KOMPYUTER TARMOQ TOPOLOGIYALARI
Kompyuter tarmog’ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi) deganda, odatda, biz bir-biriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va aloqa yo’llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya tushunchasi, avvalam-bor, mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud. Global tarmoqlarda esa, aloqaning tuzilishi foydalanuvchidan berkitilgan va bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o’zining alohida yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tarmoq topologiyasi qurilmalarga qo’yiladigan talablarni,ishlatadigan kabel turini, axborot almashishining bo’lishi mumkin bo’lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo’lmasa-da, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzalik va kamchiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir.
Tarmoqning uch xil topologiyasi mavjuddir:
• « Shina » (bus), hamma kompyuterlarda bitta aloqa yo’liga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterda bir vaqtning o’zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi (1-rasm);
1-rasm. « Shina » tarmoq topologiyasi.
• « Yulduz » (star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyuterlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o’z aloqa yo’llaridan foydalanadi (2-rasm);
2-rasm. « Yulduz » tarmoq topologiyasi.
• « Halqa » (zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keying kompyuterga uzatadi, axborotni esa, zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyuterdan oladi va bu zanjir yopiq, ya’ni halqasimondir (3-rasm);
3-rasm. « Halqa » tarmoq topologiyasi.
Amalda ba’zi hollarda asosiy topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatilishi mumkin, lekin ko’pchilik tormoqlar sanab o’tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadi. Endi sanab o’tgan tarmoq turlarining xususiyatlarini qisqavha ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |