O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə163/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Quyidagilar Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari hisob- lanadi:

  • jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta o‘zgarishlarning maqsadi va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqa-

rishning bozor metodlari va mexanizmlarini joriy etishning puxta o‘ylangan strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish va muvofiq- lashtirish;

  • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni, respublikaning, mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasini kompleks ravishda izchil tahlil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslash;

  • iqtisodiyotni rivojlantirishning ko‘p variantli ssenariylarini, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli bashoratlari va dasturlarini ishlab chiqish;

  • muhim qiymat, moddiy va mehnat balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish;

  • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning pul-kredit agregat- lari, davlat budjeti parametrlari, tashqi savdo, to‘lov balanslari va tarmoqlararo balanslar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi ta’sirchan mexanizmni shakllantirish;

  • budjet-soliq, pul-kredit, valuta va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo‘nalishlari, tabiiy monopoliyalar mahsu- lotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar va tariflarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, to‘lov, moliya va moddiy balanslarni shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish va boshqalar.

Iqtisodiyot vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • bozor metodlari va vositalari asosida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmini ishlab chiqadi;

  • respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli darajasini, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil qiladi, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini belgilaydi, iqtisodiyotdagi nomutanosibliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslaydi, respublika iqtisodiyoti rivojlanishining ahvoli to‘g‘risida yillik va choraklik ma’ruzalar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan iqtisodiyotni

rivojlantirish va isloh qilish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;

  • muhim qiymat, moddiy va mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqadi, iqtisodiyotni barqaror, dinamik va mutanosib rivojlantirishni ta’minlash yo‘llarini asoslab beradi va metodlarini ishlab chiqadi va boshqalar.

Vazirlik faoliyatini tashkil etish. Iqtisodiyot vazirligiga Vazir rahbarlik qiladi. Vazirni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot vazirining bir nafar birinchi o‘rinbosari va bosh boshqarmalar boshliqlari hisoblanadigan uch nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Vazirning birinchi o‘rinbosari maqomiga ko‘ra vazirga, vazir o‘rinbosarlari – bosh boshqarmalar boshliqlari vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Iqtisodiyot vazirligi o‘z huzuridagi:

  • samarali iqtisodiy siyosat markazi;

  • tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish hamda investit- siya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish respublika markazi;

  • vazirlik ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi;

«O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnali tahririyati faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmalari, shuningdek respublika shaharlari va tumanlaridagi iqtisodiyot bo‘limlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga qarashli bo‘ladi.
Ularning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va muvofiqlash- tirishni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi amalga oshiradi.
Iqtisodiyot vazirligida 9 kishidan iborat Hay’at tuziladi, uning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at o‘zining muntazam o‘tkazib turila- digan majlislarida mamlakatni, tarmoqlarni va hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini, bashorat qilish metodologiyasini va uni tashkil etishni yaxshilash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqadi. Hay’at qarorlari Iqtisodiyot vazirining buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.



    1. Yüklə 6,58 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin