 95.
137
farzlar ishlab chiqilgan. Ularni bajarmaganlar islomdan chiqqan deb
hisoblanadi. Farzlarning eng asosiysi «islom arkonlari» deb ataladi va
quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: