O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Sanoat sohasini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə164/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Sanoat sohasini boshqarish


Sanoat har qaysi mamlakat iqtisodiyotining asosi, yuragi hisoblanadi. Ko‘pincha sanoatning qay darajada rivojlanganligiga qarab, davlatning iqtisodiy qudratiga baho beriladi. Respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni barcha sohalarda bo‘lgani kabi sanoat sohasida ham tub burilishlar yasadi. Prezidentimiz


I.A. Karimov aytganlaridek, — nafaqat iqtisodda, umuman respublikada o‘tkazilayotgan barcha islohotlar — bu, avvalambor, institutsion islohotlar, ya’ni, eski, mustabid iqtisodning qotib qolgan, g‘oyat markazlashtirilgan tizimini yangi, erkin boshqaruvga ko‘chirish, rag‘batlantirish va jonlantiruvchi tizimga aylantirish poydevori hisoblanadi.
Sanoat sohasini boshqarish o‘z ichiga metallurgiya sanoati, mashinasozlik sanoati, avtomobilsozlik sanoati, rangli metallarni qazib chiqarish sanoati, yengil sanoat va boshqa sanoat sohalaridagi korxonalarni boshqarishni qamrab oladi. Bular sanoatning ustuvor sohalari hisoblanib, ularni boshqarish uchun tegishli davlat boshqaruv organlari tashkil etilgandir.
Yengil sanoat. O‘zbekiston Respublikasi yengil sanoatida yagona davlat siyosati O‘zbekiston Yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (O‘zbekyengilsa- noat) tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur kompaniya O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 1-iyuldagi «Respubli- ka yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni_ bilan respublika to‘qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda ularni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun qulay shart-sharoit- lar yaratish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, paxta tolasini chuqur qayta ishlash hisobiga yengil sanoat mollari ishlab
chiqarishni ko‘paytirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida sobiq O‘zbekiston Yengil sanoat mollari ishlab chiqarish uyush- masi o‘rnida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-iyuldagi qaroriga binoan «O‘zbekengil- sanoat» («Ozbekyengilsanoat») yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi «O‘zbekengilsanoat» uyushmasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi
«O‘zbekengilsanoat» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi_ qaroriga binoan quyidagilar «O‘zbekengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • tarmoqni barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;

  • tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, bunda ið yigirishdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish- gacha barcha texnologik jarayonlarda mahsulotlar sifati oshirilishi va qiymati pasaytirilishini nazarda tutish;

  • xorijiy sheriklar bilan uncha katta bo‘lmagan, ixcham qo‘shma korxonalar tashkil etish, shuningdek yengil sanoat korxonalarini xususiylashtirish va xususiy mulk etib berish masalalariga butun choralar bilan ko‘maklashish, bunda yirik hamda bozor sharoitlariga moslashmagan ulkan korxonalar tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish, bunda ularda zamonaviy ilg‘or asbob-uskunalar va texnologiyalar joriy etilishini nazarda tutish;

  • yengil sanoat sohasida jahon bozorida yetakchi mavqeni egallagan mamlakatlar tajribasini chuqur o‘rganish va marketing tadqiqotlarini tashkil etish, bunda tarmoqning eksport salohiyatini rivojlantirishga va tovarlarni tashqi bozorlarga kiritishga alohida e’tibor qaratish;

  • kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Respublika yengil sanoati to‘qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati tarmoqlaridan iborat bo‘lib, kompaniya ushbu tarmoqda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin