Ozbekiston respublikasi komunikatsion texnalogiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti mobil tizimlar fakulteti



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə3/6
tarix07.12.2022
ölçüsü120,5 Kb.
#72889
1   2   3   4   5   6
1668449016 (1)

« Shina » topologiyasi
« Shina » topologiyasi (ba’zi hollarda “ umumiy shina “ ham, deb ataladi) o’z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bolishini va barcha abonetlar teng huquqliligini taqozo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo’li bitta. Aks holda, uzatilayotga axborot ustma-ust bo’lishi natijasida o’zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimda amalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o’zida emas, navbat bilan ikki yo’nalishda ham amalga oshiriladi. « Shina » topologiyasida markaziy abonent qo’shish ancha oddiydir va uni tarmoq ishlab turgan vaqtda ham qo’shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan « Shina »da eng kam uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shunung hisobga olish kerakki, har bir kumpyuterga ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay emas.
Mumkin bo’lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. « Shina » topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyada adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin « Shina » topologiyasida mahalliy tarmoqlarning keng tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. « Shina » dagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqga qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarning uzilishi ham qo’rqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bo’lganda, ikkita ishga loyoqatli shinaga ega bo’lamiz. Lekin elektr signallarning uzun a’loqa yo’lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda « Shina » oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya’ni terminator ulanishi lozim.
Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo’lining oxirida aks sado tarqaladi va surilish hosil bo’ladi natijada tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bo’lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil bo’lganda, aloqa yo’lining moslashuvi buziladi va hattoki, o’zaro ulangan kompyuterlar o’rtasida ham axborot almashinuvi ham to’xtaydi. « Shina » kabelning xoxlagan qismida yuz bergan qisqa tutashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati to’xtaydi. « Shina »dagi tarmoq qurilmalaridan birortasi buzilgan taqdirda, uni ajratib qo’yish qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqganligini aniqlash oson emas.
« Shina » topologiyali tarmoqning aloqa yo’lidan axborot signallari o’tish davomida so’nish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qo’yiladi. Bundan tashqari, abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bog’liqdir. «Shina» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko’pincha bir necha segmentlar ishlatiladi, bu segmentlar

4-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina»ga ulash.

o’zaro maxsus signallarni tiklovchi qurilma – repiterlar yoki takrorlovchi qurilmalar orqali ulanadi. Lekin bu usulda tarmoqning uzunligini cheksiz oshirib bo’lmaydi, chunki aloqa yo’lida signal tarqalishi tezligining chegarasi mavjuddir.



Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin