Beshinchi yo‘nalish vazifalarning bir qismini respublika markazidanjoylardagidavlatboshqaruviorganlarigao‘tkazish. Hozirgi kunda ko‘pgina davlatlar mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining tobora faol subyektlariga aylanib bormoqda. Mahalliy miqyosda ilgari o‘z yechimini topmagan va faqat markazda topgan katta va jiddiy masalalar ham hal etilmoqda.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari o‘z faoliyatini yanada ko‘proq quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga qaratmoqdalar:
ijtimoiy siyosatni, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoyalash sohalarida amalga oshirish;
uy-joy-kommunal xo‘jaligining ishonchli va samarali ishlashini hamda idoralarga qarashli aholi punktlari obodonchiligini ta’minlash;
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit, aholi bandligini kengaytirish va barqaror daromad manbaini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish;
yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;
bevosita xo‘jalik subyektlarining joylashgan o‘rni va aholining yashash joyiga ko‘ra biznesga oid tartib-qoidalarni amalga oshirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari hamda fuqa- rolik jamiyati tuzilmasining samarali faoliyat yuritishiga ko‘mak- lashish.
Ayni paytda davlat boshqaruvi vazifalarining bir qismini markazdan mintaqalarga o‘tkazish joylarda mintaqaning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarni mustaqil hal eta oladigan davlat xizmatchilarining malakali tarkibini shakllantirishni talab qiladi.
Shuningdek, hokimlarning o‘zlariga ishonib topshirilgan hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan
yillik va o‘rta muddatli dasturlarning amalga oshirilishi yuzasidan aholi oldida, xususan ommaviy axborot vositalari orqali doimiy hisobot berib borishlari juda muhimdir.
Oltinchi yo‘nalish davlat hokimiyati vazifalarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish.Mahalliy hokimiyat organlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla, fuqarolar yig‘ini) bilan o‘zaro munosabatlari yangicha ahamiyat kasb etmoqda. O‘zini o‘zi boshqarish organlarining an’anaviy shakli bo‘lgan va davlat boshqaruvi tizimiga kirmaydigan mahallalar tobora ko‘proq vakolatlarga ega bo‘lib borayapti.
Ular an’anaviy vazifalarni bajarish bilan bir qatorda kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy nafaqa berishni amalga oshiradi, shuningdek, kommunal va boshqa to‘lovlarni yig‘ish, hududning sanitariya holatini saqlash va obodonchiligini ta’minlashda tegishli xizmat idoralariga ko‘maklashadi.