O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Gorizontal nomarkazlashtirish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə158/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Gorizontal nomarkazlashtirish. Bunda hukumat vazifalari vazirliklar va idoralarga o‘tadi. Ularga parlament va markaziy hukumat tomonidan belgilangan strategiya, standart va budjetga muvofiq davlat xizmatini ko‘rsatish masalasini hal etishda erkinlik beriladi.
Vertikal nomarkazlashtirish. Mazkur uslubda vazifalar markaziy ijroiya hokimiyatdan davlat hokimiyatining mustaqil organlariga va joylardagi mustaqil boshqaruv organlariga o‘tkaziladi. Bunda joylardagi mustaqil boshqaruv organlari qonunchilikka muvofiq tegishli xizmat turlarini ko‘rsatish va moliyalash masa- lasini hal etish hamda strategiyasini belgilashda to‘liq yoki qisman mustaqillikka ega bo‘lishi mumkin.
Markaziy boshqaruv organlarining (vazirliklar va idoralar) vazifalarini vertikal dekonsentratsiyalash. Bu ayrim vazifalarni tegishli hududiy bo‘linmalarga berish orqali amalga oshiriladi. Bunda
markaziy vazirliklar va idoralarning hududi boshqaruv organlari o‘z faoliyatini markaziy hukumat va tegishli idoralar belgilaydigan strategiya doirasida amalga oshiradi hamda odatda, davlat budjetidan moliyalashtiriladi.
Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida vazifalarni nodavlat tashkilotlariga o‘tkazish.
O‘zbekistonda ma’muriy islohot doirasida davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish davlatning boshqaruv darajalari o‘rtasida vakolatlarni aniq belgilab olish va davlat vakolatining o‘sib kelayotgan qismini bosqichma-bosqich o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Nomarkazlashtirish va vakolatlarni cheklashning asosiy tamoyillari quyidagicha:

  • respublika davlat boshqaruv organlarida davlatning siyosiy, strategik, tartibga soluvchi va huquqni belgilovchi vazifalarini markazlashtirish;

  • joriy davlat boshqaruvi ijroiya faoliyatining asosiy qismini hududiy (viloyat, tuman, shahar) darajaga o‘tkazish;

  • siyosiy, strategik, tartibga soluvchi vazifalarni bajarish talab etilmaydigan sohalarda davlat boshqaruvining mustaqil bo‘lgan viloyat tuzilmalarining (respublika organlari tasarrufida bo‘lmagan) faoliyat yuritishi;

  • davlat kundalik vazifalarini bajarish davomida aholi yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan mustahkam aloqa o‘rnatish zarur bo‘lganda yoki bu faoliyat faqat idoraga qarashli hududdagi aholi manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa (masalan, uy-joy kommunal xo‘jaligining ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlash, obodonlashtirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kichik biznesni rivoj- lantirish sohalaridagi siyosatni amalga oshirish), respublika organlarining viloyat bo‘g‘inlari ishlab turishi;

  • aholiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq joriy ijroiya faoliyat ko‘lami keng bo‘lgan hollarda respublika (viloyat) organlarining tuman (shahar) bo‘g‘in- lari faoliyat yuritishi;

  • davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni aholiga, tadbirkorlik subyektlariga, iste’molchilarga imkon qadar yaqin-

lashtirish (masalan, viloyat darajasida ijtimoiy va transport infra- tuzilmasi qurilishi, ro‘yxatdan o‘tkazish taomillari, soliqlarni to‘lashni shahar va tuman darajasiga yaqinlashtirish).
Respublikada davlat boshqaruvi vakolatlarini cheklash va vazifalarni nomarkazlashtirish bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi.


Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin