O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Yettinchi yo‘nalish — vazifalarni davlat boshqaruv organla- ridan nodavlat notijorat tashkilotlariga o‘tkazish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə162/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Yettinchi yo‘nalish — vazifalarni davlat boshqaruv organla- ridan nodavlat notijorat tashkilotlariga o‘tkazish.


O‘zbekistonda nohukumat tashkilotlar tez o‘sib kelayotgan ijtimoiy sektor hisoblanadi. Yaqin istiqbolda ularni muhim ijtimoiy- siyosiy vazifalarni hal etishda, jumladan, jamiyat salohiyatini oshirish va qo‘llab-quvvatlash borasida mahalliy hokimiyatning teng huquqli hamkori sifatida ko‘rish mumkin.
Masalan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, suvdan foydalanuvchilar uyush- malari, buxgalterlar uyushmalari kabi nohukumat tashkilotla- rining faoliyati bunga misol bo‘la oladi. Davlat hozirgi kunda ilgari turli davlat tuzilmalari bajargan muhim vazifalarni ularga o‘tkazgan. Shunday qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish islohotlarning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvi samaradorligini va oshkoraligini oshirishga yordam beradigan hokimiyatni nomarkazlashtirish jarayonini faollashtirishni talab qiladi. Aynan shu bois, mamla- katimiz Prezidenti mazkur ma’muriy islohotlarning tashabbuskori va g‘oyaviy rahbari sifatida kun tartibiga o‘ta muhim masalani qo‘ydi. Unga ko‘ra, bozor islohotlari jarayoni davlat hokimiyatining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatishning ma’muriy dastaklarini tuzatish, qarorlar qabul qilishda joylardagi ijroiya va vakillik organlarining vakolatlarini oshirish, davlat tomonidan berilgan vazifalarni amalga oshirish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini kadrlar bilan ta’minlash, fuqarolarning siyosiy faolligini va tashabbus- korligini oshirish bilan o‘tkazilishi lozim.


    1. §. Iqtisodiyot sohasini boshqarish


Iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining asosi hisoblanadi.


«Mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib turmush sharoiti yaratib berish borasida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarimiz hamda mintaqa va jahon bozorlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ustuvor vazifa avvalgidek – bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishdan iborat. Bu yo‘nalishda ko‘p ishlar qilindi, ammo yaqin vaqt ichida hal qilishimiz lozim bo‘lgan masalalar ham oz emas. Ya’ni, eski ma’muriy taqsimot tizimi qoliðlaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur»1 .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrda qabul qilingan farmoniga2 ko‘ra iqtisodiyotga bozor mexanizmi va uslublarini joriy qilishni davom ettirish, jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish talablariga muvofiq iqtisodiyot va statis- tika organlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil qilindi hamda mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli




1 Kapumoв И.А. ¤çáåk õал³è µå÷ ³а÷îí, µå÷ kèìãа ³аðаì áулìаéдè. T.13.
– T. 2005. – 209-á.
strategiyasi hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, quyidagi g‘oyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur o‘ylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga yuklandi.
Iqtisodiyot vazirligi quyidagi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi:

  • makroiqtisodiy barqarorlikka, iqtisodiyotni mutanosib va tez sur’atlarda o‘sishiga erishish;

  • ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;

  • boy tabiiy va mineral xom ashyo resurslaridan yaratilgan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali va oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan aniq maqsadli tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport imkoniyatini rivojlantirish va mamlakat iqtiso- diyotini jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyalashuviga erishish;

  • yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat resurslarini ish bilan oqilona ta’minlash muammolarini hal etish, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholi turmush darajasini barqaror, izchil o‘stirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;

  • mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining mutanosib va kompleks rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlaridan maqbul va samarali foydalanish hamda respublika hududlari bo‘yicha joylashtirilishini ta’minlash.

Iqtisodiyot vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa va o‘rta muddatli bashoratlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiq- tisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘li bilan ro‘yobga chiqaradi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin