bechora, kambag‘allar jamoasining hayot kechirishini ta’minlashga xizmat
qiladi.
Haj. Shariatga binoan, har bir musulmonning hayotda aqalli bir marta
Makka shahrining muqaddas yerlarini hamda xudoga sig‘inishi va Ka’bani
ziyorat qilishi. Ziyorat quyidagi talablarni bajarishni taqozo etadi: Ka’bani
yetti marta aylanish, qora toshni o‘pish, Safa va Marva tepaliklari o‘rtasida
tez yurish, Zamzam muqaddas qudug‘idan suv ichish, Arafot tog‘i
yonida
turish, Mino vodiysida shaytonga tosh otish, Ollohga qurbonlik qilish kabi
marosimlar shular jumlasidandir. Kim haj qilsa, «hoji» unvoniga ega
bo‘ladi va uning oq salla o‘rab yurishiga ruxsat etiladi.
Musulmon ruhoniylari yuqorida bayon etilgan beshta asosiy farzdan
tashqari, yana bir farz – jihod (g‘azovot)ni tashviq qiladilar. Qur’onda bu
haqda birmuncha aniq ma’lumot berilgan. Yilda sakkiz oy (to‘rt
oy qon
to‘kish taqiqlangan oylar hisoblanadi) yomonlikka, dushman kuchlariga
qarshi yoki dinni kuch yordamida yoyish (bu masalada musulmonlarning
qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi) uchun kurashish muqaddas ish
deb baholanadi. Muhammad payg‘ambar o‘gitlariga ko‘ra, «ulug‘ jihod»
bu musulmonning e’tiqodi va gunohlariga tavba-tazarru qilish ehtiyoji
o‘rtasidagi ma’naviy kurash bo‘lsa, «qurolli kurash» din yo‘lidagi
odatiy
harakatdir.
Islom aqidalariga ko‘ra, muqaddas jihodda ishtirok etish, hatto halok
bo‘lish kishini gunohlardan forig‘ qiladi va shahidning jannatdan o‘rin
olishida buning ahamiyati kata hisoblanadi. Aytish joizki, jihod tarzida
nafaqat bosqinchilik urushlari, balki milliy
ozodlik kurashlari ham olib
boriladi (masalan, XX asrda bu shior ostida qator milliy-ozodlik kurashlari
bo‘lib o‘tgan).
Islomda diniy bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Ular qatorida eng
katta e’tiborga ega bo‘lganlari Ro‘za hayit, Qurbon hayit, Me’roj, Mavlud
bayramlaridir.
Dostları ilə paylaş: