O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə49/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

88-modda. “Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi”.
Davlat hokimiyatining ta’siri ma’lum hududga va tegishlicha aholiga joriy qilinishi har qanday davlatning muhim belgisidir.
Davlatning o‘z hududida Konstitutsiyasining va qonunlarining ustunligi suverenitet belgilarining biri hisoblanadi. Konstitutsiyaning ushbu moddasida Qoraqalpog‘iston o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi, deb mustahkamlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining XVI bobi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 67-moddasida “Tumanlar, shaharlar tashkil qilish va ularni tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi” deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston hududlarini ajratib turadigan chegaralarni o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilsa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligini olish lozim bo‘ladi.
89-modda. “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega”.
Mazkur moddada bayon qilingan qoida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 1- va 9-moddalarida hamda referendumga oid O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlarida yanada rivojlantirilgan.
Referendum o‘tkazish haqidagi qarorni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi qabul qiladi, ovoz berish sanasini ham uning o‘zi belgilaydi. Referendumda qabul qilingan qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega va faqat referendum yo‘li bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Mazkur konstitutsiyaviy norma Qoraqalpog‘iston xalqining o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenitetini O‘zbekiston tan olganligini anglatadi. Shu bilan birga, ushbu qoida xalqaro huquq normalariga mos keladi. Xususan, 1966 yil 16 dekabrdagi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro Pakt”da barcha xalqlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga egadirlar, deb belgilangan.
Ushbu moddada, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston tarkibidan chiqish huquqini amalga oshirish mexanizmi mustahkamlangan bo‘lib, bunda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berishi (umumxalq referendumi) bilan hal etilishi lozimligi to‘g‘risidagi demokratik talab o‘z ifodasini topgan.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin