Uchinchi yo‘nalish vertikal tarmoq dekonsentratsiyasi. Bu jarayon respublika organlari vazifalarining bir qismini quyi tuzilmalarga, jumladan, xususiy sektorga berish orqali amalga oshiriladi. Hukumat markaziy apparati tarmoqlar va korxonalarning joriy muammolarini hal etish bilan band. Bu hol strategik boshqaruv masalalarini sifatli ishlab chiqish, xo‘jalik subyektlari mustaqilligini oshirish, davlat boshqaruvi va korxonalarning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda boqimandalik kayfiyatini butunlay yo‘qotishga yordam bermaydi.
Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish jarayonida quyi davlat organlariga davlat mulkini boshqarish va tartibga solish ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va nazorat qilish vazifalari beriladi. Masalan, o‘z davrida tugatilgan Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi vazifalarining bir qismi «O‘zkommunxizmat» agentligiga berilgan. Tugatilgan vazirlikning ko‘pgina vazifalari mahalliy hokimiyat organlariga, xususan, xususiy sektorga olib berilgan. «O‘zbaliq»,
«O‘zparrandasanoat», «O‘ztransqurilish», «O‘zmashsanoat»,
«O‘zqog‘ozsanoat» kabi tugatilgan uyushmalar tizimiga kirgan korxonalarni bugungi kunda aksiyadorlarning o‘zlari bosh- qarmoqda.
To‘rtinchi yo‘nalish resurslarning markazlashtirilgan taqsi- motinitugatish. Mavjud taqsimlash tizimini bekor qilmasdan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining korxonalar faoliyatiga aralashuvini nomarkazlashtirib va qisqartirib bo‘lmaydi. Garchi, O‘zbekistondagi markazlashgan taqsimlash tizimi asosan, iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichlarida o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, biroq, resurslarning alohida strategik turlari (paxta tolasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, rangli metallarning ayrim turlari, kabel-o‘tkazgich mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlari) bo‘yicha eskicha taqsimot mexanizmi amal qilaverdi, taqsimlash organlariga bozor tizimiga xos bo‘lmagan hukmronlik vakolatini berdi va korrupsiya uchun zamin yaratdi.
Aynan shuning uchun Respublika Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan taqsimot tizimidan butunlay voz kechish va
mahsulotlarni sotishning bozor mexanizmini joriy etish ma’muriy islohotlarning muhim yo‘nalishi deb belgilandi. 2003-yil kuzida paxta tolasini sotishning taqsimlash tizimi o‘rniga birja savdosi tizimi yuzaga keldi. Hozirgi kunda tadbirkorlar birja va yarmarka savdo tarmog‘i orqali bir-biri bilan teng sharoitlarda raqobatlashgan holda ko‘pgina xom ashyo va mineral resurslarni, jumladan, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘it, qora va rangli metall, o‘simlik yog‘i, bug‘doy, un, shakar va hokazolarni sotib olishlari mumkin.