O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


-Mavzu: Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə51/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

7-Mavzu: Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti.
Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-qonun chiqaruvchi organ.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-davlat boshlig‘i.

1. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi bu – qonun chiqaruvchi hokimiyatdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlatdagi oliy vakillik organi hisoblanib, unda xalq tomonidan saylangan deputatlar faoliyat olib boradilar.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi boshqa vakillik organlari (viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari, mahalla oqsoqollari)dan vakolat jihatidan ustun hisoblanadi. “Vakillik” tushunchasining yana bir oʻziga xos jihati – u xalqning, davlatning ishonchli kishilari mazmunini oʻzida mujassam etadi. Buni biz Konstitutsiyaning 10-moddasida: “Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin”, – deya aks ettirilgan normada koʻrishimiz mumkin.
91-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil.
Oliy Majlis mamlakat miqyosida yagona qonun chiqarish vakolatiga ega organ hisoblanadi. Bizga maʼlumki, qonun jamiyatdagi muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qilanadi va normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida yuridik kuchi jihatidan eng yuqori oʻrinda turadi. Shunday normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish vakolati faqat Oliy Majlisga tegishli. Oliy Majlisdan boshqa birorta davlat organi yoki mansabdor shaxs (jumladan, Vazirlar Mahkamasi, Prezident va h.k.) qonun qabul qilishga, mavjud qonunlarni bekor qilish yoki oʻzgartirishga haqli emas. Shu bilan bir qatorda, Oliy Majlisni davlat hayotiga oid barcha faoliyatda yagona va ustun organ emasligini ham qayd etish lozim. U oʻz faoliyati doirasidagina harakat qiladi. Ijro va sud hokimiyati ishlariga aralashmasligi va ularni oʻrnini bosmasligi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. Oʻzbekiston Respublikasida 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi yakunlariga asosan Oliy Majlis tomonidan “Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Senati toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi va ikki palatali parlamentning faoliyatiga huquqiy asos yaratildi.
Ushbu normani sharhlashda xorij tajribasiga biroz toʻxtalib oʻtish maqsadga muvofiqdir. Jahonning bir qator davlatlarida faoliyat olib borayotgan ikki palatali parlamentlarda palatalar oʻziga xos nomga ega. Misol uchun, Avstriya parlamentidagi ikki palata – Milliy kengash va Federal kengash; Germaniya Federativ Respublikasi parlamentidagi palatalar – Bundesrat va Bundestag; Yaponiya parlamentidagi palatalar – Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi; Italiya parlamentidagi palatalar – Deputatlar palatasi va Senat; Kanada parlamentidagi palatalar – Senat va Jamoalar palatasi; Rossiya Federativ Respublikasi parlamentidagi palatalar – Davlat dumasi va Federatsiya Kengashi; Ispaniya parlamentida – Deputatlar kongressi va Senat; Shveysariya parlamentidagi ikki palata esa – Milliy kengash va Kantonlar kengashi deya nomlanadi.
Oliy Majlisning har bir palatasini nomlashda dunyoning rivojlangan davlatlari parlamentarizmi tajribasini oʻzbekona ruh, oʻziga xoslik, sharqona mentalitet, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirgan holda yagona xulosaga kelindi hamda Quyi palata – “Qonunchilik palatasi” va yuqori palata – “Senat” deya nomlandi.
Konstitutsiyaga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati besh yil ekanligi qayd etilgan. Ushbu muddat Parlament va uning samarali faoliyati, siyosiy maydonda oʻz soʻzini aytishi, oʻzini har tomonlama namoyon etishi uchun yetarli muddat hisoblanadi. Bu muddat davomida deputatlar zarur tajriba toʻplaydilar, davriy saylovlar esa saylovchilarning manfaatlarini inobatga olgan parlament tarkibini yangilash imkonini beradi.
Ayrim davlatlarda, misol uchun Ispaniyada Parlamentning har ikki palatasi uchun vakolat muddati toʻrt yil belgilangan. Qozogʻistonda Senat deputatlari (yuqori palata) vakolat muddati olti yil, Majlis deputatlari (quyi palata) vakolat muddati besh yil. Ikki palataning vakolat muddatini bir xil muddatda belgilash, bir vaqtda saylovlar oʻtkazish, bir vaqtda ish faoliyatini boshlash va faoliyatini yakunlash maqsadga muvofiqdir. Shularni inobatga olsak, Oʻzbekiston Respublikasida har ikki palataning vakolat muddati besh yil belgilanganligi oqilona muddatdir.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin