Ozbekiston respublikasi komunikatsion texnalogiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti mobil tizimlar fakulteti



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə5/6
tarix07.12.2022
ölçüsü120,5 Kb.
#72889
1   2   3   4   5   6
1668449016 (1)

« Halqa » topologiyasi.
«Halqa» topologiyasi – bu har bir kompyuter aloqa yo’llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo’llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o’ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazefasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo’ylab signalning so’nish muommosi bo’lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyuter o’rtasidagi so’nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo’q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo’lishi mumkin. Ko’pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyorq to’xtatadi.
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to’liq teng huquqli emas. Ayni vaqta axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «Halqa» topologiyasi tarmoqning aynan shu mo’jallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo’ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Halqa»ga yangi abonent ulash, odatda, oddiy, lekin, albbatda, ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to’xtatish lozim bo’ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarning tarmoqdagi maksimla soni katta. «Halqa» topologiyasi, odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko’p axborot oqimini ishonchli taminlaydi, chunki unda konflikt holat yo’q, shuningdek, markaziy obekt ham yo’q.


Boshqa topologiyalar.
Yuqorida ko’rib o’tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, «Daraxt» topologiyasidan ham kam foydalanilmaydi. Bu topologiya bir necha «Yulduz» topologiyasidan hosil bo’lgan deb qarash mumkin. «Yulduz» topologiyasidek «Daraxt» topologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy va passiv topologiya bo’lishi mumkin. «Aktiv daraxt» topologiyasida bir nechta aloqa yo’llarining birlashgan markazida – markaziy kompyuterlar, «Passiv daraxt» holatida esa, konsentorlar joylashgandir.




Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin