Birinchi yo‘nalish – bir paytning o‘zida tarmoq boshqaru- vidanfunksionalboshqaruvgao‘tishninazardatutuvchigorizontal nomarkazlashtirish. Mustaqillik yillarida vazirliklar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan- to‘g‘ri davlat boshqaruvi vazifalarini amalga oshiruvchi tarmoq idoralari soni keskin qisqardi. Respublika miqyosidagi 50 dan ortiq vazirlik va idoralar qayta tashkil etildi. Ma’muriy islohotlar sharoitida hukumat qaroriga muvofiq iqtisodiyotning turli sohalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi vazifalarini amalga oshiruvchi 20 dan ortiq tuzilma tugatildi va qayta tashkil etildi.
Davlat iqtisodiy boshqaruvining asosiy negizlari Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlan- tirish davlat qo‘mitasi, Davlat mulk qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining ish faoliyati umummilliy davlat manfaatlari nuqtai nazaridan strategik vazifalarni hal etishga yo‘naltirildi.
Davlat boshqaruv organlarini isloh qilish jarayonida saqlanib qolgan vazirliklar va qo‘mitalar Nizomini tasdiqlash davomida davlat boshqaruvining muhim bo‘lgan huquqni o‘rnatish va huquqni ijro etish vazifalari o‘zgaradi. Agentliklarga asosan, egalik qilish va ijro etish vazifalari inspeksiyalarga - qonunchilik ijrosi yuzasidan kuzatish va nazorat qilish vazifalari yuklatiladi.
Ikkinchi yo‘nalish davlat va xo‘jalik boshqaruvi vazifalarining bo‘linishi.1997-yildan boshlangan islohotlar davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish xo‘jalik va davlat boshqaruvi vazifalarini bo‘lish jarayonini tugallashga qaratilgan. Shunday qilib, bosqichma-bosqich tarzda tegishli xo‘jalik birlashmalari nazorat ishlaridan ozod qilindi. Bu barcha nazorat-taftishga oid boshqaruv idoralarini tugatish (ular o‘rniga mustaqil auditorlik kompaniyalari rivojlanib ketdi),
«O‘ztemiryo‘lnazorat», «Avianazorat», «Davlat avtomobil va daryo
transporti agentligi» kabi maxsus inspeksiyalarni tuzish orqali amalga oshirildi.